Subyektiv tomondan jinoyat qasddan sodir etiladi. Jinoyatning sodir etilish motivlari va ko`zlangan maqsad jinoyatni kvalifikatsiya qilishda ahamiyatga ega emas.
JK 144-moddasi 1-qismida javobgarlik belgilangan jinoyatning subyekti 16 yoshga to`lgan, aqli raso har qanday shaxs, JK 144-moddasi 2-qismida nazarda tutilgan jinoyatning subyekti mansabdor shaxs bo`lishi mumkin.
Vijdon erkinligini buzish
(O`zR JK 145-moddasi)
O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 31-moddasida: «hamma uchun vijdon erkinligi kafolatlanadi. Har bir inson xohlagan dinga e'tiqod qilish yoki hech qaysi dinga e'tiqod qilmaslik huquqiga ega. Diniy qarashlarni majburan singdirishga yo`l qo`yilmaydi» deb belgilab qo`yilgan.
«Fuqarolik va siyosiy huquqlar to`g`risida»gi xalqaro Paktning 18-moddasi 1-qismi va Inson huquqlari umumiy Deklaratsiyasining 18-moddasi aslida bir-biridan unchalik farq qilmaydi va 145-modda ham shu xalqaro hujjatlarga muvofiq ravishda O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksiga kiritilgan. Halqaro huquqiy hujjatlarda shunday deb yozilgan: «har bir inson fikr, vijdon va din erkinligi huquqiga ega. Bu huquq o`z xohishiga ko`ra biror din yoki e'tiqodga ega bo`lish yoki qabul qilish erkinligini, yakka tartibda va boshqalar bilan birgalikda o`z dini va e'tiqodiga amal qilish erkinligini, oshkora yoki xususiy tartibda sig`inish, diniy yoki urf-odat bo`lgan marosimlar va ta'limotlarga amal qilish erkinligini o`z ichiga oladi».
Tahlil etilayotgan modda uch qismdan iboratdir.
Mazkur modda O`zbekiston Respublikasining 1998 yil 1 maydagi qonuniga binoan Jinoyat kodeksiga kiritilgan.
Bu jinoyatning obyekti O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida kafolatlangan diniy tashkilotlarning qonuniy faoliyati yoki fuqarolarning xohlagan diniga e'tiqod qilish, diniy marosimlarni ado etish yoxud hech qaysi dinga e'tiqod qilmaslik huquqi va fuqarolarning sog`lig`i hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |