Konferensiyasi


“ZAMONAVIY TA‟LIM TIZIMINI RIVOJLANTIRISH VA UNGA QARATILGAN KREATIV G„OYALAR


Download 160 Kb.
Pdf ko'rish
bet153/360
Sana04.11.2023
Hajmi160 Kb.
#1745242
1   ...   149   150   151   152   153   154   155   156   ...   360
Bog'liq
37 respublika ilmiy onlayn

“ZAMONAVIY TA‟LIM TIZIMINI RIVOJLANTIRISH VA UNGA QARATILGAN KREATIV G„OYALAR, 
TAKLIFLAR VA YECHIMLAR” MAVZUSIDAGI 37-SONLI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ON-LINE 
KONFERENSIYASI 
www
.
bestpublication.
uz
163 
xayolotga keng yo‗l ochib beradi.Unda tasvirlangan obrazlar har qanday o‗zgarishlar qilishi 
va jasoratlar ko‗rsatishi mumkin. 
Qadimgi Yunonistonda kosmotsentrizm ilk falsafiy ta‘limotlarning o‗ziga xos 
xususiyati bo‗lib, bunda asosiy e‘tibor «kosmos», «tabiat»ni anglab etishga qaratilgan. 
Keyinchalik, qadimgi yunon shahar – polislari ravnaq topgan davrda faylasuflar diqqat 
markazidan ijtimoiy muammolar, axloq, davlat qurilishi masalalari o‗rin oldi. Evropada 
xristianlikning, SHarqda islom dinining vujudga kelishi va mustahkamlanishi natijasida 
o‗rta asrlar falsafasi teotsentrik (yunon. «theos» – «markazdan o‗rin olgan xudo») xususiyat 
kasb etdi, ya‘ni, Xudo va u yaratgan olam falsafiy qiziqishlarning asosiy predmetiga 
aylandi. Uyg‗onish davrida falsafa san‘at (estetika)ga va ko‗p jihatdan insonga murojaat 
qilindi. Yangi davr deb nomlanuvchi XVII–XVIII asrlarda falsafa tobora kuchayib 
borayotgan fan bilan uzviy bog‗landi, natijada, falsafiy tadqiqotlarning diqqat markazidan 
bilish va ilmiy metodlar masalalari o‗rin oldi. 
Diniy dunyoqarash mifologiya afsona negizida shakllangan va rivojlangan,voqelikning 
kelib chiqishi,rivojlanishi,istiqbolini xayoliy obrazlar,tasavvurlar va tushunchalarda aks 
ettiruvchi dunyoqarashdir.Diniy dunyoqarashning o‘ziga xos xususiyati shundaki,u tabiiy va 
ijtimoiy hodisalar mohiyatini ularning o‘zidan emas balki xudoning qudrati bilan 
tushuntiradi.U hamma narsada va har yerda ilohiy kuchlarning ta‘siri va mo‘jizaviy kuchi 
bor ,deb uqtiradi.Alloh tomonidan insoniyatga tushirilga muqaddas diniy kitoblarning har 
biri o‘z davridagi fikrlar va dunyoqarashning shaklllanishida alohida ahamiyatga 
ega.Bularga misol qilib Avesto,zabur,tavrot,injil va islom olamining muqaddas kitobi 
bo‘lgan Qur,oni Karimni va uning asosida yaratilgan hadislarni misol tariqasida 
ko‘rsatishimiz mumkin. 
Muqaddas kitobimiz sanalgan Alloh tomonidan mo‘min –musulmon olami uchun 
dasturul amal bo‘lgan Qur‘oni karim barcha diniy-ilmiy bilimlarni o‘zida qamrab olgan. 
Ayniqsa ,hozirgi kunda yurtimizda dinga bo‘lga e‘tibor,diniy-axloqiy dunyoqarashni 
rivojlantirishga berilgan imkoniyatlar talabalarda diniy dunyoqarashni shakllantirishda 
alohida ahmiyatga ega. 
Falsafiy dunyoqarash olam haqidagi yaxlit va sistemalashtirilgan bilimlar 
yig‘indisidir.Falsafa fanlarning onasi ekanligini inobatga oladigan bo‘lsak,falsafiy 
dunyoqarash hissiy azolarimiz orqali erishilgan ma‘lumotlar asosida ilm-fan yordamida 
to‘plangan bilimlar yig‘indisidir. Falsafiy dunyoqarashning zikr etilgan tamoyillari, uning 
vazifalarini belgilab beradi. YA‘ni, bu vazifalar jamiyatning umumbashariy ruhdagi 
maqsad-muddaolaridan, manfaatlaridan kelib chiqadi hamda boshqa dunyoqarash shakllari 
uchun uslubiy ahamiyat kasb etadi. Dunyoqarash, avvalo insoniy munosabatlar ifodasidir. 
Shu nuqtai nazardan, u insonning borliqqa munosabatida, dastlab uning bahosi tarzida 
ko‗zga tashlanadi. Bu — falsafiy dunyoqarashning baholash vazifasini anglatadi. Ya‘ni, 
inson, o‗z ehtiyoj va manfaatlaridan kelib chiqib, narsa-hodisalarni: yaxshi-yomon, foydali-
zararli, savob-gunoh, oriyat-benomuslik kabi qarama-qarshi mezonlarga ajratadi. Inson 
narsa-hodisalarga baho berar ekan, buning zamirida uning ijtimoiy hayoti, ya‘ni ongli 
munosabatlari yotadi. Bunda inson yoki jamiyat munosabatlari dunyoqarashning o‗zi 
tayanadigan omillarga (ideallariga) moslashtiriladi. Orzu-havaslarga erishishning usullari, 



Download 160 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   149   150   151   152   153   154   155   156   ...   360




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling