Konferensiyasi
“ZAMONAVIY TA‟LIM TIZIMINI RIVOJLANTIRISH VA UNGA QARATILGAN KREATIV G„OYALAR
Download 160 Kb. Pdf ko'rish
|
37 respublika ilmiy onlayn
- Bu sahifa navigatsiya:
- “ZAMONAVIY TA‟LIM TIZIMINI RIVOJLANTIRISH VA UNGA QARATILGAN KREATIV G„OYALAR, TAKLIFLAR VA YECHIMLAR” MAVZUSIDAGI 37-SONLI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ON-LINE
- MUSIQA NAZARIYASI FANINING AHAMIYATI. Baltanova Nilufar Nurqobulovna
- Kalit so‟zlar
“ZAMONAVIY TA‟LIM TIZIMINI RIVOJLANTIRISH VA UNGA QARATILGAN KREATIV G„OYALAR,
TAKLIFLAR VA YECHIMLAR” MAVZUSIDAGI 37-SONLI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ON-LINE KONFERENSIYASI www . bestpublication. uz 190 kompyuter dasturlarini tayyorlash mumkin. Unga fanga oid qoidalarni joriy o‗rganish va umumlashtirilgan takrorlash uchun uchta variantlarda berilgan grammatika-orfografik mavzular bo‗yicha boy va turli-tuman materiallardan foydalanish yaxshi samara beradi. “ZAMONAVIY TA‟LIM TIZIMINI RIVOJLANTIRISH VA UNGA QARATILGAN KREATIV G„OYALAR, TAKLIFLAR VA YECHIMLAR” MAVZUSIDAGI 37-SONLI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ON-LINE KONFERENSIYASI www . bestpublication. uz 191 MUSIQA MADANIYATI DARSLARINING SAMARADORLIGINI OSHIRISHDA MUSIQA NAZARIYASI FANINING AHAMIYATI. Baltanova Nilufar Nurqobulovna Sirdaryo viloyati Sirdaryo tumani 30-umumta‘lim maktabi Musiqa fani o‘qituvchisi Annotatsiya: Ushbu maqolada musiqa ta‘lim-tarbiyasining maqsadi yosh avlodni milliy musiqa merosimizni va umumbashariy musiqiy qadriyatlarni idrok eta oladigan madaniyatli inson darajasida voyaga yetkazishdan iboratligi haqida fikr bildirilgan. Kalit so‟zlar: Musiqa o`qitish jarayoni , musiqa ijrochiligi, san‘at turlari, opera janri, kantata, oratoriya, opera, balet, musiqali drama va komediya, xor, musiqa nazariyasi, musiqa madaniyati. Bugungi musiqa ta`limining eng muhim maqsadlaridan biri nazariy va amaliy jihatdan bilimli ijodkor, qobiliyatli yoshlarni tarbiyalab yetishtirishdir. Musiqa o`qitish jarayoni – bu o`qituvchi va o`quvchilarning muayyan maqsadga qaratilgan birgalikdagi o`zaro harakati bo`lib, bu jarayonda musiqa ta`limi, tarbiyasi va shaxsning musiqiy rivojlanishi amalga oshiriladi. Musiqa o`qitish jarayoni musiqa o`qitish qonuniyatlari va prinsiplariga mustahkam tayanishi lozim, ular o`quvchining imkoniyatlari va musiqiy iqtidoriga asoslanadi, bu esa zarur musiqiy o`rgatuvchi repertuarni to`g`ri tanlash imkonini beradi. O‘rganilayotgan davrda o‘zbek musiqa ijrochiligi, san‘at turlari nazariy – uslubiy va amaliy jihatlarida ma‘lum siljishlar yuz berdi. Shu o‘rinda o‘zbek milliy san‘atining yozma ravishda to‘planishiga e‘tibor berilishi, ularni qayta ishlash bilan bog‘liq masalalarni hal etishga kirishilganligini ijobiy hol sifatida baholash mumkin. O‘zbek xalq musiqa ijodiyotini o‘rganish va ularni yozib olish maqsadida 1919 – yil dekabrda Maorif xalq komissarligining Musiqiy – etnografik bo‘limi tuzildi. 1936 – yil O‘zbek Davlat filarmoniyasining tashkil etilishi respublikaning sozanda va xonandalarini bir markazga to‘plashga va ularni ijodiy samaradorligini oshirishga imkoniyat yaratdi. O‘zbekiston xalq artisti, bastakor mohir sozanda To‘xtasin Jalilov XX asr o‘zbek musiqa tarixida yorqin iz qoldirdi. U qo‘shiq, lirik ashula va raqs kuylar, musiqali drama, komediya va opera yaratib, o‘zbek musiqasi rivojiga katta xissa qo‘shdi. O‘zbekiston xalq artisti, Davlat mukofotlari sovrindori Muxtor Ashrafiy o‘zbek musiqa san‘ati rivojiga o`lkan hissa qo‘shgan. Muxtor Ashrafiy 40 yildan ziyodroq vaqt mobaynida opera va simfonik musiqa dirijyori sifatida faoliyat olib borgan. Toshkent davlat konservatoriyasining maxsus dirijyorlik sinfi professori va shu oliy ta‘lim muassasasining rektori bo‘lgan. Muxtor Ashrafiy O‘zbekistinda tanilgan aksariyat dirijyorlarga ustozlik qilgan va bir qancha janrlarda asarlar yaratgan. O‘zbekiston xalq artisti, Respublika Davlat mukofoti sovrindori atoqli kompozitor Ikrom Akbarovsiz XX asrning ikkinchi yarmidan respublikamiz professional musiqa san‘atining rivojlanish jarayonini tasavvur etish qiyin. U simfonik asarlar, kantata, oratoriya, |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling