Konferensiyasi


“ZAMONAVIY TA‟LIM TIZIMINI RIVOJLANTIRISH VA UNGA QARATILGAN KREATIV G„OYALAR


Download 160 Kb.
Pdf ko'rish
bet283/360
Sana04.11.2023
Hajmi160 Kb.
#1745242
1   ...   279   280   281   282   283   284   285   286   ...   360
Bog'liq
37 respublika ilmiy onlayn

“ZAMONAVIY TA‟LIM TIZIMINI RIVOJLANTIRISH VA UNGA QARATILGAN KREATIV G„OYALAR, 
TAKLIFLAR VA YECHIMLAR” MAVZUSIDAGI 37-SONLI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ON-LINE 
KONFERENSIYASI 
www
.
bestpublication.
uz
297 
Rang-tus bildiruvchi sifatlarda ozaytirma forma qo`llanilishida ham ma‘lum darajada 
o`ziga xoslik bor. Ularning hammasi rang-tus bildiruvchi sifatlarning barchasiga birdek 
qo`shilavermaydi. Ozaytirma formalarning vazifalari deyarli bir xil. 
 
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‟YXATI: 
 
1. Rahmatullayev Sh. Hozirgi adabiy o`zbek tili (darslik). Т.: Universitet, 2006. 
2. Mengliyev B., Abuzalova M. Hozirgi o`zbek adabiy tili. –Qarshi, 2005 
3. Qilichev E. Hozirgi oʼzbek adabiy tili. Bakalavr – oʼzbek filologiyasi ixtisosligi 
uchun qoʼllanma. Buxoro, «Buxoro», 2005. 
4. С.С.Сахабиддинов, Происхождение узбекских названий растений, Известия 
АН УзССР, Ташкент, 1970, стр. 30 
5. А.Н.Кононов. Грамматика современного узбекского литературного языка, М.– 
Л. 1960 


“ZAMONAVIY TA‟LIM TIZIMINI RIVOJLANTIRISH VA UNGA QARATILGAN KREATIV G„OYALAR, 
TAKLIFLAR VA YECHIMLAR” MAVZUSIDAGI 37-SONLI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ON-LINE 
KONFERENSIYASI 
www
.
bestpublication.
uz
298 
BOSHLANGʻICH SINF OʻQUVCHILARINI KREATIV FIKRLASHGA 
OʻRGATISH 
 
Xudoyberdiyeva Nigora 
Surxondaryo viloyati, Sherobod tumani 
19- umumiy o‗rta ta'lim maktabi 
Boshlang‗ich sinf o‗qituvchisi 
 
Ta‘lim standartlari va me‘yorlari va an‘anaviy ravishda ta‘lim natijalarini baholash 
uchun foydalaniladi. O‘quvchining natijalari standartga qanchalik yaqin bo‘lsa, uning o‘quv 
faoliyati shunchalik yuqori baholanadi. O‘quvchi tomonidan haqiqiy egallangan va 
yaratilgan bilimlar hajmi to‘la darajada nazorat qilinmaydi, chunki o‘quvchilarning standart 
doirasidan tashqaridagi shaxsiy bilim yoki boshqa natijalari an‘anaviy maktab nazaridan 
chetda qolib keladi. 
Ijodkorlikda o‘quv natijalarini baholashga yondashuv o‘zgacha. Tashqi berilgan 
natijalarga erishilganlik darajasi emas, balki ko‘pincha undan chetga chiqishlar tekshiriladi. 
Ijodkorlikni baholashda o‘quvchilar ta‘limiy natijalarining asosiy parametri- standartlarning 
minimum talablariga mos kelishi emas balki o‘quvchining shaxsan ta‘limiy o‘sish 
darajasidir. 
An‘anaviy ta‘limda o‘quvchi ta‘lim mazmunini saralashda amalda ishtirok etmaydi. 
Ijodkorlik faoliyatida esa ta‘limda o‘quvchi ta‘limiy samarasi ta‘limning yangi mazmunini 
saralashda ishtirok etadi; bilimning hajmi, malakasi, faoliyat turlari hamda o‘quvchining 
foydalaniladigan usullari cheklanmagan bo‘ladi. 
O‘quvchilarga beriladigan ta‘lim standarti ko‘pincha o‘quvchi shaxsiga, uning haqiqiy 
ta‘limiy faoliyatiga bog‘liq bo‘lmagan materiallarni ham vujudga keltiradiki, bu tayyor 
insholar, referatlar va boshqa yozma manbalarning paydo bo‘lishiga olib keldi. Ta‘lim 
mahsulining bunday turini ta‘limning maktab tizimi taqozo qiladi. Kompyuter texnologiyasi 
bu jarayoni yanada qulay va variativ qilib qo‘ymoqda. Tayyor kontrol ishlar, referatlar 
hamda shu kabi internet tarmog‘iga joylashtirilgan materiallarning muttasil ko‘payib 
borayotgan to‘plamlari o‘quvchilarga tayyorgarlik ko‘rmay hamda zarur ishlarni bajarmay 
turib imtihonlar topshirishlarini osonlashtirmoqda. 
Ta‘lim standartlarini tuzishda ijodiy yondashuv kurs yoki mavzuning o‘rganish natijasi 
sifatida tayyor fan mazmunini bermaydi, biroq o‘quvchidan yangi mazmunni, ya‘ni uning 
shaxsan ta‘limiy o‘sishini talab qiladi. 
Boshlang‘ich ta‘limda o‘quvchilar ijodiy faoliyatini rivojlantirishda topishmoqlar xalq 
og‘zaki ijodining kichik va qadimiy janrining ta‘lim-tarbiyaviy ahamiyati beqiyosdir. 
Ayrim boshlangʻich sinf oʻqituvchilari bolani oʻqishga oʻrgatish asosiy vazifa deb 
bilishadi. Albatta, oʻquvchilarni birma-bir oʻqish koʻnikmalarini shakllantirish 
oʻqituvchidan katta mahorat va mas‘uliyat talab etadi. Biroq, yuzaga chiqmagan bolalar 
iste‘dodi muammosi bugungi kunning dolzarb masalalaridan biridir. 
Bu masalani hal qilishda ya‘ni oʻquvchilar ijodiy qobiliyatlarini shakllantirishga 
imkon beradigan vositalardan biri badiiy oʻqish darsidir. Odatda, badiiy faoliyat bolalarning 



Download 160 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   279   280   281   282   283   284   285   286   ...   360




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling