"kompyuter lingvistikasi: muammolar, yechim, istiqbollar"
Alisher Navoiy nomidagi Toshkent
Download 50.29 Kb. Pdf ko'rish
|
toxliyeva-m.s.-ozbek-va-rus-tillaridagi-ot-soz-turkumiga-xos-grammatik-shakllarning-qiyosiy-tipologiyasi
Alisher Navoiy nomidagi Toshkent
davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti “KOMPYUTER LINGVISTIKASI: MUAMMOLAR, YECHIM, ISTIQBOLLAR” Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya Vol. 1 №. 01 (2022) http://compling.navoiy-uni.uz/ 318 (бремя, время, вымя, знамя, имя, пламя, племя, семя, стремя, темя) sredniy rodga kiradi. Папа, дедушка, дядя kabi so‘zlar –a, -я tugalmalariga ega bo‘lsa-da, ular erkak jinsidagi shaxsni ifodalagani uchun mujskoy rodga kiritiladi. Chet tilidan o‘zlashgan пальто, кино so‘zlari tugalmasiga ko‘ra sredniy rodga kiritilsa-da, кофе so‘zi mujskoy rod hisoblanadi. Rus tiliga xos bo‘lmagan oxiri -у bilan tugallanadigan so‘zlardan kenguru mujskoy rodga, ragu esa sredniy rodga kiritiladi. Shuningdek, жюри, такси so‘zlari sredniy rodga mansub. Ammo bunday o‘zlashmalarning birortasi ham kelishiklar bo‘yicha turlanmaydi, ya‘ni o‘zgarmaydi. O‘zbek tilida esa har qanday o‘zlashma so‘z ham o‘zbek tili qonuniyatlariga asosan istalgan kelishik qo‘shimchasini olib o‘zgarish xususiyatiga ega. Rus tilida otlar jonli yoki jonsiz predmetlarni ifodalashiga qarab ham ikki guruhga ajratiladi. Bunda shaxs hamda hayvon nomlarini ifodalovchi so‘zlar jonli predmetlar 19 guruhiga kiritiladi va bunday otlar кто? so‘rog‘iga javob bo‘ladi: учитель, водитель, адвокат, врач, собака, лев, жук, черепаха va h.k. Narsa-buyum, joy, mahsulot va hodisalarning nomlarini ifodalovchi qolgan barcha otlar jonsiz predmetlar guruhiga kiritilib, что? so‘rog‘iga javob bo‘ladi: ручка, карандаш, город, государство, независимость, освобождение. Ot turkumidagi so‘zlarning bunday guruhlarga ajratilishining boisi, kelishiklar bo‘yicha turlanganda, jonli otlar bilan jonsiz otlar o‘rtasida ma‘lum grammatik tafovutlar yuzaga keladi. Masalan, jonli predmetlarning tushum kelishigidagi so‘rog‘i ularning qaratqich kelishigidagi so‘rog‘iga, jonsiz predmetlarning tushum kelishigidagi so‘rog‘i esa bosh kelishikdagi so‘rog‘iga muvofiq keladi. O‘zbek tilidagi otlarni esa jonli va jonsiz predmetlar guruhiga ajratish uchun hech qanday grammatik asos yo‘q. Har ikki tilda ham oltita kelishik mavjud bo‘lib, otlar ana shu kelishiklar bo‘yicha turlanadi. O‘zbek va rus tillaridagi kelishiklar o‘rtasida qisman o‘xshashlik mavjud. Buni quyidagi jadvaldan ko‘rish mumkin: Именительный падеж: кто? что? - Bosh kelishik: kim? nima? qaer? |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling