Konstitutsiyaviy qonunining loyihasi oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi toʻgʻrisida


Download 0.6 Mb.
Pdf ko'rish
bet40/42
Sana06.10.2023
Hajmi0.6 Mb.
#1693477
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   42
Bog'liq
Yangi konstitutsiya matni.pdf

3-modda. Ushbu Konstitutsiyaviy Qonun kuchga kirguniga qadar 
Oʻzbekiston Respublikasi hududida amalda boʻlgan qonunlar va boshqa 
normativ-huquqiy 
hujjatlar 
ushbu 
Konstitutsiyaviy 
Qonun 
tahriridagi 
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga zid boʻlmagan qismida qoʻllaniladi. 


44 
4-modda. Ushbu Konstitutsiyaviy Qonun tahriridagi Oʻzbekiston Respublikasi 
Konstitutsiyasi normalari tegishli qonunlar va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar 
qabul qilinishidan yoki mavjudligidan qatʼi nazar, ushbu Konstitutsiyaviy Qonun 
kuchga kirgan paytdan eʼtiboran toʻgʻridan toʻgʻri amal qiladi. 
5-modda. Amaldagi chaqiriq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi 
Qonunchilik palatasi va Senati ushbu Konstitutsiyaviy Qonun kuchga kirgan 
paytdan eʼtiboran oʻz faoliyatini ushbu Konstitutsiyaviy Qonun tahriridagi 
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida belgilangan vakolatlarga muvofiq 
amalga oshiradi. 
Ushbu Konstitutsiyaviy Qonun tahriridagi Oʻzbekiston Respublikasi 
Konstitutsiyasi 92-moddasi uchinchi qismining Oʻzbekiston Respublikasi
Oliy Majlisi Senatining saylanadigan (tayinlanadigan) aʼzolari sonini 
belgilovchi qoidalari 2024-yilda navbatdagi chaqiriqdagi Senat shakllantirilishi 
boshlanganidan amalga kiritiladi.
6-modda. Tegishli normativ-huquqiy bazani tayyorlash, mahalliy vakillik 
va ijro etuvchi davlat hokimiyati organlari faoliyatining izchilligi hamda 
uzluksizligini taʼminlash zarurligi munosabati bilan ushbu Konstitutsiyaviy 
Qonun tahriridagi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 120-moddasi 
uchinchi qismining viloyat, tuman, shahar hokimi lavozimini egallab turgan 
shaxs bir vaqtning oʻzida xalq deputatlari Kengashi raisi lavozimini egallashi 
mumkin emasligi haqidagi qoidalari: 
viloyatlar hamda Toshkent shahar vakillik va ijro etuvchi davlat 
hokimiyati organlariga nisbatan 2024-yilda xalq deputatlari viloyatlar
va Toshkent shahar Kengashlari deputatlarining navbatdagi saylovlari yakunlari 
boʻyicha; 
tuman hamda shahar vakillik va ijro etuvchi davlat hokimiyati organlariga 
nisbatan esa 2026-yil 1-yanvardan eʼtiboran amalga kiritiladi. 

Download 0.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   42




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling