markazlangan terapiyaning asosiy usullarini quyida tahlil qilamiz. Klient o‘z-o‘ziga yordam berish imkoniyatiga ega, terapevt esa yunaltiruvchidir, degan tamoyilga asoslanib, u o‘ziga nisbatan hurmat darajasini oshirishga harakat qilishi lozim. Rodjers eng muhim 4 ta shartni ilgari surgan: - Bunda faqat aks ettiruvchi oyna singari xizmat qilishi va klient aytganlarini eshitib o’tirishi lozim. Klient fikr bildirishi davomida uning muammosini terapevtik shakldagi aksini ko’rib, unga yangicha mantiqiy tahlil qilib yechishi mumkin. Rodjersning fikricha, odam o‘z real «Men»i haqida tasavvurga ega bo‘lganidagina o‘z muammosini hal qilish yo’lini topadi. Terapevt odamning real «Men»ini ko’rishga yordam berishi zarur.
- Bu metod asosan hislarini va fikrlarini ochiq-oydin ayta oladigan klientlarga samarali yordam beradi.
- Geshtaltterapiya Frederik Peres tomonidan asoslangan bo‘lib, ushu metod geshtaltpsixologiyaning «shakl-fon» nazariyasi zamirida ishlab chiqarilgan.
- Transaktsion analiz nazariyasi. Bu nazariya E.Bren tomonidan ishlab chiqilgan. U asosan ijtimoiy muammolar va munosabatlarni ijobiylashtirishga qaratilgan.
- E.Brenning fikricha, odam hayotida uch xil pozitsiyadan iborat rolni o’ynaydi: «ota-ona», katta odam va yosh bola. Odam hayotda shu pozitsiyalardan biriga asoslanib faoliyat ko‘rsatishga o‘rgangan. Vaziyatga qarab bu pozitsiyalar o‘zgarib boradi. Chunonchi, bolada yoshligidan katta odam haqidagi tasavvuri asosida «katta odam» pozitsiyasi, ota-onaning taʼsiri natijasida esa «ota-ona» pozitsiyasi vujudga keladi.
- Geshtaltterapiyada biror obʼekt shakl bo‘lsa, boshqa obʼektlar shu shaklni anglashga yordamchi fon sifatida xizmat qiladi. Geshtaltterapiyada birorta anglanilgan shakl bo‘lsa, boshqa hislar anglanmay qoladi, degan tamoyilga tayaniladi. Geshtalt «yaxlitlik» degan maʼnoni anglatib, fond vujudga keluvchi shakl bo‘lishi mumkin. Odam ruhiy muammolarining kelib chiqishida anglamay qolgan tuzilma geshtalt sifatida xizmat qilishi mumkin. Bu muammoni yechish uchun geshtalt vujudga kelishi, klient esa o‘zini anglab yetishi shart. Buning uchun terapevt «shu yerda va hozir» tamoyilini qo’llaydi. Masalan, verbalizatsiya orqali «Shu yerda va Hozir anglayapman» deb boshlanuvchi so‘zlar bilan murojaat kiladi.
- Keyin bu holatlarning yaxshi yoki yomonligi, qulay yoki noqulayligi anglanadi. Geshtaltterapevt klientga o‘zini anglashiga yordam berish uchun uning xatti-harakatlariga diqqatini qaratishi, yaʼni xatti-harakatni anglash orqali hisni anglashga, hisni anglash orqali esa geshtalt tuzilishiga, muammo yechilishiga yordam berishi mumkin. Klientdagi himoyalanish mexanizmlarini uning o‘ziga anglatish ham geshtaltterapiyaning yo’lidir, yaʼni odam tashqi olam yo’naltirgan ehtiyoj energiyasining ijtimoiy qarama-qarshilik natijasida o‘ziga qaytarilishidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |