Konchilik ishi va metallurgiya
Tarmoqda narxning shakllanishi
Download 2.63 Mb.
|
соха икти лотин 2022
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tovarning nafliligi, ya’ni uning iste’molchilarga foydalilik darajasi.
- Raqobat, u taklif orqali narxga ta’sir qiladi.
Tarmoqda narxning shakllanishi
Narx turli omillar ta’sirida shakllanadi: Ishlab chiqarish harajatlari. U qanchalik kam bo‘lsa narx shunchalik past bo‘ladi va aksincha. Tovarning ishlab chiqarish xarajatlari ustiga ishlab chiqaruvchining foydasini qo‘yib sotilishi, ya’ni ishlab chiqaruvchi taklif qilgan narxda sotilishi unga qilgan harajatlarni (moddiy va mehnat xarajatlarini) jamiyat tomonidan tan olinganligini bildiradi. Tovarning nafliligi, ya’ni uning iste’molchilarga foydalilik darajasi. Ularning ehtiyojlarini qondirilish darajasi, yuqori bo‘lsa iste’molchi yuqori narx to‘lashga rozi bo‘ladi. Talab va taklifning nisbati, ya’ni biror bir tovarga talab katta bo‘lsayu, u tovarning taklifi kam bo‘lsa narx yuqori bo‘ladi va aksincha. Raqobat, u taklif orqali narxga ta’sir qiladi. Agar raqobatchilar ko‘p bo‘lsa narx pasayadi, agar oz bo‘lsa, o‘zaro til biriktirib olsalar, narx baland bo‘ladiDemak, takomillashgan bozor sharoitida ishlab chiqaruvchi bozor narxiga ta’sir ko‘rsata olmas ekan, ya’ni narx darajasi sub’ektning ong saviyasi, irodasiga bog‘liq bo‘lmagan holda bozor tomonidan shakllanadi. Bu erda ishlab chiqaruvchi foydasini narxni o‘zgartirish hisobiga emas, balki yalpi daromad bilan yalpi ishlab chiqarish xarajatlari o‘rtasidagi farqni ko‘paytirish hisobiga oladi. Takomillashmagan raqobat sharoitida esa monopolist narx ustidan muayyan hukmronlikka ega bo‘ladi. Narx ustidan nazorat qilish miqyosi har xil bo‘ladi. Ammo bu erda eng asosiysi shuki, monopolist doimo maksimal foyda keltiradigan narx o‘rnatishga harakat qiladi. Bu erda talab qonunini bir esaylik: agar narx oshsa talab miqdori pasayadi va aksincha, narx pasaysa, talab ortadi. Bundan shunday xulosaga kelish mumkin: agar monopolist bozorni egallab turgan bo‘lsa ham qo‘shimcha mahsulotning hammasini sotish uchun u narxni tushirishi kerak. Demak, narx ustidan nazorat qilish bu absolyut narsa emas, balki nisbiydir. SHuning uchun talab absolyut egiluvchan bo‘lmaydi (xuddi monopolist ishlab chiqarayotgan tovarni boshqalar ham ishlab chiqaradi, bu esa monopolistni o‘z tovari narxini tushirishga majbur etadi). Bozorda narx ustidan hukmronlik qilish ko‘p jihatdan mahsulotining tavsifiga bog‘liq bo‘ladi. Differensiallashgan tovar ishlab chiqarayotgan monopolist narxni oshirish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Bu har xil tovarning o‘rnini to‘ldira olmaydigan mahsulotdir. Differensiallashgan mahsulot ishlab chiqarayotgan monopolist ham narxni oshirishga, ham talabni kamayishiga yo‘l qo‘ymasligi mumkin. CHunki raqobatchilar narxni bir oz pasaytirish yo‘li bilan mijozlarni o‘ziga qarata olmaydi. CHunki ular oldingi ishlab chiqaruvchining mahsulotiga o‘rganib qolgan bo‘lishlari mumkin. Bundan shunday xulosa chiqadi: mahsulot differensiallashgan sharoi-tida narxning tashkil topishi o‘ziga xos xususiyatga ega bo‘lib, ba’zida mahsulot sifatidan, uning miqdoridan qat’iy nazar narxni oshirish, foydani ko‘paytirishi mumkin. Endi biz oligopoliya sharoitda narxni tashkil topish xususiyatini ko‘rib chiqamiz. Real (haqiqiy) hayotda sof oligopolistik ishlab chiqarish juda kam uchraydigan hol. SHuning uchun bozor tuzilishining oligopoliya atamasiga bog‘lab tushuntirsak ancha maqsadga muvofiq bo‘ladi. Oligopoliya atamasining so‘zma-so‘z tarjimasi – ko‘p bo‘lmagan sotuvchilar degan ma’noni bildiradi. Oligopoliya sharoitida narx asosan: tovar sifatiga, reklamasiga, keyinchalik texnik xizmat ko‘rsatishga bog‘liq bo‘ladi. Narxni sun’iy ravishda pasaytirib yoki oshirib foyda olish qiyin, chunki u narxni pasaytirsa, ikkinchisi ham pasaytirishi mumkin. Iqtisodiy resurslarga narx tashkil topishi o‘ziga xos xususiyatlarga ega. Bu iqtisodiy resurslarga narx darajasini belgilab beruvchi omillar mavjudligi bilan bog‘liq. Bular qo‘ydagilar: Resurslarning umumdorligi; Mazkur resurs yordamida ishlab chiqariladigan tovarlarning bozor narxlari; Birgalikda foydalanishadigan resurslarning unumdorligi va bozor narxlari. Resurslarga talab hosila talab hisoblanadi. SHu sababli biror resurs turiga talab miqdori uning yordamida ishlab chiqariladigan tovarlarga bo‘lgan talabga bog‘liq bo‘ladi. Alohida olingan resurslar (er, ishchi kuchi, kapital) narxiga aynan shu resurs turining xususiyatlari ham ta’sir ko‘rsatadi. Download 2.63 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling