Konferensiyasi
“ZAMONAVIY TA‟LIM TIZIMINI RIVOJLANTIRISH VA UNGA QARATILGAN KREATIV G„OYALAR
Download 160 Kb. Pdf ko'rish
|
37 respublika ilmiy onlayn
“ZAMONAVIY TA‟LIM TIZIMINI RIVOJLANTIRISH VA UNGA QARATILGAN KREATIV G„OYALAR,
TAKLIFLAR VA YECHIMLAR” MAVZUSIDAGI 37-SONLI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ON-LINE KONFERENSIYASI www . bestpublication. uz 243 tushunchalar o`quvchiga to`la yetib borishi, o`quvchi ularni muvaffaqiyatli o`zlashtirishi uchun zarur bo`lgan o`quvchining ba‘zi sifatlarini rivojlantirish maqsadida quyidagilarni amalga oshirish kerak. Nomzod o`quvchilarning faolligini oshirib borish, ularga olimpiada masalasi, nostandart masalalar haqidagi tasavvurlarni sekin-asta singdirib borish uchun ularni darslarda va to`garak mashg`ulotlarida darslikdagi murakkab va o`ta murakkab masalalarni yechishga yo`naltirish zarur. O`quvchilarni olimpiadalarga tayyorlashda ularni mustaqil ishlashga o`rgatish katta ahamiyatga ega. O`quvchini qo`shimcha adabiyotlar va qo`llanmalardan mustaqil foydalanib kerakli bilim va ma‘lumotlar olish ko`nikmalarini hosil qilish va rivojlantirishda sinf, maktab, tuman yoki shahar markaziy kutubxonalaridan va o`qituvchining shaxsiy kutubxonasidan foydalanish mumkin. Sekin-asta o`quvchiga o`z shaxsiy kutubxonasini tashkil etishga yordam berib borishkerak. Olimpiadalarga tayyorlanish jarayonida o`quvchi va o`qituvchi orasidagi chegara asta- sekin yo`qolib borishi kerak, chunki o`quvchi o`qituvchidan tortinsa, masalalarni yechishda yoki nazariy tushunchalarni o`rganishda o`z fikrini ochiq va dadil ifodalay olmaydi, bu esa uning bilimida bo`shliqlarning paydo bo`lishiga sabab bo`lishi mumkin. Bundan tashqari olimpiadachiga darslarda murakkab masalalarni yechishni topshirish, darsda yoki darsdan tashqarida o`qituvchidan masala yechimi yoki nazariy materiallarni tushuntirib berishni so`ragan o`quvchilarga yordam berishni topshirish va boshqa yo`llar yordamida unga bo`lgan ishonchingizni ochiq bildirib turish ham yaxshi natijalar beradi. Yuqori sinflarga o`tgach, quyi sinf o`quvchilari orasidan olimpiadaga nomzodlar tanlashda, ularga masala va topshiriqlar tanlash yoki tuzishda, ular bilan ishlashda olimpiadachi o`quvchidan yordam so`rash va undan foydalanish o`quvchining mas‘uliyatini oshiradi va yanada tirishqoqlik bilan izlanishgaundaydi. 9-11-sinf o`quvchilari orasidan tuman yoki shahar olimpiadalariga nomzodlar tanlash maqsadida o`tkaziladigan sinf va maktab 2- tur olimpiadalari davrida 5-8-sinf o`quvchilari orasida ham bunday olimpiadalarni tashkil etish va o`tkazish hamda g`oliblarni tuman, viloyat olimpiadalari g`oliblari bilan bir qatorda o`quvchilar, ota-onalar yig`ilishlarida e‘lon qilish va taqdirlash o`quvchining kuchiga kuch, g`ayratiga g`ayrat qo`shadi va yangi g`alabalar uchun mehnat qilishga chorlaydi. Bu biz tanlagan olimpiadachi-nomzodlar uchun birinchi haqiqiy sinov bo`ladi va boshqa tuman, viloyatdan kelgan matematika ixlosmandlari hamda Respublikamizning ko`zga ko`ringan matematik olimlari bilan yuzma- yuz muloqatda bo`ladilar. Buning natijasida o`quvchilarda haqiqiy matematika olimpiadasi, haqiqiy olimpiada masalasi haqida tushunchalar paydo bo`ladi hamda o`z bilim darajasini belgilab olishga yordam beradi. O'quvchilar bilan ishlashda «oddiydan murakkabgacha, osondan qiyinga» printsipiga amal qilish kerak. O`quvchining matematik qobiliyatini rivojlantirish, fikrlash darajasini o`stirib borish uchun sinfdan va maktabdan tashqari ishlarni to'g'ri tashkillashtirish lozim. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling