Kompyuter savodxonligi


Download 332 Kb.
bet77/80
Sana21.04.2023
Hajmi332 Kb.
#1371376
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   80
Bog'liq
KOMPYuTER SAVODXONLIGI

4-topshiriq.
1) Disketani 1,44 MB hajmli qilib formatlang.
2) Disketani disk yuritkichga joylang. Undagi ma’lumotlarni S: diskka ko‘chiring.
3) S: diskdagi fayllardan a) birini; b) bir nechtasini disketaga joylang.
4) Kompakt-diskni disk yuritkichga joylang. Undagi fayllarning bir qismini S:
diskdagi yangi katalogga ko‘chiring.
5) Flash-xotirani kompyuterga ulang. Uni antivirus dasturi yordamida viruslarga
qarshi tekshiring. Flash-xotirani o‘chiring va kompyuterdan ajrating.
6) Flash-xotirani kampyuterga ulang. Undagi ma’lumotlarni S: diskka ko‘chiring.
Flash-xotirani o‘chiring va kompyuterdan ajratib oling.
7) S: diskdagi biror katalogni arxivlang va uni Flash-xotiraga ko‘chiring. Flashxotirani o‘chiring va kompyuterdan ajratib oling.
5-topshiriq.
1) Word ni ishga tushiring. Unda Times New Roman shriftini tanlab, timsollar
o‘lchamini 14 ga teng qilib oling. Kirill alifbosida ikki satr matn kiriting.
Matnni Misol_1 nomi bilan saqlang. Word da ishlashni tugatib, uning oynasini
yoping .
2) Word ni ishga tushiring. Uning tashqi ko‘rinishini o‘zgartiring: masalalar
sohasini yoping (oching); chizg‘ichlarni ekranga chiqaring (ekrandan o‘chiring);
standart va format uskunalar panelini ekrandan o‘chiring va qayta ekranga
chiqaring.
3) Word ni ishga tushiring va unda ikki satr matn kiriting. Matnning barchasini
ajrating, undan nusxa oling va matn oxiriga qo‘ying. Bu amalni bir necha marta
(kamida 5 marta) takrorlab, bir necha varaqli hujjat yarating. Matn bo‘ylab
harakatlanish: hujjat boshiga, oxiriga, satr boshiga, oxiriga, bir satr yuqoriga,
pastga, bir ekran yuqoriga, pastga amallarini bajaring. Matn bo‘lagini ajrating
va yangi joyga joylang.
4) Word ni ishga tushiring. Unda bir necha satrli matn kiriting. Matnni ajratib
oling. Matnni o‘ngdan, chapdan, ikki tomondan, markazga qilib tekislang; yo‘g‘on,
qiyshiq, ostiga chizilgan harflar bilan formatlang.
5) Word ni ishga tushiring va matn kiriting. Matnga biror rasmni joylashtiring
yoki avval yangi chizma yaratib, uni matnga joylang.

Download 332 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   80




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling