Konferensiyasi
“ZAMONAVIY TA‟LIM TIZIMINI RIVOJLANTIRISH VA UNGA QARATILGAN KREATIV G„OYALAR
Download 160 Kb. Pdf ko'rish
|
37 respublika ilmiy onlayn
“ZAMONAVIY TA‟LIM TIZIMINI RIVOJLANTIRISH VA UNGA QARATILGAN KREATIV G„OYALAR,
TAKLIFLAR VA YECHIMLAR” MAVZUSIDAGI 37-SONLI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ON-LINE KONFERENSIYASI www . bestpublication. uz 194 belgilanmoqda. Biroq bu harakatlar muayyan obyektiv sabablarga ko‗ra, to‗siqlarga uchrashi ham tabiiydir. Chunki jamiyatda pul-tovar, mulkchilik munosabatlarining tubdan o‗zgarishi ommaning ruhiy - psixologik holatida, uning ongi va dunyoqarashida jiddiy o‗zgarish yasaydi, ayrim hollarda shaxsning ma‘naviy-axloqiy me‘yorlarining buzilishiga va buning oqibatida insonparvarlik tamoyillariga to‗g‗ri kelmaydigan omillaming sodir bo‗lishiga olib kelishi ham mumkin. Ta‘lim jarayonida o`quvchi-yoshlarni insonparvarlik ruhida tarbiyalashda o`qitish tamoyillari, shakl va metodlarini o`zaro aloqador bir butun, yaxlit tarzda olib borish muhimdir. Shuning uchun ham hozirgi davrda ta‘lim sohasida eng muhim vazifalardan biri zamon talablariga javob beradigan yangi yo`nalish-larni, o`qitish tamoyili hamda metodlarini qo`llashda bir qolipdagi ish uslubidan voz kechib, o`qitishda o`quvchilarni fikrlashga, erkin muloqotga intilishini paydo qilish asosiy talablardan sanaladi. Mazkur talablarni amalga oshirishda ta‘lim jarayoni har bir o`quvchini chuqur ma‘lumotga ega, haqiqiy vatanparvar, xushmuomala, mehr-oqibatli, o`z qadr-qimmatini biladigan va o`zgalarni ham qadrlaydi-gan inson qilib shakllantiradi. Bunda o`qituvchi va o`quvchi munosabati, o`qituvchining o`qitishga yangicha yondoshuvi, ta‘lim jarayonini insonparvarlik talabi asosida qursagina kutilgan natijaga erishiladi. Ta‘lim jarayonini insonparvarlashtirishning ikki aspektini ajratish mumkin: • ta‘lim mazmunida inson, insoniyat, insoniylik to‗g‗risidagi bilimlar hajmini kengaytirish, insonparvarlik yo‗nalishidagi o‗quv predmetlarini belgilab berish; • ijtimoiy-gumanitar o‗quv predmetlarini o‗qitish sifatini yaxshilash. Xulosa o‘rnida shuni ta‘kidlash joizki, hayotimizning barcha sohalari kabi ta‘lim tizimini ham modernizatsiyalash bugungi kunning eng dolzarb masalalaridan biri bo‗lib qolmoqda. Innovatsion ta‘lim muhitini yaratish, uni xalqaro andozalarga to‗liq mosligini ta‘minlash yoshlarimizni bugungi tez o‗zgaruvchan ijtimoiy hayotga muvaffaqiyatli ijtimoiylashtirishning muhim omilidir. Uzluksiz ta‘lim tizimining tuzilmasi hamda mazmunini zamonaviy fan yutuqlari va ijtimoiy tajriba asosida takomillashtirishni ko‗zda tutadi. Buning uchun, avvalo, barcha ta‘lim muassasalaridagi dars jarayonlarini ilg‗or, ilmiy - uslubiy jihatdan asoslangan zamonaviy uslubiyot bilan ta‘minlash lozim. Yosh avlodga ta‘lim-tarbiya berishning maqsadi, vazifalari, mazmunini yangilash tizimi oldida turgan dolzarb muammolardan biri hisoblanadi. Barchamiz bugun chuqur anglab oldikki, faqatgina zamonaviy asosda ta‘lim-tarbiya olgan, jahonning manaman degan mamlkatlaridagi tengdoshlari bilan bellasha oladigan, jismoniy va ma‘naviy jihatdan barkamol yoshlar biz boshlagan ishlarni munosib davom ettirish va yangi bosqichga ko‗tarishga qodir bo‗ladi. Har tomonlama yetuk, barkamol yoshlarni yetishtirish uchun albatta malakali, o‘z mutaxassisligini chuqur egallagan o‘qituvchilar zarur. Shuning uchun hozirgi kunda o‗qituvchilar va o‘quvchilar oldiga juda ko‗p vazifalar qo‗yilmoqda. Download 160 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling