Boshqaruv tizimini turli miqyoslarga bo`lish mumkin:
Milliy iqtisodiyotni boshqarish
Har bir tarmoq va tumanlar tasarrufidagi korxonalarni boshqarish
Korxona ichidagi bo`limlarni boshqarish
Boshqaruv tuzilmasini belgilovchi omillar
a) Tuzilmani aniqlovchi omillar
b) tuzilmaga ta’sir qiluvchi omillar
Tashqi muhit
Texnologiya
Korxonaning katta kichikligi
Xodimlar soni
Biznes strategiyasi
Qabul qilingan qarorlar tizimi
Tanlangan tuzilma va boshqalar
v) Tuzilmani muvofiqlashtiruvchi omillar
YUqori malakali xodimlarga ega bo`lgan, uncha katta bo`lmagan bo`limlar va bo`g`inlar
Ko`p bo`lmagan boshqaruv bo`g`inlari
O`zgarishlarga nisbatan sezgirlik va hozirjavoblik
YUqori darajadagi unimdorlik
Past darajadagi harajatlar
Ish jadvalining bevosita iste’molchilarga mosligi va boshqalar.
Boshqaruvning tashkiliy tuzilmasi boshqaruv oldida turgan vazifalarni muvaffaqiyatli hal etishga yordam beradigan qilib tuzilishi kerak. U quyidagi talablarga javob berishi kerak
Boshqaruv tizimida bo`gin va bosqichlar soni maqbul bo`lishi kerak. Bo`g`in va bosqichlar sonining asossiz ko`payib ketishi:
Boshqaruv apparatini saqlash harajatlarining ortib ketishi
Axborotlarning o`tish yo`li cho`zilib ketishi
Boshqaruvda paralellizm va takrorlanishning yuzaga kelishi
Boshqaruvda ma’suliyatsizlikka yo`l quyilishiga va boshqaruv samarasini pasayishiga olib keladi.
2. Boshqaruv tuzilmasi boshqaruv apparatining tezkor ishlashini ta’minlashi lozim. Bu faoliyat vazifalarni o`z vaqtida va mohirlik bilan tez hal etishda namoyon bo`ladi. Bunga ishlab chiqarishning miqyosi, murakkabligi, boshqaruv ob’ektlarining joylashuvi ham ta’sir ko`rsatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |