Konferensiyasi


“ZAMONAVIY TA‟LIM TIZIMINI RIVOJLANTIRISH VA UNGA QARATILGAN KREATIV G„OYALAR


Download 160 Kb.
Pdf ko'rish
bet181/360
Sana04.11.2023
Hajmi160 Kb.
#1745242
1   ...   177   178   179   180   181   182   183   184   ...   360
Bog'liq
37 respublika ilmiy onlayn

“ZAMONAVIY TA‟LIM TIZIMINI RIVOJLANTIRISH VA UNGA QARATILGAN KREATIV G„OYALAR, 
TAKLIFLAR VA YECHIMLAR” MAVZUSIDAGI 37-SONLI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ON-LINE 
KONFERENSIYASI 
www
.
bestpublication.
uz
192 
opera, balet, musiqali drama va komediya, xor hamda Estrada qo‘shiqlari bilan o‘zbek 
musiqasi rivojiga katta hissa qo‘shdi. 
Xorij musiqa madaniyatining shakllanishi va rivojlanish davri asosan XVI – XVII 
asrlarga to‘g‘ri keladi. Unda yashab ijod qilgan buyuk kompozitorlarning xorij musiqa 
madaniyatiga qo‘shgan hissasi beqiyosdir. Xorij musiqa madaniyatining umum tarixiy shart 
– sharoitlari, g‘oyaviy estetik qarashlari musiqiy hayot ta‘lim ijrochilik san‘atining eng 
yorqin, sermahsul asarlarning yaratilishi iste‘dodli xorij kompozitorlarining tarixiy 
voqealarga bo‘lgan munosabatlarida o‘z aksini topgan. 
Xorij kompozitorlari yaratgan tarixiy ijod namunalari yuksak madaniyatga ega bo‘lgan 
klassik musiqa va jahon musiqasi rivojlanishida o‘chmas iz qoldirdi. 
XVII asrga qadar G‘arbiy Yevropada asosan cherkov va cherkovga aloqador 
bo‘lmagan dunyoviy musiqa yaratilar edi. Cherkov musiqasi bir ovozlik va ko‘povozlik xor 
asarlari ko‘rinishida rivojlanardi. Xalq musiqasi esa faqatgina sayyor xonanda va sozandalar 
tomonidan ijro etilar edi, xolos. Keyinchalik esa xalq musiqasining musiqiy janrlari, badiiy 
yo‘nalishi, ijrochilik uslubi rivojlanib, yangi chuqur mazmunga ega bo‘ldi. 
XVII - XVIII asrlarda opera san‘ati paydo bo‘ldi. G‘arbiy Yevropada musiqa 
adabiyoti opera janri vujudga kelgan davrdan boshlab gurkirab butun dunyoga mashhur 
bo‘ldi. G‘arbiy Yevropaning yirik kompozitorlaridan I. S. Bax, Yozef Gaydn, V. A. Mosart, 
L. V. Betxoven, Frans Shubert, Fridrix Shopen, Frens List, Juzeppe Verdi, Jorj Bize, Edvard 
Grig ijodining badiiy betakrorligi bilan jahon musiqa madaniyatining rivojlanishiga o`lkan 
hissa qo‘shdilar. 
XVII asrning birinchi yarmida cholg‘u musiqasi tarixida yangi davr boshlandi. Bu 
vaqtga kelib musiqiy san‘at demokratlashtirildi. Unda keng omma uchun o‘z eshiklarini 
ochgan orkestr kapellalari, konsert tashkilotchilari kabi demokratik madaniyat o‘choqlari 
vujudga keldi. 
Shunday qilib G‘arbiy Yevropada musiqa nazariyasi XVI – XVII asrlarda ya‘ni 
klassizm davrining boshlanishi bilan bog‘liq holda shakllangan. 
Xulosa qilib aytganda, musiqa nazariyasi bir necha asrlar davomida shakllanib
rivojlanib kelgan fan hisoblanadi. Shu bilan birga musiqa madaniyatining strukturasi va 
ilmiy – metodik yutuqlari boshqa millatlarning musiqa madaniyatiga ham ijobiy ta‘sir 
ko‘rsatadi. 

Download 160 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   177   178   179   180   181   182   183   184   ...   360




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling