Konchilik korxonalarining ishi qazish, ochish va ochiq konlar uchun qazishning katta hajmi bilan, shuningdek, kon massasini qayta ishlash va tashish bilan tavsiflanadi
Download 0.61 Mb.
|
Konchilik korxonalarining ishi qazish, ochish va ochiq konlar uc
Qazib olish tizimiKonning kon-geologik sharoitlarini hisobga olish bilan qazib olishning ochishdagi jinslarni tashqi ag’darmalarga tashib chiqarishli amaldagi transport tizimi saqlanadi. Asosiy texnologik transport bo’lib karьerlarda ochish joriy koeffitsientining kichik qiymatlarida chuqurlatishning yuqori sur’atini ta’minlovchi avtomobilli transport hisoblanadi. Transport turini tanlashda karьerning uncha katta bo’lmagan ishlab chiqarish quvvati va ularni ishlashning kam muddati ham yordam beradi. Kon ishlari haqiqiy holati ma’lumotlariga ko’ra, tashishning o’rtacha uzoqligi 2,0 km , shu jumladan, GPR bo’yicha – 1,65 km, tozalash – 5,90 km ni tashkil etadi. Karьerlarda kon transport jihozlarining nomenklaturasi, soni va turi uning korxonada mavjudligi, ular tomonidan erishilgan unumdorlik va konni ishlashning maqbul kalendarь rejasi bilan aniqlangan ochish hamda qazib chiqarishning zaruriy hajmlari bilan aniqlangan. E’tiborga olish lozimki, Zarmitan maydonchadagi kon va transport mashinalari parki mavjudligi yiliga kon massasi bajarilishini yillik yangi kalendarь reja bo’yicha talab etilgandan 11,9 mln. m3 ko’p ta’minlaydi. Ishlab chiqarishni rivojlantirish yillari bo’yicha kon transport jihozlarining zaruriy soni hisoblash natijalari 6-jadvalda keltirilgan. Kon transport jihozlarining zaruriy soni 6-jadval
Jadvaldan ko’rinib turibdiki, kon massasini qazish, asosan, ushbu korxonada o’zini yaxshi tomondan ko’rsata olgan EKG ekskavatorlari bilan amalga oshiriladi. Kon massasini qazishga tayyorlash burg’ilab-portlatish usulida oldindan yumshatish bilan bajariladi. Buning uchun korxonada mavjud bo’lgan SBSH yuqori unumdorli dastgohlarni qo’llash va eski. yeyilgan jihozlarni almashtirish ko’zda tutilgan. Rudani xavfsiz, tejamli, va eng to’liq qazishni ta’minlash uchun konning har bir karьerida tayyorlash, ochish va qazib chiqarishni bajarishning belgilangan tartibi qabul qilingan. CHo’zilgan shaklli va 10 dan 70 metrgacha qalinlikdagi cho’ziqligi bo’yicha 1,5 – 2,0 km o’lchamli qiya rudali qatlamni ishlovchi karьerlarda ishlashning bo’ylama-ko’ndalang sxemasi (qazish ishlari ko’lamining g’arbiy va sharqiy yo’nalishda ko’ndalang siljishi) va ochish ishlari ko’lamining janubiy yo’nalishda bo’ylama siljishi qabul qilingan. Qabul qilingan ishlash tartibi ochishning kichik joriy koeffitsientlari va qazib chiqarish ishlari ko’lamining yuqori sur’atli (300 – 500 m/yiliga) tashishning kichik masofasi bilan tavsiflanadi, bunga transportning (avtomobilnning) harakatchan turi bilan erishiladi. Dumaloq shaklga ega va tik tushuvchi ishlanadigan, joylanish rejasida nisbatan qisqa karьer uchun kon ishlarini yelpig’ichsimon va kotlovanli rivojlantirish qabul qilingan. Rivojlanishning bunday tartibi kon ishlarining eng maqbul bir me’yordagi tartibiga, ochiladigan lahimlar hamda transport aloqalarining ko’chmas holatiga erishish va chuqur joylashgan qatlamlarni rejada karьerning nisbatan kichik o’lchamlarda ochish mumkinligini ta’minlash imkonini beradi. Download 0.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling