Konchilik korxonalarining ishi qazish, ochish va ochiq konlar uchun qazishning katta hajmi bilan, shuningdek, kon massasini qayta ishlash va tashish bilan tavsiflanadi


Ochiq kon ishlari chegarasi va karьerning tuzilishi


Download 0.61 Mb.
bet10/26
Sana24.03.2023
Hajmi0.61 Mb.
#1294144
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   26
Bog'liq
Konchilik korxonalarining ishi qazish, ochish va ochiq konlar uc

Ochiq kon ishlari chegarasi va karьerning tuzilishi


Rudali jismlarning yuzadan chuqurlikka ko’pi bilan 200-300 m joylanishi karьerni ochiq usul bilan ishlashni oldindan belgilab beradi.
CHiqarishda pog’onalar balandligi 30 metr qabul qilingan, pog’onalar o’rtasidagi saqlovchi supachalar (bermalar) eni “Foydali qazilmalar konlarini ochiq usulda ishlashda xavfsizlik qoidalari”ning 2.1.6 qoidasiga muvofiq yondosh pog’onalar orasida vertikal bo’yicha kamida 1/3 masofani tashkil etadi (10 m).
Transport supachalari (bermalari) eni, avtotransport harakati jadalligiga bog’liq holda, katta karьerlar uchun 20 – 25 m, kichik va o’rtacha karьerlar uchun – 20 m (ikki yo’lli
harakat) tashkil etadi.
Kuchsizlanish yuzasi bo’lmaganida karьerlar yon sirti o’lchamlari (ustki (osilma) yon) 3-jadval

Karьer chuqurligi,
m.

Pog’ona qiyalik burchagi, grad./ supacha (berma) eni, m.

Yon sirt qiyalik burchagi,
grad.

Karьer chuqurligi intervallari, m.

0-30

30-60

60- 90

90-120

120-150

150-180

180-210

210-240

240-270




60

50/12

50






















45

90

50/12

55/10

55



















45

120

50/12

55/10

55/10

55
















45

150

50/12

55/10

55/10

55/10

55













45

180

45/12

50/10

55/10

55/10

55/10

55










43

210

45/12

45/10

50/10

55/10

55/10

55/10

55







42

240

45/12

45/12

50/10

50/10

55/10

55/10

55/10

55




41-30

270

40/14

45/14

50/12

50/12

50/10

50/10

55/10

55/10

55

39-30

Karьer tomonga yotadigan kuchsizlanish yuzasi mavjudligida karьerlar yon sirti o’lchamlari (ostki yon) 4-jadval

Karьer chuqurligi,
m



Pog’ona qiyalik burchagi, grad./ supacha (berma) eni, m.

Yon sirt qiyalik burchagi,
grad.

Karьer chuqurligi intervallari, m.

0-30

30-60

60- 90

90-120

120-150

150-180

180-210

210-240

240-270

60

45/12

45






















39-45

90

40/12

40/10

45



















35-30

120

40/12

40/10

40/10

45
















35

150

40/12

40/10

40/10

40/10

45













34-30

180

40/12

40/10

40/10

40/10

40/10

45










34

210

40/12

40/12

40/10

40/10

40/10

40/10

45







34

240

40/12

40/12

40/10

40/10

40/10

40/10

40/10

45




34

270

40/12

40/12

40/10

40/10

40/10

40/10

40/10

40/10

45

33-45

Yon sirt qiyaligining tavsiya qilingan asosiy burchaklari sun’iy kamayishining oldini olish va ochishning ortiqcha hajmlarini bajarishni rejalashtirmaslik uchun, yon sirt tuzilmalarini tavsiya qilingan qiyalikning asosiy burchaklariga kiritiladigan qilib shakllantirish kerak.


Karьer ishlarini umumiy tashkil qilish, unumdorlik va karьerning amal qilish muddati
Ishlab chiqarishning uchastkalarga bo’linishi funktsional qonun-qoidalaridan kelib chiqib, asosiy ishlab chiqarish uchastkalarining qabul qilingan tuzilishi va ish tartibi 5-jadvalda keltirilgan.
Karьerning ish tartibi korxonada haqiqatan hosil bo’lgan karьer ishlarini tashkil qilishni hisobga olgan holda belgilangan: yillik, uzluksiz, bir yilda 340 kun, ikki smenada, har biri 12 soatdan.
Asosiy ishlab chiqarish uchastkalarining tuzilishi va ish tartibi 5-jadval


p/p

Uchastkalar

Ishchi kunlar soni

Sutkada smenalar soni

Smena davomiyligi, soat

1.

Burg’ilash

340

2

12

2.

Portlatishli

340

1

12

3.

Ekskavatorli

340

2

12

4.

Ag’darmali

340

2

12

Zarmitan koni bazasidagi korxona unumdorligi Zarmitan koni bazasidagi kon qazish korxonalarining umumiy ishlab chiqarish quvvatidan, zaxiralar nisbatidan, kon-texnik imkoniyatlaridan, korxonaning amal qilish muddatidan va topshiriqda belgilangan dastur bilan loyihalangan metall chiqarish bo’yicha aniqlangan va yiliga 4 mln. tonna rudani tashkil etadi. Korxonaning ishlab chiqarish quvvati karьerlar guruhining birgalikdagi ishlari bilan ta’minlanadi.
Kon-texnik imkoniyatlari bo’yicha karьerlar ishlash tartibini aniqlash uchun har bir karьerning ishlab chiqarish quvvati alohida hisoblangan. Yirik va o’rtacha karьerlar unumdorligi EHMda kon ishlarining yillik pasayishi va kon jihozlarini joylashtirish bo’yicha aniqlangan.
Mayda karьerlar hududiy qonun-qoidalar bo’yicha birlashtirilgan va ularning jamlangan unumdorligi, asosan, qazishni (ishlashni) olib borish uchun qabul qilingan jihozlar unumdorligi bilan aniqlanadi.
Ruda qazib olish 14 yil davomida ta’minlanadi, istiqbolni hisobga olgan holda - 20 yil. Karьerlarda ishlash yillari bo’yicha rudaning jamlangan qazib olinishi doimiy kattalik hisoblanadi va rivojlanish hamda so’nish davrlarini hisobga olmaganda 4 mln.tonna chegarasida bo’ladi.
Ishlarning normal ko’lamini ta’minlovchi kon ishlari yillik hajmi va zaxiralarni qazib olishga tayyorlangan me’yoriy miqdori 10 - 14 mln. m3 teng deb belgilandi.
Kon unumdorligi;
Ruda bo’yicha Qr= 0,53*106 m3/god
Ochish bo’yicha Qv= 0,53 * Ksr= 0,53 *3,1*106 = 4,37 *106 m3/yil
Kon massasi bo’yicha Qgm=Qr+Qv= 0,53*106+4,37*106=4,9 *106 m3/yil.

Karьerni ochish va karьerni ochishni ishlab chiqish tizimi


Karьerni ochish umumiy ichki xandaqlar (transheyalar) bilan amalga oshiriladi. CHo’ziq shaklga ega yirik karьerlarda trassaning spiralli-sirtmoqli shakli, rejada aylana bo’lganlirida spiralli shakli qabul qilingan. Xandaqlarni joylashtirish joyi yer relьefini, bo’sh jinslar ag’darmalari va rudani yuklash punkti joylashuvini hisobga olgan holda tanlangan.
Yirik karьerlar uchun ochiluvchi xandaqlar kengligi avtosamosvallarning zaxira yo’li mavjud ikki yo’lli harakatini hisoblashdan qabul qilingan va yo’l yoni arig’ini, to’siqlar va yo’l chetini hisobga olgan holda, 25 m ni tashkil etadi. O’rtacha va mayda karьerlar uchun – 20 m. Xandaqlar qiyaligi – 0,08 .
Xandaqlar o’lchamlari karьerlarda o’rnatilgan yuk oqimlarining o’tkazish qobiliyatini ta’minlaydi.
Zarmitan koni sharoitlaridagi karьerlarda pog’onaning 5,0 m balandligida, massivning tabiiy-rudali tuzilmasini saqlash bilan rudali uchastkalarni maydalashda va rudali kontur bilan shipga chiqarilgan pog’onalar bo’yicha rudali massani ekskavatorli saralab qazishda hamda avtotransportga yuklashda rudani saralab qazib olishning texnologik sxemalari qo’llaniladi. Rudali massani saralab ekskavatorli qazib olish va 3-GMZ ga mahsulotli rudani yuklab jo’natish uchun rudani tayyorlash variantlari:

  1. Oddiy 2-3-navli – navli rejalarda chegaralash, barcha balansli rudani qazib chiqarishga qazish va yuklash; balanslangan ruda va minerallangan massani esa- alohida ag’darmalarga;

  2. Murakkab- saralangan – chegaralashdagi ajralma, ruda turlarini (oksidlangan, aralash, sulьfidli) va balansli ruda navlarini qazish va yuklash, balanslangan rudalar va minerallangan massa. Mahsulotli rudaga boy va oddiy ruda navlarini kiritish, kamqiymat rudani vaqtincha nokondintsion (me’yorlanmagan) ruda sifatida omborlarda qoldirish.

  3. Saralangan-navlangan, balanslangan hududlardan rudani yo’l-yo’lakay qazib olishli – balanslangan rudalarni va minerallangan massaning chegaralangan zonalaridagi qisman kamqiymat rudalarni RKS avtoag’dargichlarida sinab ko’rish va navlarga ajratish yo’li bilan murakkab-saralangan variantga qo’shimcha.

Download 0.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling