Kompyuter savodxonligi


Qidiruv tizimlari va bepul xizmatlar to‘g‘risida tushuncha


Download 332 Kb.
bet74/80
Sana21.04.2023
Hajmi332 Kb.
#1371376
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   80
Bog'liq
KOMPYuTER SAVODXONLIGI

12.3. Qidiruv tizimlari va bepul xizmatlar to‘g‘risida tushuncha.
Internet tarmog‘ida har xil turdagi ma’lumotlarni topish mumkin. Lekin
ma’lumotning aksariyat qismi ingliz yoki rus tilida bo‘ladi. Shunga qaramasdan,
dunyodagi voqealardan, ob-havo, qimmatbaho qog‘ozlar narxlari, valyutalarning
kurslari, so‘nggi yangiliklar va boshqa ma’lumotlarni aynan internetdan olgan
afzalroq. Internet tarmog‘ida ma’lumotlar veb-sahifa shaklida bo‘ladi va har bir
ma’lumotlar to‘plamidan iborat sayt yoki sahifa o‘ziga xos takrorlanmas manzilga
ega. Masalan siz biron-bir mavzu bo‘yicha ma’lumot topmoqchisiz (Amir Temur
to‘g‘risida). Internet tarmog‘ida aynan Amir Temur kabi sayt mavjud emas. Shuning
uchun bizni qiziqtirayotgan ma’lumotni maxsus qidiruv (izlash) tizimlari
(poiskovыy server) lardan foydalangan holda topamiz. Ularning asosiy vazifasi
kiritilgan so‘rov asosida unga to‘liq va qisman javob beradigan veb-sahifalar
ro‘yxatini topish va ro‘yxatini ekranga chiqarishdan iborat.
Bunday izlash-qidiruv tizimlariga Rossiya va xalqaro serverlardan
quyidagilarini (ular mashhur bo‘lganligi uchun) alohida ta’kidlab o‘tish mumkin:
www.rambler.ru;
www.lupa.ru;
www.aport.ru;
www.yandex.ru;
www.yahoo.com;
www.altavista.com.
Ular yordamida Siz siyosat, iqtisodiyot, ta’lim, tibbiyot, ilm, moda, dunyo
yangiliklaridan xabardor bo‘lishingiz mumkin. Buning uchun siz yuqorida
ko‘rsatilgan qidiruv serverlarining biriga kirib, sizni qiziqtirayotgan so‘rovni
ingliz yoki rus tilida kiritib, Nayti (Qidiruv) tugmasini bosasiz. Natijada
aniqlangan veb-saytlar ro‘yxati hosil bo‘ladi va siz keraklisini tanlab, izlagan
ma’lumotni ko‘rishingiz mumkin bo‘ladi.
130
Misol tariqasida quyida mashhur qidiruv tizimlari veb-sahifalarining
oynalari ko‘rsatilgan:
Aport.ru qidiruv tizimi.
Rambler.ru qidiruv tizimi.
Yandex.ru qidiruv tizimi

131

Download 332 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   80




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling