Kalit so‘zlar
Mahsulot, harajatlar, maxsulot tannarxi, harajatlarni turkumlash, amortizatsiya, bevosita, bilvosita, noishlab chiqarish harajatlari.
O‘z-o‘zini nazorat qilish uchun savollar
Ishlab chiqarish harajatlari tushunchasi va uning mohiyati.
Maxsulot tannarxini tashkil etuvchi harajatlar qaysilar?
Harajatlarni qanday turkumlash mumkin? Harajatlar turkumlarini aytib bering.
Iqtisodiy mazmuniga ko‘ra turlarini ifodalab bering.
Moddiy harajatlar tarkibiga nimalar kiradi?
O‘zgaruvchan harajatlar deb nimaga aytiladi?
Kalkulyasiya nima?
Maxsulot tannarxini tashkil etuvchi ish haqqi harajatlari qaysilar?
Maxsulot tannarxini tashkil etuvchi amortizatsiya harajatlari nima?
Maxsulot tannarxi nima?
Maxsulot tannarxi qanday usullar bilan hisoblanadi?
Tannarxni pasaytirish manbalari va omillari.
9-mavzu. Korxona mahsulotlariga (xizmatlarini, ishlarini) narxni shakllanishi
Reja:
9.1.Narxning iqtisodiy mohiyat va turlari
9.2.Korxonaning narx siyosati
9.3.Narxning shakllanish strategiyasi va usullari
9.4.Tarmoqda narxning shakllanishi
9.5.Narxni aniqlash usullari
9.1. Narxning iqtisodiy mohiyat va turlari
Narx muammosi va uning tashkil topishi mexanizmi iqtisodiy nazariyada eng murakkab va asosiy hisoblanadi. Bozor iqtisodiyotida narx tizimi asosiy tashkiliy kuch sifatida namoyon bo‘ladi. Tovarlar narxi tadbirkor uchun asosiy bir dastak hisoblanadi. U narxga qarab o‘zining shaxsiy ehtiyojni qondirish yo‘lida harakat qiladi.
Sotuvchi va xaridorning, alohida ishlovchilarning, tadbirkorlarning, tarmoqlarning, butun jamiyatning va davlatning iqtisodiy manfaatlari narxda aks ettirilgan bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |