Konstitutsiya huquqdan savollar
Download 1.4 Mb. Pdf ko'rish
|
Savollar huquqdan
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kotib: — majlis bayonnomasini yuritadi; — mehnat nizolari komissiyasi majlisiga ishtirokchilar kelgan-kelmaganligini tekshiradi. Da’vogar
- Javobgar (ish beruychining vakili)
- Ekspert
Komissiya raisi:
— majlisni boshqaradi; — ish mohiyatini ma’lum qiladi; — da’vogar va javobgardan ishga doir qo‘shimcha vaziyatlarni aniqlaydi; — guvohlarni so‘roq qiladi; — mehnat qonunlari hamda taraflar fikrini hisobga olib qaror qabul qiladi. Kotib: — majlis bayonnomasini yuritadi; — mehnat nizolari komissiyasi majlisiga ishtirokchilar kelgan-kelmaganligini tekshiradi. Da’vogar: — nizo mohiyatiga doir ko‘rsatmalar beradi; — buzilgan mehnat huquqini tiklash bo‘yicha talablar qo‘yadi. Javobgar (ish beruychining vakili): — haqiqat qaror topishiga to‘sqinlik qilmaslikka majbur; — nizo mohiyatini va kelib chiqqan nizoni qonuniy hal etishga doir o‘z nuqtayi nazarini bayon qiladi. Advokat: — jarayon ishtirokchilariga savollar beradi; — haqiqatni aniqlash va nizoni adolatli hal etish uchun qonunda nazarda tutilgan barcha vositalardan foydalanadi; — ishni ko‘rishgacha va uning davomida da’vogarga zaruriy yuridik yordamni ko‘rsatadi; — dalillar qalbakilashtirilganda g‘ayriqonuniy harakatlar uchun jinoiy javobgarlikka tortiladi. Ekspert: — uning oldiga qo‘yilgan masala bo‘yicha yozma xulosa berishga majbur. Mehnat jamoasi rahbari: — sudga mazkur nizo bo‘yicha jamoa fikrini bayon etadi; — ish vaziyatlarini oydinlashtirishga ko‘mak beradi. 813. Ушлаш, ушлаб туриш, ҳибс тушунчаларига таъриф беринг? Ushlash, ushlab turish, hibs — jinoyatni sodir etishda shubhalanayotgan shaxsga nisbatan qo‘llaniladigan, ushlangan shaxsning jinoyatga daxldorligini aniqlash va uni qamoqqa olish mumkinligi masalasini hal etish maqsadida, 72 soatdan oshmaydigan qisqa muddatli majburlov chorasi. 814. Коррупция тушунчасига таъриф беринг? Korrupsiya — siyosat yoki davlat boshqaruvi sohasidagi jinoiy faoliyat: mansabdor shaxslarning ularga ishonib topshirilgan huquqlardan shaxsiy manfaati uchun foydalanishi (poraxo‘rlik, xizmat mavqeyini suiiste’mol qilish). 71 815. Компенсация тушунчасига таъриф беринг? Kompensatsiya (lot. compensatio — to‘lash) — fuqarolik- huquqiy majburiyatlar buzilishi natijasida yuzaga kelgan zararlarni (buyum yo‘qolishi, tovarlarni o‘z vaqtida yetkazib bermaslik va hokazo) to‘lash. 816. Декларация тушунчасига таъриф беринг? Deklaratsiya (lot. declaratio — e’lon, bayonot) — 1) tavsiya kuchiga ega bo‘lgan huquqiy hujjat; 2) bojxona deklaratsiyasi — boylik (qimmatlik)larni chegara orqali olib o‘tish chog‘ida tuziladigan ularning ro‘yxati; 3) soliq deklaratsiyasi — shaxsning soliqlarni to‘lash uchun o‘z daromadi miqdori to‘g‘risida bayonoti. 817. «Вандализм» тушунчасига таъриф беринг? Vandalizm — moddiy va madaniy boyliklarni bema’nilarcha yo‘q qilish, jamoat inshootlarini bulg‘ash, mol-mulkni ishdan chiqarish va hokazolar. 818. Жисмоний ва юридик шахс тушунчасига таъриф беринг? Jismoniy shaxs — fuqarolik huquqi subyekti sifatida alohida olingan fuqaro. Yuridik shaxs — o‘z mulkida alohida mol-mulki bo‘lgan va o‘z majburiyatlariga ana shu mol-mulki bilan javob beradigan tashkilot. 819. Ўзбекистон Республикаси қонунчилигига асосан юридик шахснинг ҳуқуқий жавобгарлиги назарда тутилганми? 820. Айбланувчи тушунчасига таъриф беринг? Ayblanuvchi — qonunda belgilangan tartibda uni ayblanuvchi sifatida javobgarlikka tortish xususida qaror chiqarilgan shaxs. Sud vaqtida ayblanuvchi sudlanuvchi deb, hukm chiqarilganidan keyin esa — mahkum deb nomlanadi. 821. Ақли норасо шахс деганда кимни тушунасиз? Aqli norasolik — ruhiyatning kasallik holati yoki aqli zaiflik bilan shartlangan, shaxsning o‘z harakatlariga baho bera olmasligi yoki ijtimoiy xavfli qilmishni sodir etish paytida ularni boshqara olmasligi. 822. Тухмат ва ҳақорат қилишнинг фарқлари ва ушбу ҳаракатлар учун қандай жавобгарлик белгиланган? Haqorat qilish — kishining sha’ni va qadr-qimmatini qasddan, beodob shaklda kamsitishda ifodalanadigan jinoyat. Tuhmat — qasddan boshqa shaxsni badnom qiladigan, yolg‘on-bo‘htonlarni tarqatish. 823. Вояга етмаганларнинг ҳуқуқий жавобгарлиги ҳақида гапириб беринг? Voyaga yetmaganlar — O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga muvofiq 18 yoshga yetmagan shaxslar. 824. «Таомил, одат» тушунчасига таъриф беринг? Taomil, odat — uzoq muddatli ijtimoiy amaliyot mobaynida shakllangan odatlar mustahkamlangan xatti-harakat shakli. Davlat paydo bo‘lishi bilan taomil huquq manbayiga aylanadi va unga rioya etish davlatning majburlashi bilan ta’minlanadi. Download 1.4 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling