Konstitutsiyaviy qonunining loyihasi oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi toʻgʻrisida
Download 0.6 Mb. Pdf ko'rish
|
Yangi konstitutsiya matni.pdf
143-modda.
Oʻzbekiston Respublikasi hududida qonunlarning aniq va bir xilda bajarilishi ustidan nazoratni Oʻzbekiston Respublikasining Bosh prokurori va unga boʻysunuvchi prokurorlar amalga oshiradi. 144-modda. Prokuratura organlarining yagona markazlashtirilgan tizimiga Oʻzbekiston Respublikasining Bosh prokurori boshchilik qiladi. Qoraqalpogʻiston Respublikasining prokurori Oʻzbekiston Respublikasining Bosh prokurori bilan kelishilgan holda Qoraqalpogʻiston Respublikasining oliy vakillik organi tomonidan tayinlanadi. Viloyatlarning prokurorlari, tuman va shahar prokurorlari Oʻzbekiston Respublikasining Bosh prokurori tomonidan tayinlanadi. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining, Qoraqalpogʻiston Respublikasi prokurorining, viloyat, tuman va shahar prokurorlarining vakolat muddati – besh yil. Ayni bir shaxs surunkasiga ikki muddatdan ortiq Oʻzbekiston Respublikasining Bosh prokurori lavozimini egallashi mumkin emas. 145-modda. Oʻzbekiston Respublikasining prokuratura organlari oʻz vakolatlarini boshqa davlat organlaridan, oʻzga tashkilotlardan, mansabdor shaxslardan mustaqil ravishda, faqat Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga va qonunlariga boʻysungan holda amalga oshiradi. Prokurorlar oʻz vakolatlari davrida siyosiy partiyalarga va siyosiy maqsadlarni koʻzlovchi boshqa jamoat birlashmalariga aʼzolikni toʻxtatib turadilar. Prokuratura organlarini tashkil etish, ularning vakolatlari va faoliyat koʻrsatish tartibi qonun bilan belgilanadi. 146-modda. Oʻzbekiston Respublikasi hududida jinoyatchilikka qarshi kurash boʻyicha tezkor-qidiruv, tergov va boshqa maxsus vazifalarni mustaqil ravishda bajaruvchi xususiy tashkilotlar, jamoat birlashmalari va ularning boʻlinmalarini tuzish hamda ularning faoliyat koʻrsatishi taqiqlanadi. 42 Qonuniylik va huquqiy tartibotni, fuqarolarning huquqlari va erkinliklarini himoya qilishda huquqni muhofaza qiluvchi organlarga jamoat tashkilotlari va fuqarolar yordam koʻrsatishlari mumkin. Download 0.6 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling