Konstitusiyada fuqarolarni huquq va erkinliklari
Download 120 Kb.
|
KONSTITUSIYADA FUQAROLARNI HUQUQ VA ERKINLIKLARI
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2-qismida
Obyektiv tomondan JK 145-moddasi 1-qismida nazarda tutilgan jinoyat diniy tashkilotlarning qonuniy faoliyatiga yoki diniy marosimlarning o`tkazilishiga to`sqinlik qilishda ifodalanadi.
To`sqinlik qilish diniy muassasalar faoliyatining bajarilishiga yo`l qo`ymaslikda (masjid, cherkovlarning yopib qo`yilishi yoki diniy marosimlar, nikoh o`qitish, sunnat to`yi qilish, marhumni dafn etish va h.k.larning ado etilishiga to`sqinlik qiluvchi xatti harakatlarni sodir etish)da ifodalanishi mumkin. Diniy tashkilotlarning qonuniy faoliyatiga to`sqinlik qilish fuqarolarning o`z fuqarolik huquqlarini amalga oshirishi yoxud fuqarolik vazifalarini bajarishi yoxud diniy marosimlarni ado etishiga to`sqinlik qilish fuqarolarning sog`lig`iga shikast yetkazish bilan birgalikda sodir etilgan hollarda aybdorning qilmishi sog`liqqa qarshi jinoyatlar uchun javobgarlik nazarda tutilgan moddalar bilan birgalikda jinoyatlar jami bo`yicha kvalifikatsiya qilinishi lozim. JK 145-moddasi 1-qismida nazarda tutilgan jinoyat diniy tashkilotlarning qonuniy faoliyatiga yoki diniy marosimlarni ado etishiga to`sqinlik qilingan paytdan boshlab tugallangan deb topiladi. Mansabdor shaxs o`z mansab mavqeidan foydalanib, diniy tashkilotlarning qonuniy faoliyatiga yoki diniy marosimlarning o`tkazilishiga to`sqinlik qilgan hollarda, O`zR JKning 205-moddasi yoki 206-moddasi bilan kvalifikatsiya qilinadi. Ushbu moddaning 2-qismida javobgarlik belgilangan jinoyat obyektiv tomondan voyaga yetmagan shaxslarni diniy tashkilotlarga jalb etish, shuningdek, ota-onalari yoki ularning o`rnini bosuvchi shaxslarning xohish-irodasiga qarshi voyaga yetmaganlarni diniy ta'limotga o`qitishda ifodalanadi.
Download 120 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling