Konstruktsiyalari va
yon - polimerning yonish issiqligi; ye
Download 1.96 Mb. Pdf ko'rish
|
Yog‘och-qurilish-PECHAT
yon
- polimerning yonish issiqligi; ye - polimerdagi aloqalar soni. 3.1-jadval Polimer olovdan himoya qiluvchi tarkiblarning ba’zi xususiyatlari Polimer Tarkibi ,%. T er , °S Zichligi, g/ sm 3 Molekular og‘irlik R Galogen miqdori EXG: FK 8,74 12,60 155 1,374 44*10 4 EBG: FK 6,80 14,01 149 1,399 51*10 4 Izoh: “Maksam-Ammofos” chiqindilariga asoslangan FK-fosfor kislotasi Barcha olimlar tomonidan keng qo‘llaniladigan tenglamalar [159; 534 b] yordamida polimerdagi bog‘lanish energiyasining yig‘indisi yoki D sv ga teng bo‘lgan o‘rtacha bog‘lanish energiyasining o‘zga- rishi bilan o‘rtacha bog‘lanish energiyasining intensivligi simbatik ravishda o‘zgarishini ko‘rsatish mumkin: 49 Shu sababli, D sv qiymatidan polimer antipirenlardagi aloqalarni uzish kuchini taxminiy baholash uchun foydalanish mumkin, chunki odatda bog‘lanish energiya qiymatlari to‘g‘ridan-to‘g‘ri termal barqarorlikni va ba’zi hollarda polimerlarning yong‘inga chidamliligini taqqoslash uchun ishlatiladi. Lipatov Yu.S tomonidan [159; 534 b,], eksperimental va hisob- langan ma’lumotlarga ko‘ra, biz tomondan sintez qilingan yuqori molekular og‘irlikdagi antipirenlarning tabiiy polimer bo‘lgan yog‘och materiali tarkibiga kiritilishi ularning yonuvchanligini ka- maytirishi va olovga chidamlilik chegarasini oshirishi mumkin deb taxmin qilish mumkin. Ma’lumki [159; 534 b, 160; 326 b], polimerning jismoniy tu- zilishi va zichligi, kristalligi, eruvchanligi, bo‘kishi, shishishi va boshqalar kabi xususiyatlari fizik strukturaning namoyon bo‘lishi diffuziya jarayonlariga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi. Fizik tuzilish po- limerning kimyoviy tuzilishi, uning tarkibi va tayyorlash usuli bi- lan belgilanadi, u molekulalararo o‘zaro ta’sir kuchlariga bog‘liq va berilgan sharoitlarda makromolekulalarning eng qulay shakllanishi- ni anglatadi. Tadqiqotlar natijasida tabiiy polimer va sintetik polim- erlarning fizik-kimyoviy xossalari bilan ularning yonuvchanligi va kokslanish qobiliyati o‘rtasida bog‘liqlik aniqlandi. 3.5-rasmdan ko‘rinib turibdiki, polimer antipirenlarning yonu- vchanligi va molekular og‘irligining o‘zgarishi nosimmetrik tarzda (ya’ni, simbatik ravishda) sodir bo‘ladi. Eruvchanlik parametrini hisoblashda odatda jarayon energiyasi- ning funksiyasi bo‘lgan shishish darajasi qo‘llaniladi [146; 242-263 b]. Jarayon energiyasining eng kichik qiymatlari alifatik guruhlarga kiradi va ular bog‘lovchi tugun guruhlar uchun ham kamroqdir. Qizig‘i shundaki, galogen molekulasini o‘z ichiga olgan bir qa- tor guruhlarda Vg dan Cl ga o‘tish bilan yig‘indi energiya miqdori kamayadi, bu esa ushbu seriyadagi yonuvchanlikning o‘zgarishiga mos keladi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling