Kompyuter savodxonligi


Download 332 Kb.
bet43/80
Sana21.04.2023
Hajmi332 Kb.
#1371376
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   80
Bog'liq
KOMPYuTER SAVODXONLIGI

Hujjat bo‘ylab harakatlanish.
Ekranning matn maydonida o‘chib-yonib turgan tayoqchani ko‘rish mumkin. Uning
nomi kursor (ko‘rsatkich) bo‘lib, kiritiladigan matnning qaerda paydo bo‘lishini
bildiradi. Kursor matn orasida bo‘lsa, odatda kiritilayotgan timsollar kursordan
keyingi timsollarni surib ulardan oldin paydo bo‘ladi, Insert tugmasini bir
marta bossak, paydo bo‘ladigan timsollar ularning o‘ng tomonidagi timsollar
o‘rnida paydo bo‘ladi. Insert tugmasini yana bir bor bosib, avvalgi holatga qaytish
mumkin. Agar ekranda kursor yo‘q bo‘lsa, matn maydonining zarur joyiga sichqonni
olib kelib, chap yoki o‘ng tugmasini chertish kerak.
Matn odatda bir maromda kiritiladi. Lekin ba’zan matndagi xato va
kamchiliklarni to‘g‘rilash uchun, matnni o‘qib chiqish yoki tahrir qilish uchun matn
bo‘ylab harakatlanishga to‘g‘ri keladi.
Sichqonning tugmalari orasidagi g‘ildirakni aylantirish bilan ekrandagi
matnni yuqoriga yoki pastga siljitish mumkin. Bunda matn kiritiladigan joy
ko‘rsatkichi avvalgi joyida qolishini ta’kidlab o‘tish kerak. Matnni yuqoriga va
pastga siljitish uchun vertikal surgichdan foydalanish mumkin. Surgichning boshi
va oxiridagi va tugmalarni chertib matnni biroz pastga va yuqoriga
siljitish mumkin. Matnni ko‘proq surish uchun surgichning dastagini sichqon
yordamida ushlab olib, zarur yo‘nalish bo‘ylab surish mumkin. Vertikal surgich
ostidagi va tugmalar matnni bir sahifaga siljitishga xizmat qiladi. Ular
orasidagi tugma yordamida siljish qadamini o‘zgartirish, masalan, keyingi yoki
oldingi rasmga o‘tish mumkin.
Vertikal surgichning eng yuqorisidagi belgini sichqon bilan surib matn
maydonini ikkiga ajratish va bir vaqtda matnning ikki turli joyini ko‘zdan
kechirish mumkin. Bu belgini yana joyiga olib borib qo‘yib matn maydoni
birlashtiriladi.
Matnda harakatlanish uchun klaviatura tugmalaridan va qo‘sh tugmalardan
foydalanish mumkin. Ular quyidagi jadvalda keltirilgan.
Sahifalarni raqamlab chiqish.
Maydon yaratish va uning turini tanlash.
Matnga o‘zgacha timsollarni kiritish.
Tayyor rasmni kiritish yoki yangisini yaratish.
Diagramma yaratish va uning turini tanlash.
Ba’zi ob’ektlarga matn kiritish.
Ob’ektlarni matnga kiritish.
Menyuning boshqa bandlarini tanlash.
Satrni, ustunni, sahifani ikkiga ajratish.
75



Bitta timsol chapga

Ctrl+←

Oldingi so‘z boshiga



Bitta timsol o‘ngga

Ctrl+→

Keyingi so‘z boshiga



Bir satr yuqoriga

Ctrl+

Oldingi abzas boshiga



Bir satr pastga

Ctrl+

Keyingi abzas boshiga

Home

Satr boshiga

Ctrl+Home

Hujjat boshiga

End

Satr oxiriga

Ctrl+End

Hujjat oxiriga

PgUp

Bir ekran yuqoriga

Ctrl+PgUp

Bir sahifa yuqoriga

PgDn

Bir ekran pastga

Ctrl+PgDn

Bir sahifa pastga



Download 332 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   80




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling