Konferensiyasi


“ZAMONAVIY TA‟LIM TIZIMINI RIVOJLANTIRISH VA UNGA QARATILGAN KREATIV G„OYALAR


Download 160 Kb.
Pdf ko'rish
bet291/360
Sana04.11.2023
Hajmi160 Kb.
#1745242
1   ...   287   288   289   290   291   292   293   294   ...   360
Bog'liq
37 respublika ilmiy onlayn

“ZAMONAVIY TA‟LIM TIZIMINI RIVOJLANTIRISH VA UNGA QARATILGAN KREATIV G„OYALAR, 
TAKLIFLAR VA YECHIMLAR” MAVZUSIDAGI 37-SONLI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ON-LINE 
KONFERENSIYASI 
www
.
bestpublication.
uz
307 
Q.Sapayev ham ―Hozirgi o‘zbek tili‖ darsligida yuklamalarni 6 ma‘no guruhiga 
ajratadi. 
Tilshunos olim, go‗yo yordamchisini o‗xshatish-qiyoslash ma‘no guruhiga kiritmaydi.
[7, 256-258] 
Umumta‘lim maktablarining 7-sinf " Ona tili" darsligida ham yuklamalar ma‘no 
guruhi 6 turga bo‘lib beriladi. 
1.So‘roq-taajjub yuklamalari: -mi, -chi, -a, -ya; 
2.Kuchaytiruv-ta‘kid yuklamalari: hatto, ham, nahotki, -yu, -u, -da, -oq, -yoq; 
3.Ayiruv-chegaralov yuklamalari: faqat, atigi, -gina(-kina,-qina); 
4.O‘xshatish-qiyoslash yuklamalari: xuddi, go‘yo, naq; 
5.Gumon yuklamasi: -dir; 
6.Inkor yuklamasi: na….na. 
Hozirgi tilshunosligimizda yuklamalarni 6 ma‘no guruhga ajratish o‘rinli, lekin ba‘zi
yuklamalarni ma‘no turlariga ajratish yoki ba‘zi yuklamalarni qo‘llashga doir munozarali 
masalalar juda ko‘p. 
Xususan, G.Ahmedova, B.Karimjonova, R.Sayfullayeva, H.Abdurahmonov va 
A.Rafiyev yuklamalarni ma‘no guruhga ajratganda gumon yuklamasini kiritmaydi. Zeroki, 
-dir qo‘shimchasi o‘zi qo‘shilayotgan so‘zlarga gumon ma‘nosini yuklaydi. Balki
Bektemir uning kelishini kutgandir. Ushbu gapda -dir qo‘shimchasi qo‘llanganda, gumon, 
taxmin ma‘nolari namoyon bo‘ladi. Aslida bu yuklama tarixan uchinchi shaxs kesimlikni 
ko‘rsatuvchi shakl bo‘lib, etimologik jihatdan u asli “durur” fe‘lidan kelib chiqqan. Bu 
qo‘shimcha , boshqa turkiy tillarda uchragani kabi, o‘zbek tilida ham faqat kesimlik
qo‘shimchasi vazifasidagina emas, balki o‘ziga xos ma‘no xususiyatiga ega bo‘lgan 
yuklama vazifasini ham bajaradi. Bu yuklama hozirgi kunda kesimlikni ko‘rsatuvchi 
affiksga shaklan o‗xshasa ham, vazifasi va ma‘nosiga ko‗ra farq qiladi. Bu –dir
qo‗shimchasini olgan so‘z kesim bo‘lib kelganda, gumonni bildirmasdan, balki aniqlik, 
qat‘iylik ma‘nosini ham anglatadi: Bu talabadir kabi. 
Vazifadosh bog‘lovchi tarkibiga kiruvchi esa so‘zini Sh.Rahmatullayev yuklama
sirasida baholaydi va ta‟kid ma‟nosidagi eslatish ma‘no qirrasini ochib beradigan 
yuklama sifatida berib o‘tadi: [5, 131-135] Ko‘pchilik unga so‘z berilishini talab qilar, 
rais esa norozi edi. Esa so‗zi bog‗lama vazifasini bajaradi. Shaxs, narsa, hodisalar ketma-
ketligida o‗zi birikib kelgan so‗z bildirgan shaxs, narsa yoki hodisani boshqalarga 
nisbatlab, ajratib qayd etadi. [9,245] Shu boisdan esa so‗zini yuklama sifatida qarashdan 
ko‗ra, uning bajarayotgan vazifasiga yondashib, bog‗lovchi deb baholash ma‘qulroq.
Chunki esa so‗zini o‗rniga bo‗lsa so‗zini ham qo‗llasa, gap tarkibida ma‘no o‗zgarishi
sezilmaydi: Ko‗pchilik unga so‗z berilishini talab qilar, rais bo‗lsa norozi edi. 
Yana shunday so‗zlarimiz borki, ular yuklamalarning qaysi ma‘no turiga kirishi 
bugungi kungacha hal qilinmagan masalalardan hisoblanadi. Zeroki, tugul, aslo so‗zlari 
yuklamalarning hech bir ma‘no turiga kiritilmagan, lekin ular ham yuklama vazifasini 
bajaradi. 
Tugul - inkor-ta‘kid yuklamasi. Sendan molim tugul, jonimni ham ayamayman.
[9,347-348] 



Download 160 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   287   288   289   290   291   292   293   294   ...   360




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling