Konferensiyasi


“ZAMONAVIY TA‟LIM TIZIMINI RIVOJLANTIRISH VA UNGA QARATILGAN KREATIV G„OYALAR


Download 160 Kb.
Pdf ko'rish
bet289/360
Sana04.11.2023
Hajmi160 Kb.
#1745242
1   ...   285   286   287   288   289   290   291   292   ...   360
Bog'liq
37 respublika ilmiy onlayn

“ZAMONAVIY TA‟LIM TIZIMINI RIVOJLANTIRISH VA UNGA QARATILGAN KREATIV G„OYALAR, 
TAKLIFLAR VA YECHIMLAR” MAVZUSIDAGI 37-SONLI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ON-LINE 
KONFERENSIYASI 
www
.
bestpublication.
uz
304 
kuchsizlantirishga, korrupsiya, jinoyatchilik va axloqsizlik kabi illatlarning ildiz otishiga 
asos bo‘ladi. 
 
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR: 
 
1 ―Yangi O‘zbekiston Strategiyasi‖ Shavkat Mirziyoyev 
2 ―Yuksak Ma‘naviyat Yengilmas Kuch‖ Islom Karimov ― Ma‘navityat‖ 
3 ―Islom va Aqidaparast oqimlar‖ Aydarbellk To‘lipov ―Sharq‖ 


“ZAMONAVIY TA‟LIM TIZIMINI RIVOJLANTIRISH VA UNGA QARATILGAN KREATIV G„OYALAR, 
TAKLIFLAR VA YECHIMLAR” MAVZUSIDAGI 37-SONLI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ON-LINE 
KONFERENSIYASI 
www
.
bestpublication.
uz
305 
YUKLAMALAR VA ULARNING MA‟NO TURLARI 
 
Usmonova Baxtigul
Qashqadaryo viloyati Koson tumani
98-maktab o‘qituvchisi 
 
Yordamchi so‗zlar deb yuritiluvchi guruh tarkibida, shunday yordamchilar borki
ular so‗z va gaplarni bir-biriga bo‗lgan munosabatini ifodalamaydi. Aksincha, shu
so‗z ma‘nosiga qo‗shimcha ma‘no berib, o‗zi qo‗shilayotgan so‗zning ma‘no 
nozikliklarini yanada oshirib beradi.
Masalan: Mavlono Fazliddin, faqat Tohirdan xavotirda edi. (P.Qodirov) Faqat
yuklamasi orqali Tohirdan so‗zini boshqa so‗zlardan ajratish, bo‗rttirish, ta‘kidlash
ma‘nolari ifodalanyapti. Shuning uchun ham bu jumla zamirida boshqa narsadan 
xavotirlanmaydi degan ma‘no chiqadi. Shu boisdan ham yordamchi so'zlar tarkibidagi
yuklamalarning o‘rni katta. Shu o'rinda bu orqali biz yuklamalar presuppozitsiyasini 
ham ko'rishimiz mumkin. Presuppozitsiya gapning pragmatik tuzilish elementi 
hisoblanib, o‘zining maxsus ishora vositasiga ega hisoblanadi. Presuppozitsiya termini
lotincha sub-osti, ropere-joylashmoq, ma‘nolarini ifodalaydi. Presuppozitsiya, gapda
ishtirok etayotgan bo‘laklar orqali ifodalangan ma‘no emas, balki zohiriy ma‘no ostidagi 
qo‘shimcha ma‘no hamdir. Bahor ham keldi. Bu gapda presuppozitsiyani kuzatadigan
bo'lsak, ular quyidagilardir: 
1.Bahorning uzoq kutilganligi; 
2.Qishning qattiq bo'lganligi; 
3.Dehqonchilik ishlarining borishi. 
Presuppozitsiya “hamyuklamasi orqali ifodalanib, obyektiv borliqdagi holat, 
so‘zlovchi va tinglovchi o‘rtasidagi shartnomaviy munosabat, nutqiy vaziyat, oldindan 
ma‘lum bo‘lgan axborotlar asosida mantiqiy tarzda tuzilgan.
Yuklamalar so'zga qanday ma‘no qo'shishiga qarab, bir nechta ma‘no turlariga
bo‘linadi. "Ham" yuklamasi ishora qilgan presuppozitsiya qo‘shib hisoblash orqali yuzaga 
keladi. Agar " ham" yuklamasining o'rniga boshqa yuklamalar ishtirok etsa, o‘sha
yuklamaning semantik xususiyatidan kelib chiqqan holda boshqacha presuppozitsiyalar 
anglashiladi.[10, 2-3] 
Tilshunos olimlarimiz esa, yuklamalarning ma‘no turlariga bo'linishini turlicha
qarashlar bilan turlicha tasniflashadi.
Xususan, tilshunos olima G.Ahmedova , B.Karimjonova o'zlarining ―O'zbek tili‖
darsligida yuklamalarning ma‘no turlari 4 guruhga ajratishadi. 
1. Kuchaytiruv- ta‘kid yuklamalari: -ku, -yu, -u,- da, axir, hatto; 
2.Chegaralov 
yuklamalari: 
-gina, 
-kina, 
-qina, 
faqat, 
faqatgina;
Ushbu yuklamalarimiz ifodalaydigan ayirish ma‘nosi haqida esa to‘xtalib o‘tishmaydi. 
3.So‘roq 
– 
taajjub 
yuklamalari: 
-mi, 
-chi, 
-ya, 
-a, 
nahotki;
Umumta‘lim maktablarining 7-sinf ona tili darsligida esa nahotki yuklamasini
kuchaytiruv-ta‘kid yuklamalari ma‘no guruhiga kiritgan. 



Download 160 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   285   286   287   288   289   290   291   292   ...   360




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling