Konferensiyasi


“ZAMONAVIY TA‟LIM TIZIMINI RIVOJLANTIRISH VA UNGA QARATILGAN KREATIV G„OYALAR


Download 160 Kb.
Pdf ko'rish
bet357/360
Sana04.11.2023
Hajmi160 Kb.
#1745242
1   ...   352   353   354   355   356   357   358   359   360
Bog'liq
37 respublika ilmiy onlayn

“ZAMONAVIY TA‟LIM TIZIMINI RIVOJLANTIRISH VA UNGA QARATILGAN KREATIV G„OYALAR, 
TAKLIFLAR VA YECHIMLAR” MAVZUSIDAGI 37-SONLI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ON-LINE 
KONFERENSIYASI 
www
.
bestpublication.
uz
379 
tanilgan. Makrlalarida inson va jamiyat, din va dindorlik, axloq, mustamlakachilik va 
xurriyat, ziyolilik, uyushma, tashkilot, davlat idorasi masalalariga alohida eʼtibor qaratgan. 
Munavvarqori oʻz faoliyati davomida pedagogik, matbuotchilik, muharrirlik, adiblik 
bilan cheklanmay, jiddiy siyosiy faoliyat ham olib borgan, shu sababli mustamlaka 
hukumati tomonidan bir necha bor hibs qilingan. 
―Munavvar‖ – nur olgan, nurli degani. Turkiyada hozir ham bu soʻzni ziyoli oʻrnida 
qoʻllaydilar. ―Qori‖ deb Qurʼonni maromiga yetkazib oʻqiydiganni aytganlar. U 
Toshkentning maʼrifatli bir xonadonida tugʻilib, ismiga munosib boʻlib oʻsdi. Hujjatlardan 
uning Shayxontohur daha, Darxon mahallasida tugʻilib oʻsgani maʼlum boʻladi. Otasi 
Abdurashidxon mudarris, onasi Xosiyatxon otin boʻlgan. Munavvar onasi qoʻlida savod 
chiqargan. Dastlab Toshkentda Yunusxon madrasasida, soʻng Buxoroda oʻqigan. Oʻtgan 
asrning 90-yillari oxirlarida jadidlarga qoʻshilib, 190- yilda Toshkentda birinchilardan 
boʻlib ―usuli jadid‖ maktabi ochadi. Bu maktablar uchun ―Adibi avval‖, ―Adibi soniy‖ kabi 
alifbo va xrestomatiyalar, ―Tavjid al-Qurʼon‖ (―Qurʼon qiroati‖), ―Yer yuzi‖ (―Geografiya‖) 
singari qoʻllanmalar tuzib, nashr etadi. Bu darsliklar 1901–1917 yillar oraligʻida eng kami 
2-3, koʻpi 9-10 martagacha alohida-alohida holda nashr etilgan. 
Yevropa savdosanoat, ilm-fanini oʻrganishga chaqirgan, maʼnaviy qoloqlikni 
qoralagan. Chor va shoʻro hukumatlari olib borgan mustamlakachilik si-yosatiga karshi 
izchil kurash olib borib, 1917 - 1924 yillarda "Shoʻroyi islom", "Turk adam markaziyat", 
"Ittihod va taraqqiyot", "Milliy ittihod", "Nashri maorif" kabi jamiyat, firqa va tashkilotlar 
faoliyatiga rahbarlik qilgan. U vijdon erkinligini inkor etmagan dunyoviy demokratik davlat 
tarafdori boʻlgan. Shu sababli Qoʻqon shahrida tashkil topgan Turkiston muxtoriyatinm 
(1917) qoʻllab-quvvatlagan. Umr boʻyi oʻz vatanini mustaqil koʻrishni istagan. M. 1929-yil 
6-noyabrda qamoqqa olinib, Moskva shahridagi Butirka qamoqxonasida qatl qilingan va 
Vagankova qabristoniga dafn etilgan. 1991-yilda rasman reablitatsiya qilingan. 

Download 160 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   352   353   354   355   356   357   358   359   360




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling