Konchilik ishi va metallurgiya


Download 2.63 Mb.
bet77/237
Sana19.09.2023
Hajmi2.63 Mb.
#1681463
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   237
Bog'liq
соха икти лотин 2022

Dotatsion narxlar. Davlat byudjeti hisobidan arzonlashtirilgan narxlardir.

  • Demping narxlar. Bunday narxlarda ishlab chiqaruvchilar bozordagi mavqeini mustahkamlash va raqiblarini siqib chiqarishda foydalanadi. U bozorga «suqilib kirish» narxi deb ham ataladi.

  • Nufuzli narxlar. Aloxining yuqori daromad oluvchi qatlami harid qiladigan nufuzli (obro‘-talab) tovarlarga belglanadi.

  • Ta’riflar. Turli xil xizmatlar (telefon, transport, kommunal va h.k) baxosi sifatida chiqadi.

    Tartibga solinishi darajasiga ko‘ra narxining quyidagi turlari mavjud bo‘lishi ko‘zda tutiladi.

    • Qat’iy belgilangan narxlar. Ma’muriy tarzda belgilanib, bozor kuchlari ta’sir ko‘rsatmaydi va muayyan davr davomida doimiy bo‘lib qoladi.

    • Erkin narhlar. Talab va taklif ta’siri ostida vujudga keladigan bozor narxlaridir.

    • Tartibga solinadigan narxlar. Ayrim tovarlarga davlat narxlarning yuqori (iste’molchi manfaatini ko‘zlab) va quyi (ishlab chiqaruvchi manfaatini ko‘zlab) chegarasini belgilaganda, hamda moliyaviy va kreditli dastaklardan foydalanib, narxga ta’sir ko‘rsatganda o‘z o‘rniga ega bo‘ladi.

    • SHartnoma narxlari. Ishlab chiqaruvchi va iste’molchi tomonidan shartnomada qayd qilingan narxlardir.

    Amal qilish doirasi (bozor ko‘lami)ga ko‘ra hududiy, milliy va jahon narxlari ajratiladi.

    • Hududiy (mintaqaviy) narxlar. Muayyan xududiy bozorlarda uning doirasida amal qiluvchi omillar ta’sirida shakllanadi.

    • Milliy narxlar. Alohida mamlakatlar doirasida o‘rtacha ijtimoiy sarf-xarajatlar, milliy bozordagi talab va taklif ta’sirida shakllanadi.

    • Jahon narxlari. Muayyan tovarlarni ishlab chiqarishga ketgan baynalminal xarajatlarni, tovarlarning jahon andozasi talablariga mos kelishi darajasini hamda xalqaro bozordagi talab va taklif nisbatini o‘zida aks ettiradi.





      1. Download 2.63 Mb.

        Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   237




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling