80. Korxona doirasida amalga oshiriladigan rahbarlik, tashkilotchilik va ma’muriy xarakterdagi alohida faoliyatini:
*a) ishlab chiqarishni boshqarish deb yuritiladi
b) korxonani boshqarish deb yuritiladi
v) mahsulot sifatini boshqarish deb yuritiladi
g) xodimlarni boshqarish deb yuritiladi.
81. Boshqariluvchi – bu:
a) boshqaruvchi sub’ekt
b) boshqaruv apparati
*v) boshqarish ob’ekti
g) a+b.
82. Motivlashtirish – bu:
a) ruhiy omil bo‘lib, shaxs faolligining manbaasi, sababi, dalili va har turli ehtiyojlaridir
b) xodimlarni jonli mehnat faoliyatiga rag‘batlantiruvchi vositadir
v) kishilar faoliyatini ruhiy yo‘llar bilan maqsadga muvofiq yo‘naltirishdir
*g) noto‘g‘ri javob yo‘q.
83. Quyida qayd qilingan ehtiyojlarning qaysi biri birlamchi ehtiyojlarga kiradi:
*a) fiziologik ehtiyojlar
b) ijtimoiy ehtiyojlar
v) ma’rifatga bo‘lgan ehtiyojlar
g) ma’naviyatga bo‘lgan ehtiyojlar
84. Amerikalik ruhshunos Abraham Maslouning motivatsiya nazariyasi:
a) boisiy tozalanish nazariyasi deb yuritiladi
*b) ehtiyojlar ustunligi nazariyasi deb yuritiladi
v) “gigienik omillar” nazariyasi deb yuritiladi
g) kutish nazariyasi deb yuritiladi.
85. Frederik Gersbergning motivatsiya nazariyasi:
a) kutish nazariyasi deb yuritiladi
b) adolatlilik nazariyasi deb yuritiladi
*v) boisiy tozalanish nazariyasi deb yuritiladi
g) ehtiyojlar ustunligi nazariyasi deb yuritiladi
86. Vakolat – bu:
a) vakillik huquqini beruvchi xujjat, ishonch qog‘ozi, tilxat
b) biror davlat tomonidan o‘zga erda ta’sis etilgan va uning manfaatlarini ko‘zlab ish ko‘radigan muassasa
v) vakolati bor, vakillik xuquqiga ega bo‘lgan sub’ekt kabilar
*g) noto‘g‘ri javob yo‘q.
87. Quyida qayd qilingan vakolatlarning qaysi biri farmoyishli vakolat turiga kiradi:
a) tavsiyali vakolatlar
*b) chiziqli vakolatlar
v) muvofiqlashtiruvchi vakolatlar
g) hisob va nazorat qilish bo‘yicha vakolatlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |