Kompyuterda loyihalash usullari


Download 1.9 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/19
Sana08.11.2023
Hajmi1.9 Mb.
#1754974
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Bog'liq
Autocad

 
“Kesma” chizish buyrug‘i 
Chizish panelidagi
«Otrezok» - kesma chizish tugmasi yuklangach, muloqotlar 
darchasida «Boshlang‘ich nuqtasini kiriting» so‘rovi paydo bo‘ladi. 
Unga javoban, «Sichqon» yordamida kursor nishoni bilan ekranning ixtiyoriy joyida 
kesmaning birinchi nuqtasi kiritiladi. Shunda, navbatdagi, «Keyingi nuqtasini kiriting» so‘rovi 
paydo bo‘ladi, 3- rasm.
3- rasm 
3. Bu so‘rovga ham dastlabki nuqtaning koordinatalarini kiritgan kabi kursorni ekranning 
istalgan joyiga qo‘yib ihtiyoriy o‘lchamdagi chizma yoki X2,Y2 yoki X2i,U2i koordinatalarini 
kiritilsa (masalan, 100 mm) ekranda kesma paydo bo‘ladi, 4- rasm. 
4- rasm 
Muloqatlar darchasida ikkinchi to‘g‘ri chiziqni chizish uchun navbatdagi nuqtani kiritishni 
so‘raydi. Bunday nuqtalarni ketma - ket kiritib, ko‘plab kesmalarni ketma - ket o‘tkazish mumkin. 
Kesma chizish buyrug‘idan chiqish uchun «Enter» yoki «ESC» tugmasini ketma - ket ikki 
marotaba yuklanadi. 
Ikkinchi va uchinchi kesmalarni o‘tkazgach, keyingi so‘rovda, qavs ichida «Zamknut»
«Birlashtirish» yoki «Otmenit» - «Bekor qilish» qo‘shimcha buyruqlari paydo bo‘ladi, 5- rasm. 
«Zamknut» - «Birlashtirish» so‘zining bosh harfini terib, «Enter» yuklansa, oxirgi 
kesma uchi birinchi kesmaning boshlang‘ich nuqtasi bilan birlashib qoladi. 


15 
5- rasm 
 «Otmenit» - «Bekor qilish» so‘zining bosh harfini terib «Enter» bilan qayd etilsa, oxirgi 
chizilgan kesma ekrandan yo‘qoladi. Bunday amallarni ketma - ket bajarib, bir buyruqda chizilgan 
kesmalarni birin - ketin ekrandan yo‘qotish (o‘chirish) ham mumkin. 
Ekranda tasvirlangan chiziqlarni va kesmalarni yo‘qotish uchun ularni bitta - bitta kursor 
bilan «Sichqon» yordamida ajratib olinadi va «Delete» yoki «Enter» tugmasi bosiladi. 
a) 6-rasm b) 

Download 1.9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling