Konferensiyasi


“ZAMONAVIY TA‟LIM TIZIMINI RIVOJLANTIRISH VA UNGA QARATILGAN KREATIV G„OYALAR


Download 160 Kb.
Pdf ko'rish
bet290/360
Sana04.11.2023
Hajmi160 Kb.
#1745242
1   ...   286   287   288   289   290   291   292   293   ...   360
Bog'liq
37 respublika ilmiy onlayn

“ZAMONAVIY TA‟LIM TIZIMINI RIVOJLANTIRISH VA UNGA QARATILGAN KREATIV G„OYALAR, 
TAKLIFLAR VA YECHIMLAR” MAVZUSIDAGI 37-SONLI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ON-LINE 
KONFERENSIYASI 
www
.
bestpublication.
uz
306 
4.Aniqlov yuklamasi: xuddi. [4, 93-98] 
H.Abdurahmonov hamda A.Rafiyev o'zlarining ―O‘zbek tilining amaliy
grammatikasi‖ kitobida yuklamalarning ma‘no turlari guruhga bo‘linadi deb yozadi. 
1.So‘roq yuklamalari: -mi, -chi, -a,-ya; 
2. Ta‘kid yuklamalari: -ku, -da, -u, -yu; 
3. Ayiruv yuklamalari: -gina (- kina, -qina) faqat; 
4. Kuchaytiruv yuklamalari: axir, hatto. [3, 85-90] 
Sh.Shoabdurahmonov va M.Asqarovalar o‘zining ― Hozirgi o‘zbek adabiy tili ― 
darsligida yuklamalarni quyidagi ma‘no guruhlariga ajratadi. 
1.So‘roq-taajjub yuklamalari: -mi, -chi, -a, -ya; 
2. Kuchaytiruv-ta‘kid yuklamalari: -ku, -yu, -u, -da, -oq, -yoq, -ki; 
3.Ayiruv-chegaralov yuklamalari: -gina (-kina, -qina), faqat; 
4. Aniqlov yuklamasi: xuddi, naq; 
5. Gumon yuklamasi:-dir; 
6. Inkor yuklamasi: na…..na. [2, 432-438] 
R.Sayfullayeva va boshqalar esa, ― Hozirgi o‘zbek adabiy tili ― darsligida
yuklamalarni vazifaviy jihatdan quyidagi 6 ma‘no guruhlarga bo‘ladi. 
Mazkur darslikda, yuklamalarning birinchi ma‘no turini so‘roq –taajjub
yuklamalari deb emas, so‘roq yuklamalari deb ajratadi. 
Ko‘pgina tilshunoslarimiz kuchaytiruv –ta‘kid yuklamalarini birgalikda ma‘no
guruhga ajratsa, bu darslikda ular alohida-alohida guruhlarga ajratadi. Shuningdek
ko'pchilik olimlarimiz aniqlov yuklamasi deb ajratgan ma‘no guruhini o‟xshatish –
qiyoslash yuklamalari deb nomlaydi va bu yuklamalar guruhiga go„yo, go„yoki so‗zlarini 
kiritadi. 
Bugungi kunda go‟yo yordamchisi yuklamami, yoki bog‘lovchi degan munozaralar 
ko‘pgina noaniqliklarga sabab bo‘lyapti. Shu boisdan R.Sayfullayeva go‘yo yordamchisi
haqida shunday fikr bildiradi. 
Go‟yo yordamchisi, mazmunidan o‘xshatish yoki chog‘ishtirish ma‘nosi
anglashilgan sodda va qo‘shma gap tarkibida ishtirok etadi. Sodda gapda ko‘proq
yuklamaga yaqin turadi. Tursunoy go'yo qalbi bilan ashulaga jo‘r bo‘lar edi. 
(A.Muxtor) 
Go‟yo yordamchisi qo‘shma gapda sodda gap qismlarini biriktiruvchi grammatik 
vositaning biri sifatida xizmat qiladi, ya‘ni qo‘shma gapda sodda gapdagi vazifasidan
farqli o‘laroq, faqat yuklamagina emas, balki bog‘lovchi-yuklama sanaladi: Ertaga 
nikoh bo‘ladi, go‘yo men uning xotini. (Oybek) [1, 277-280] Ammo, o‗zbek tilining 
izohli lug‗atida go„yo so‗zi, qiyoslash, o‘xshatish ma‘nolarini ifodalovchi ergashtiruvchi 
bog‗lovchi sifatida beriladi. Tojiboy kirib keldi, go‗yo bu yerda hech kim yo‗qday. 
(P.Tursun) [9,165 ] 
Demak, yuklamaning ham bog‘lovchilik xususiyatini kuzatish mumkin. Bu fikrlardan
shuni ko‘ramizki, go‘yo yordamchisi ham yuklama, ham bog‘lovchi vazifasini bajaradi. 
Chunki yuklamalarning qo‘shma gap tarkibiy qismlarini o‘zaro bog‘lash vazifasi keng 
uchraydigan hodisadir. 



Download 160 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   286   287   288   289   290   291   292   293   ...   360




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling