Konferensiyasi
“ZAMONAVIY TA‟LIM TIZIMINI RIVOJLANTIRISH VA UNGA QARATILGAN KREATIV G„OYALAR
Download 160 Kb. Pdf ko'rish
|
37 respublika ilmiy onlayn
“ZAMONAVIY TA‟LIM TIZIMINI RIVOJLANTIRISH VA UNGA QARATILGAN KREATIV G„OYALAR,
TAKLIFLAR VA YECHIMLAR” MAVZUSIDAGI 37-SONLI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ON-LINE KONFERENSIYASI www . bestpublication. uz 378 Umuman oʻzbek matbuotining maydonga kelishini ham, tarixiy taraqqiyotini ham Munavvarqorisiz, uning yuzlab ehtirosli maqolalarisiz tasavvur qilib boʻlmaydi. Munavvarqori XX asr boshidagi ijtimoiy-siyosiy harakatchilikning, milliy ozodlik koʻtarilishining eng eʼtiborli namoyandalaridandir. Abdulla Avloniy tarjimai hollaridan maʼlum boʻlishicha, 1901-yillardan boshlab, Toshkentda mahalliy yoshlardan ―Jadidlar toʻdasi‖ tashkil topgan edi. 1914 - 1915 yillarda ―Sadoyi Turkiston‖da muharrirlik qilgan, 190- yilda Lev Tolstoy bilan xat yozishgan advokat Ubaydulla Asatillaxoʻjayev, shoir Abdulla Avloniy, Nizomiddin Xoʻjayev kabilar bu guruhning faollari boʻlib taniddilar. Avloniy unga 1904-yilda aʼzo boʻlganini maʼlum qiladi. Munavvarqori uning asoschilaridan edi. 1909-yilda u boshqa maʼrifatparvar jadidlar bilan birga ―Jamiyati xayriya‖ tuzadi. 1913- yilda ―Turon‖ jamiyatini taʼsis etadi. ―Maktab‖, ―Nashriyot‖ kabi shirkatlar ochadi. Jamiyatning maqsadi yerli musulmon aholisi orasida maorif – madaniyatga ragʻbat uygʻotish, ularga modsiy-maʼnaviy yordam berish, ular uchun sahna asarlari tayyorlash va koʻrsatish edi. Munavvarqori yoshlarni rivojlangan mamlakatlarda oʻqitish, shu orqali Millat va Vatanni farzandlariga tanitish, dunyoni anglatish ishlariga alohida eʼtibor berdi. 1908 - yildan 1923 - yilga qadar uning gʻayrat va tashabbusi bilan yuzdan ortiq turkistonlik chetda oʻqib keldi. 1920 - 1923 yillarda bu tashabbusni Buxoroda Fitrat va Fayzulla Xoʻjayev qoʻllab-quvvatlab chiqdilar. Maʼlumotlarga qaraganda birgina 1922-yilda Olmoniyada oʻqiyotganlarning soni 60 ga yetgan. Shulardan toʻrttasi (Jabbor Sattor, Saidali Xoʻjayev, Ahmad Shukuriy, Vali Qayumxon) toshkentlik edi. Bu ilg‘or jadidning yutuqlariga nazar tashlaydigan bo‘lsak, Munavvarqori turli jamiyat va uyushmalar tashkilotchisi. U "Jamiyati Imdodiya" (1909), "Turon" (1913), "Turkiston kutubxonasi" (1914), "Umid" (1914), "Maktab" (1914), "Koʻmak" (1921) jamiyat, tashkilot, shirkat va uyushmalarida muassis, muovin, rais, aʼzo. Shoʻrolar hukumati davrida Xalq dorilfununi shoʻrosining raisi, Turkiston Maorif xalq komissarligi turk shoʻbasining ish yurituvchisi (1918), Toshkent shahri maorif noziri, Sharq xalqlari sʼyezdi (1920, Boku) delegat va hayʼati aʼzosi. BXSR Maorif nozirligi vaqf boʻlimi boshligʻi (1920 - 1921), Toshkent shahri ijtimoiy tarbiya boʻlimi mudiri (1921), Akademmarkaz raisi (1922), Navoiy nomidagi maktab, Narimonov nomidagi ped. texnikumi, ayollar ped. intida muallim (1923 - 1925), Samarqand shahri muzeyida ilmiy xodim, Oʻzbekiston osori-atiqalarni saqlash qoʻmitasining Toshkent-Fargʻona boʻlimida masʼul kotib (1927-1928) lavozimida faoliyat ko‘rsatdi. Munavvarqori bir qancha darslik muallifidir. Uning "Adibi avval" (1907), "Adib ussoniy" (1907), "Usuli hisob", "Tarixi qavm turk", "Tajvid" (1911), "Havoyiji diniya", "Tarixi anbiyo", "Tarixi islomiya" (1912), "Yer yuzi" (1916 - 1917), 4 qismdan iborat "Oʻzbekcha til sabokligi" (Shorasul Zunnun va Qayum Ramazon bilan birga, 1925 - 1926, 4qismi musodara qilingan) darsliklari bir necha marta chop etilgan. 1914-yilda taraqqiyparvar oʻzbek shoirlarining sheʼrlarini jamlab, "Sabzavor" nomi bilan nashr etgan. Munavvarqori ijtimoiy-pedagogik faoliyat bilan birga badiiy ijod bilan ham shugʻullangan. Uning ixcham hikoyalari, talaygina sheʼrlari oʻsha davrdagi matbuot va oʻzi tuzgan hamda yozgan darsliklarga kiritilgan. Shuningdek, u oʻtkir publitsist adib sifatida |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling