Kompyuter savodxonligi
Download 332 Kb.
|
KOMPYuTER SAVODXONLIGI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mashqlar.
- Takrorlash uchun savollar.
Yahoo.com qidiruv tizimi.
Yahoo, Yandex, Aport, Rambler, Mail kabi qidiruv va bepul elektron pochta xizmatlari bilan ishlash. Internet tarmog‘ida qidiruv tizimlaridan tashqari bepul elektron pochta serverlari mavjud, masalan, mail.ru, yahoo.com va boshqalar. Bundan tashqari, yuqorida ko‘rsatilgan qidiruv tizimlarida ham (rambler, aport, yandex) elektron pochta qutichasini tashkil etish mumkin. Mashqlar. Siz www.mail.ru va www.yahoo.com veb-saytlarida o‘zingizning xos elektron pochta qutichangizni yaratasiz. Buning uchun quyidagilarni bajaring: Internet Explorer dasturiga kiring va Adres (Manzil) satrida www.mail.ru manzilni kiritib, klaviaturadagi Enter tugmasini bosing. www.mail.ru sahifasida Sozdat (Yaratish) yoki unga o‘xshash buyruqni tanlang va qayd qilish jarayonidan o‘ting (bu jarayonda siz quticha nomini va o‘zingiz to‘g‘ringizdagi boshqa ma’lumotlarni kiritasiz). O‘zingiz yaratgan elektron pochta qutichangizga kelgan xatni tekshiring. 132 Internet Explorer dasturiga kiring va Adres satrida www.yahoo.com manzilni kiritib, klaviaturadagi Enter tugmasini bosing. www.yahoo.com sahifasida Mail bo‘limini tanlang va qayd qilish jarayonidan o‘ting. Bu jarayon ingliz tilida amalga oshiriladi. O‘zingiz yaratgan elektron pochta qutichangizga kelgan xatni tekshiring. 133 Takrorlash uchun savollar. 1. Internet tarmog‘i to‘g‘risida tushuncha bering. 2. Internet tarmog‘ining mashhur xizmatlarini ayting. 3. WWW xizmatiga ta’rif bering. 4. FTP xizmatiga ta’rif bering. 5. E-mail xizmatiga ta’rif bering. 6. Internetga bog‘lanish usullarini aytib bering. 7. Internetning protokollari deganda nimani tushunasiz? 8. Veb-hujjat deganda nimani tushunasiz? 9. Veb-server deganda nimani tushunasiz? 10.Elektron pochtaning afzalliklarini ayting? 11.Eng mashhur va keng tarqalgan Dial-up ulanishini bosqichma bosqich ta’riflang? 12.Internet tarmog‘ida veb-sahifalarni ko‘zdan kechirish dasturi nima deyiladi va unga misol? 13. Internet Explorer dasturiga ta’rif bering. 14.Veb-sahifalarni saqlash va chop etishni ta’riflab bering. 15. MS Outlook dasturi va MS Outlook Express dasturlari orasidagi farq nimada? 16. MS Outlook qaysi dastur tarkibiga kiradi? 17. MS Outlook Express qaysi dastur tarkibiga kiradi va uning qanday versiyalari bor? 18. MS Outlook dasturining ish oynasiga ta’rif bering. 19.Qidiruv tizimlarining vazifalarini va afzalliklarini sanab bering. 20.Bepul servis xizmatlariga misol keltiring. 21.Internet tarmog‘iga ulanish uchun qaysi qurilmalar mavjud bo‘lishi kerak? 22.Internetga ulanishning qaysi turi afzal? 23.Internet-provayderning vazifasi? 24.O‘zbekistondagi eng mashhur Internet-provayderlar? 25.Internet domenlari (hududlari)ga ta’rif bering. 134 Download 332 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling