Konchilik fakulteti
NAVOIY KON METALLURGIYA KOMBINATI
Download 1.49 Mb.
|
xavfsizlik MUSTAqil ish kem
- Bu sahifa navigatsiya:
- MUSTAQIL ISHI Bajardi: ______________________ Qabul qildi:____________________ MUSTAQIL ISHI
- 1 Himoya ochirish moslamalarini qo’llash, ularga quyiladigan talablar va ishlatish sohalarini yoritib bering. O‘t o‘chirgich turlari va ulardan qanday foydalanish kerak
- Aleksey Sorochin
NAVOIY KON METALLURGIYA KOMBINATI
NAVOIY DAVLAT KONCHILIK VA TEXNOLOGIYALAR UNIVERSITETI KONCHILIK FAKULTETI XAVFSIZLIK QOIDALARI VA ELEKTR XAVFSIZLIGI FANIDANMUSTAQIL ISHI Bajardi: ______________________ Qabul qildi:____________________ MUSTAQIL ISHI Topshiriq-1. Himoya o'chirish moslamalarini qo’llash, ularga quyiladigan talablar va ishlatish sohalarini yoritib bering. Topshiriq-2. Zaminlash va elektr xavfsizligini ta’minlash usullarini tahlil qilish asosida elektr uskunalarini xavfsiz ishlatish metodlarini tuzib chiqish. Topshiriq-3. Kabel elektr tarmoqlarida yer qazish ishlarini optimallashtirish chora-tadbirlarini ishlab chiqish. Topshiriq-4. Elektr xavfsizligini ta’minlovchi texnik usullar va jihozlarni qo’llashni asoslang. 1 Himoya o'chirish moslamalarini qo’llash, ularga quyiladigan talablar va ishlatish sohalarini yoritib bering. O‘t o‘chirgich turlari va ulardan qanday foydalanish kerak? Sovuq fasllar kirib kelishi bilan binolarda yong‘in xavfi ortadi. Yong‘inga qarshi kurashning eng samarali vositasi o‘t o‘chirgich hisoblanadi. Ularni ko‘pincha ofislarda va mashinalarda uchratish mumkin, ammo hamma ham ulardan qanday foydalanish to‘g‘risida ma’lumotga ega emas. O‘t o‘chirgichning turlari va ulardan to‘g‘ri foydalanish qoidalari haqida o‘t o‘chiruvchi Aleksey Sorochin «Gazeta.uz»ga so‘zlab berdi. Yong‘inlar o‘z-o‘zidan paydo bo‘lmaydi, lekin har qanday yong‘inning ham oldini olish mumkin. Yong‘inga qarshi birlamchi kurashish vositasi o‘t o‘chirgichlar hisoblanadi. Ular barcha xonalarda va transport vositalarida o‘rnatilishi kerak. O‘t o‘chirgichlarning turli xil bo‘lishini esa hamma ham bilmaydi. Bundan tashqari, hammada ham ulardan qanday foydalanish to‘g‘risida ma’lumot mavjud emas. 30 yillik tajribaga ega yong‘in xavfsizligi bo‘yicha mutaxassis Aleksey Sorochin «Gazeta.uz»ga o‘t o‘chirgichlar, ularning xususiyatlari va o‘t o‘chirgichdan to‘g‘ri foydalanish to‘g‘risida gapirib berdi. Yong‘in sodir bo‘lganda, avvalo uning turini aniqlab olish lozim. Yong‘inlar quyidagi tarzda klassifikatsiya qilinadi: A klass Organik tabiatdagi qattiq materiallar — yog‘och, qog‘oz, tamaki va boshqalar orasida yuzaga kelgan yong‘inlar, ular sodir bo‘lganida, qizg‘ish qatron hosil bo‘ladi. Bunday yong‘inga qarshi kurashning eng samarali vositasi suvdir. B klass Benzin mahsulotlari, bo‘yoq, erituvchilar, yog‘ va moy kabi suyuq yoki suyultirilgan qattiq moddalar yonadigan yong‘inlar. Bu vaziyatda kukunli, ko‘pikli va karbonat angidridli (CO2) o‘t o‘chirgichlardan foydalanish kerak. Bunday o‘t o‘chirgichlarini generator xonalarida, qozonxonalarda, garajlarda, laboratoriyalarda, oshxonalarda, oson yonuvchan suyuqliklar omborlarida topish mumkin. C klass Gaz yong‘ini. Ushbu turdagi yong‘inni o‘chirish uchun o‘t o‘chirgichlardan foydalanilmaydi. Bunday yong‘inni o‘chirishni boshlamaslik tavsiya etiladi. Gaz ta’minoti manbasi yopilmaguncha yong‘inni nazorat qilish kerak. D klass Magniy, alyuminiy, natriy kabi metallar yongan paytdagi yong‘in. Ushbu metallarga odatda suv yaxshi ta’sir qilmaydi, shuning uchun kukunli vositalardan foydalanish kerak. E klass Yuqori kuchlanish ostidagi elektr vositalari kuyishi oqibatida kelib chiqadigan yong‘inlar. Bunday yong‘inga qarshi karbonat angidridli va kukunli, shuningdek, galoidlangan uglevodorodli aerozolli o‘t o‘chirgichlar samarali bo‘ladi. O‘t o‘chirgichlar quvvat massasi va hajmi bo‘yicha ham farqlanadi. Maishiy foydalanish va transport vositalari uchun og‘irligi 20 kg gacha va hajmi 10 litrgacha bo‘lgan ixcham modellar mos keladi. Download 1.49 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling