Kompyuter savodxonligi


Download 332 Kb.
bet31/80
Sana21.04.2023
Hajmi332 Kb.
#1371376
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   80
Bog'liq
KOMPYuTER SAVODXONLIGI

Actions bo‘limi.
Report Only – topilgan virus to‘g‘risida faqat hisobot berish;
Display Disinfect dialog – aniqlangan virus faylini davolash to‘g‘risida so‘rov
oynasini chiqarish;
Disinfect automatically – avtomatik tarzda davolash;
Delete object automatically – aniqlangan virusli fayllarni avtomatik tarzda
o‘chirish;
Copy to Infected Folder – topilgan virusli fayllarni ko‘rsatilgan katalogga
ko‘chirish.
54
5.3. Arxivlar bilan ishlash.
WinRAR arxivatori.
Kompyuter qanchalik zamonaviy bo‘lmasin, undagi bo‘sh joy bir kun kelib
to‘lib qoladi. Bunday holatda, albatta yangi hajmi ko‘proq qattiq disk (vinchester)
o‘rnatish kerak. Lekin bunga moliyaviy imkoniyat bo‘lmasa, bir xil fayllarni
vaqtincha ishlatmaslik yoki virusdan himoyalash uchun ularni maxsus arxiv
fayllariga joylashtirish bu muammoning yechimi hisoblanadi. Arxivatordasturlar har xil: Zip, RAR, Arj va hokazo. Ularning har bir operatsion tizimga
mo‘ljallangan versiyalari ham mavjud.
Windows operatsion sistemasida keng foydalaniladigan arxivatorlar bu:
WinZIP, WinRAR, ZipMagic va boshqalar.
Biz ko‘rib chiqadigan arxivator – WinRAR arxivatori. U juda ko‘p
imkoniyatlarni beradi: fayllar va kataloglarni arxivga joylashtirish, arxivdan
chiqarish, arxivni tekshirish, arxivni yangilash, o‘zi ochiladigan (SFX) arxivlarni
yaratish, bir nechta qismga parchalangan ko‘p jildli (qismli) arxivlarni yaratish,
ularni shikastlanishdan himoyalash va hokazo. WinRAR for Windows dasturining
oynasi:
Bu dasturga kirgandan keyin uning maxsus oynasi hosil bo‘ladi. Bu oynada
kataloglar va fayllar ro‘yxati chiqadi. Biz bu ro‘yxatdan kerakli katalog yoki
fayllarni belgilab, sichqonning o‘ng tugmasini bosish yoki Commands menyusi
orqali ular ustida amallar bajarishimiz mumkin.
Faylni arxivga joylashtirish:
1) Kerakli faylni topamiz va Farmoyishlar (Commands) menyusidan
fayllarni arxivga qo‘shish (Add files to Archive) farmoyishini tanlaymiz.
2) Maxsus oyna hosil bo‘lganidan keyin, u yerda yaratiladigan arxiv nomi,
uning arxivlanish darajasi, qaysi katalog ichiga joylashishi va boshqalar
ko‘rsatiladi.
55

Download 332 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   80




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling