Kompyuter tizimining umumiy tarkibini tashkillashtirish
Download 28.6 Kb.
|
1-KA amaliy ish
- Bu sahifa navigatsiya:
- Topshiriqlar
Amaliy qism
Shaxsiy kompyuter xususiyatlari haqida ma’lumotlarga ega bo‘lish uchun biz kompyuterimizning asosiy qurilmalari, protsessor, protsessor yadrolari, chastotalari haqida ma’lumotlarga ega bo‘lishimiz kerak bo‘ladi. Shaxsiy kompyuterimizning xususiyatlarini aniqlashning bir necha yullari mavjud bo‘lib, misol sifatida AIDA64 dasturini keltirishmiz mumkin. AIDA64 dasturi - Windows, iOS, Android operatsion tizimlarida ishlaydi va ushbu dastur kompyuterning tarkibiy qismlari haqida batafsil ma’lumotlarni ko‘rsatadi. Ushbu amaliyot ishida shaxsiy kompyuterimizning xususiyatlarini aniqlash uchun aynan AIDA64.exe dasturidan foydalanamiz. Quyida keltirilgan qadamlarni belgilangan ketma-ketligda amalga oshiramiz va natijada shaxsiy kompyuterimizning asosiy harakteristikalarini ko‘rib o‘tamiz. 1-qadam. Ushbu qadamda biz AIDA64.exe dasturini yuklab olamiz: https://www.aida64.com/ va dasturni shaxsiy kompyuterimizga o‘rnatamiz (1.2-rasm). 1.2-rasm. AIDA64.exe dasturini o‘rnatish ketma-ketligi 2-qadam. Dasturni o‘rnatib olganimizdan so‘ng uni ishga tushuramiz va shaxsiy kompyuterimizning xususiyatlarini ko‘rib olamiz (1.3-rasm). 1.3-rasm. AIDA64.exe dasturi ishchi oynasi 1.4-rasm. AIDA64.exe dasturi yordamida shaxsiy kompyuterning xususiyatlarini ko‘rish Kompyuter bizning hozirgi kunda hayotimizga muhim ahamiyat kasb etar ekan biz ushbu kompyuter va uning arxitekturasi haqida ma’lumotlarga ega bo‘lishimiz kerak. Yuqorida amaliy qismda keltirilgan AIDA64.exe dasturi yordamida shaxsiy kompyuterimiz xususiyatlari haqidagi barcha ma’lumotlarni olishimiz mumkin. Topshiriqlar 1. Shaxsiy kompyuteringizning asosiy qurilmalari haqidagi ma’lumotlarni jadval asosida taqdim eting va izoh bering. 2. Ushbu topshiriq kichik guruh bo‘yicha tasniflanadi. Kompyuterni quyidagi tasnifga ko‘ra tanlang: 1-guruh: ofis dasturlar uchun, video, audio ma’lumotlarni qayta ishlash uchun. 2-guruh: video va tasvirlarni qayta ishlash uchun. 3-guruh: qo‘shimcha grafik protsessorga ega bo‘lgan kompyuter. 4-guruh: o‘yinlar va ilovalarni ishlab chiqish uchun. 5-guruh: yuqori unumdorlikka ega kompyuter. 3. Guruhlar kesimida tasniflangan vazifalarni hamda shaxsiy kompyuteringizni asosiy xususiyatlarini jadval asosida keltiring. 1.1-jadval Shaxsiy kompyuter xususiyatlari
4. Topshiriq natijasi (dastur bajarilayotganda kompyuter ekranini rasm olib) hisobotga qo‘shish. Download 28.6 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling