Konstitutsiyaviy qonunining loyihasi oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi toʻgʻrisida


Download 0.6 Mb.
Pdf ko'rish
bet41/42
Sana06.10.2023
Hajmi0.6 Mb.
#1693477
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   42
Bog'liq
Yangi konstitutsiya matni.pdf

7-modda. Ushbu 
Konstitutsiyaviy 
Qonunning 
davlat 
hokimiyati 
mansabdor shaxslarining vakolat muddatlari, saylanish (tayinlanish) tartibi
va (yoki) shartlarini oʻzgartiruvchi va (yoki) boshqacha tarzda taʼsir qiluvchi 
qoidalari ushbu Konstitutsiyaviy Qonun kuchga kirgan paytda mazkur 
lavozimlarni egallab turgan shaxslarga nisbatan qoʻllaniladi hamda mazkur 
shaxslar ushbu Konstitutsiyaviy Qonun kuchga kirgan paytda koʻrsatilgan 
lavozimlarni egallaganligi va (yoki) egallab kelayotganligining surunkali 
muddatlari sonidan qatʼi nazar, Oʻzbekiston Respublikasining boshqa fuqarolari 
bilan teng ravishda Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining talablariga
shu jumladan ushbu Konstitutsiyaviy Qonun tahriridagi talablariga muvofiq 
mazkur lavozimlarga saylanishga (tayinlanishga) haqlidir. 
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudining oʻziga nisbatan yangi 
saylanish shartlari va vakolatlar muddati joriy etilayotgan amaldagi sudyalari 
oʻz vakolatlarini ular saylangan muddat tugaguniga qadar davom ettiradi. 
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudining vakant sudyalik lavozimlari 
ushbu Konstitutsiyaviy Qonun tahriridagi Oʻzbekiston Respublikasi 
Konstitutsiyasida belgilangan tartibda toʻldiriladi. 


45 
8-modda. Ushbu Konstitutsiyaviy Qonun va ushbu Konstitutsiyaviy 
Qonun tahriridagi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga oʻzgartirish
va qoʻshimchalar tegishincha Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 
Qonunchilik palatasi deputatlari va Senati aʼzolari umumiy sonining kamida 
uchdan ikki qismidan iborat koʻpchiligi tomonidan qabul qilingan 
konstitutsiyaviy qonun yoki Oʻzbekiston Respublikasining referendumi bilan 
kiritilishi mumkin. 
9-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi: 
manfaatdor davlat organlari bilan birgalikda qonunchilikni ushbu 
Konstitutsiyaviy Qonun tahriridagi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga 
muvofiqlashtirish boʻyicha chora-tadbirlar dasturini ikki oylik muddatda ishlab 
chiqsin va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalariga kiritsin; 
davlatning ushbu Konstitutsiyaviy Qonun tahriridagi Oʻzbekiston 
Respublikasi Konstitutsiyasida belgilangan ijtimoiy-iqtisodiy majburiyatlarining 
bajarilishini, shu jumladan, mamlakatda amalga oshirilayotgan maʼmuriy 
islohotlar doirasida respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining vazifalari
va funksiyalari qayta koʻrib chiqilishini inobatga olgan holda bajarilishini 
taʼminlashga doir chora-tadbirlar dasturini uch oylik muddatda ishlab chiqsin 
hamda tasdiqlasin
har yili navbatdagi yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat 
byudjeti toʻgʻrisidagi qonun loyihasini tayyorlashda davlatning ushbu 
Konstitutsiyaviy Qonun tahriridagi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida 
belgilangan ijtimoiy-iqtisodiy majburiyatlarini bajarish uchun zarur mablagʻlar 
yoʻnaltirilishini nazarda tutsin. 

Download 0.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   42




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling