Konferensiyasi


“ZAMONAVIY TA‟LIM TIZIMINI RIVOJLANTIRISH VA UNGA QARATILGAN KREATIV G„OYALAR


Download 160 Kb.
Pdf ko'rish
bet355/360
Sana04.11.2023
Hajmi160 Kb.
#1745242
1   ...   352   353   354   355   356   357   358   359   360
Bog'liq
37 respublika ilmiy onlayn

“ZAMONAVIY TA‟LIM TIZIMINI RIVOJLANTIRISH VA UNGA QARATILGAN KREATIV G„OYALAR, 
TAKLIFLAR VA YECHIMLAR” MAVZUSIDAGI 37-SONLI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ON-LINE 
KONFERENSIYASI 
www
.
bestpublication.
uz
377 
JADIDCHILIK HARAKATINING YIRIK NAMOYONDASI 
Saydazimov Asroriddin Toxirjon o„g„li 
Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat 
O‗zbek tili va adabiyoti universiteti talabasi 
Annotatsiya: ushbu maqolada Abdurashidxonov Munavvar qori, uning ijodi va 
jadidchilik harakatidagi ilg‘or harakati hamda uning hayoti davomida erishgan yutuqlari 
haqida so‘z boradi. 
Kalit so‟zlar: Munavvarqori, jadidchilik, usuli jadid, matbuot, tarixiy taraqqiyot. 
Munavvarqori, Abdurashidxonov Munavvar qori Oʻrta Osiyo jadidchilik harakatining 
yoʻlboshchisi, 20-asr oʻzbek milliy matbuoti va yangi usuldagi milliy maktab asoschisi, 
yangi milliy teatr tashkilotchilaridan biri, adib va shoir. Toshkentning Shayxontohur 
dahasidagi Darxon mahallasida ziyoli oilasida tugʻilgan. Otasi Abdurashidxon Sotiboldixon 
oʻgʻli mudarris, onasi Xosiyat otin Xonxoʻja Shorahimxoʻja mudarris qizi otinoyi boʻlgan. 
U oilada uchinchi oʻgʻil boʻlib, katta akalari Aʼzamxon (1872—1919) va Muslimxon 
(1875—1954) muallim boʻlishgan. Otasidan yosh yetim qolgani tufayli dastlabki taʼlim 
tarbiyani onasidan olgan. Soʻng oʻz davrining mashhur oʻqituvchisi Usmon domladan ilmi 
qiroat va tajvidni oʻrganib, hofizi Qurʼon boʻlgan. 1885 - 1890 yillarda Buxorodagi Mirarab 
madrasasida tahsil olgan, ammo tahsilni oxiriga yetkazmay, Toshkentga qaytib, imomlik va 
muallimlik bilan shugʻullangan. Eshonquli dodxoh madrasasida tahsilni davom ettirgan. 
1901-yilda usuli jadid maktabini ochgan va shu maktablar uchun maxsus oʻquv dasturini 
tuzgan, darsliklar yozgan. 1904-yildan ijtimoiy siyosiy, madaniy xayotga aralasha 
boshlagan. 1906-yildan "Oʻrta Osiyoning umrguzorligi, taraqqiy", "Taraqqiy" gaz.larida 
adabiy xodim. Shu yili noshir va muharrir sifatida "Xurshid" gaz.ni tashkil etgan. "Shuhrat" 
(1907), "Tujjor" (1907), "Osiyo" (1908) gaz.larini gʻoyaviy boshqargan va adabiy xodim 
vazifasini bajargan. Soʻng "Sadoyi Turkiston" (1914—15) gaz.da masʼul muharrir muovini, 
"Al-isloh" jur. (1915—17)da maxfiy muharrir, "Najot" va "Kengash" (1917) gaz.larida 
masʼul muharrir. 
Oʻzbek matbuotining maydonga kelishida Munavvarqorining xizmatlari katta boʻldi. 
U oʻzbek matbuotining dastlabki namunasi 1906 yilda chiqqan ―Taraqqiy‖ gazetasining 
tashkilotchilaridan va mualliflaridan edi. Oʻsha yili Munavvarqorining oʻzi ―Xurshid‖ 
gazetasini chiqardi. Gazetaning faol mualliflaridan biri Xudoyorxonning oʻgʻli 
Fansurullobek edi. Mahmudxoʻja Behbudiyning ishtirokiyun (sotsialistik) partiyasini keskin 
rad etgan mashhur ―Xayrul umuri avsotuxo‖ maqolasi mana shu gazetada (1906, №6) 
bosilgan edi. Soʻng Munavvarqori ―Sadoyi Turkiston‖ (1914 - 1915) ni maydonga 
chiqarishda jonbozlik koʻrsatdi. 1917-yilning martida esa oʻzi muharrirligida ―Najot‖ 
gazetasini chiqardi. Shu yilning iyunida esa Toshkentda Ahmad Zaki Validiy tomonidan 
―Kengash‖ jurnali oʻrtaga chiqdi. Koʻp oʻtmay, uning muharrirligini Munavvarqori olib 
bora boshladi. 



Download 160 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   352   353   354   355   356   357   358   359   360




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling