Konchilik ishi va metallurgiya
Sotsial himoya funksiyasi
Download 2.63 Mb.
|
соха икти лотин 2022
- Bu sahifa navigatsiya:
- Narxning shakllanish strategiyasi va usullari
- CHakana narxlar.
5.Sotsial himoya funksiyasi. Bozor iqtisodiyotining o‘tish bosqi-chida ijtimoiy himoya vazifasini o‘tovchi narxlar, aholining keng qatlamlarini hayotiy zarur ist’emolchilik tovarlari bilan minimal darajada ta’minlash maqsadida ham qo‘llaniladi. Qiymatni hisobga olish vazifasi. Tovarni ishlab chiqarishga qilingan xarajatlar, olingan natijalar va uning nafliligi narx yordamida hisobga olinadi.
6. Taqsimlash vazifasi. Narx vositasida daromadlar, mahsulotlar va iqtisodiy resurslar mulkdorlar, tarmoqlar, sohalar hamda hududlar o‘rtasida taqsimlanadi va qayta taqsimlanadi. Erkin bozor iqtisodiyotida narx asosan talab va taklif asosida tashkil topadi. Agar erkin bozorda taklif ko‘p bo‘lsa tovarlarning narxi pasayadi va aksincha. Tovar kam bo‘lsa narx ko‘tariladi. Agar talab va taklif bir-biriga mos tushsa bozorda muvozanat narx tashkil topadi. Bu narxni biz bozor narxi deb ataymiz. Oldinroq ta’kidlab o‘tganimizdek, u tovarning narxi bozorda, talab va taklif, ishlab chiqarish xarajatlari va naflilik asosida tashkil topadi. Bu birinchidan, ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirishga, ikkinchidan, tovarning sifatini yaxshilashga undaydi. Bu esa o‘z navbatida raqobatda yutib chiqishga imkon bersa, ikkinchi tomondan aholini sifatli tovarlar bilan ta’minlashga sharoit yaratib beradi. Narxning shakllanish strategiyasi va usullari Narxlarni turkumlashga bir qator mezonlar asos qilib olinadi. Bular narxlarning iqtisodiy mazmuni, tartibga solinish darajasi va amal qilish doirasidir. Iqtisodiy mazmuniga ko‘ra narxlar quydagi turlarga ajratiladi. Ulgurji narxlar. Bu narxlarda tovarlar katta partiyalarda, ko‘tarasiga sotiladi. U tarkiban ishlab chiqarish xarajatlari hamda ulgurji-savdo tashkilotlari xarajatlari va foydasini o‘z ichiga oladi. CHakana narxlar. Bu tovarlar bevosita iste’molchilarga sotiladigan narxlar. CHakana narx o‘z tarkibiga tovarning ulgurji narxi hamda chakana savdo tashkilotlari xarajatlari va foydasini oladi. Xarid narxlari. Bu narxlar davlat buyurtmasi bo‘yicha ishlab chiqarilgan tovarlarga belgilanadi. Ayrim hollarda bunday narxlarga muayyan ustama va imtiyozlar bo‘lishi ko‘zda tutiladi. Download 2.63 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling