Saylov yoki referendum hujjatlarini qalbakilashtirish deganda, qalbaki saylov hujjatlarining tuzilishi, soxta yozuvlar kiritilishi va boshqa harakatlar tushuniladi.
Ovozlarni ataylab noto`g`ri hisoblash deganda, saylov yoki referendum o`tkazilayotgan vaqtda u yoki bu nomzod manfaatlarini ko`zlab, ovoz berish natijalarining bila turib qasddan noto`g`ri hisoblanishi tushuniladi.
Ushbu qilmish formal tarkibli jinoyat bo`lib, saylov yoki referendum tashkil qilish, ularni o`tkazish to`g`risidagi qonun hujjatlarini buzishga qaratilgan harakatlarning birortasi sodir etilgan paytdan tomom bo`lgan deb hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |