Kontaktli o’t oldirish tizimi ma’ruza rejasi: O’t oldirish tizimlari xaqida umumiy ma’lumotlar


Download 56.96 Kb.
bet3/6
Sana18.10.2023
Hajmi56.96 Kb.
#1708739
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
KONTAKTLI O't oldirish tizimi

Teshib o’tish kuchlanishi. O’t oldirish sham elektrodlari orasidagi tirqishni teshib o’tadigan darajadagi qiymatlarga ega bo’lgan kuchlanishga teshib o’tish kuchlanishi - Utu deb ataladi. U Pashen qonuniga binoan dvigatel silindrlaridagi bosimga va sham elektrodlari orasidagi tirqish kattaligiga to’g’ri proporsional va yonilg’i aralashmasi xaroratiga teskari proporsional bo’ladi. Bundan tashqari, Utu yonilg’i aralashmasining tarkibiga sham elektrodlari materialiga, shakliga va temperaturasiga, uzatilgan yuqori kuchlanishli impulsining davomiyligiga va uning qutb ishorasiga va nixoyat dvigatelning ishlash sharoitlariga xam bog’liq. Masalan, atrof muxit xarorati past bo’lganda dvigatelni ishga tushirishda silindr devorlari va sham elektrodlari sovuq, so’rilayotgan yonilg’i aralashmasining temperaturasi xam past va yaxshi aralashmagan bo’ladi. Natijada, siqish taktida aralashma yaxshi qizimaydi va yonilg’i tomchilarining bug’lanishi sust sodir bo’ladi. Sham elektrodlari orasidagi tirqishga tushgan bunday aralashma, Utu qiymatini 15-20% ga oshirilishini talab qiladi.
Dvigatel tirsakli valining aylanishlar chastotasi ortishi va silindrlardagi bosimni o’sishi xisobiga Utu dastlab oshadi, lekin keyinchalik kamaya boshlaydi, chunki yonilg’i aralashmasining yangi ulushi bilan silindrlarni to’lish darajasi pasayadi va shamlarning markaziy elektrodi temperaturasi ortadi. Teshib o’tish kuchlanishining maksimal qiymati dvigatel ishga tushishi va to’la yuklama bilan ishlash xollariga to’g’ri keladi.
YAngi avtomobillar dastlabki 20 ming kilometr masofani bosib o’tganda, sham elektrodlarining shakli o’zgarishi (chekkalari yumaloq-lanishi) xisobiga Utu qiymati 20-25% ga oshadi. Keyinchalik, elektrodlaryeyilishi va ular orasidagi tirqish ortishi sababli Utu sekin-asta oshib boradi. Shuning uchun, avtomobil xar 10-15 ming kilometr yo’l bosib o’tganda sham elektrodlari orasidagi tirqishni tekshirib, zarurat bo’yicha rostlab turish kerak. Utu ning eng katta qiymati (12000V) dvigatelni ishga tushirish va aylanish chastotasini oshirish jarayonida, eng kichik qiymati (5000-6000V) esa dvigatel maksimal quvvat bilan barqarorlashgan rejimda ishlaganda kuzatiladi. Uchqunli razryad parametrlari (energiyasi va davom etish vaqti, elektrodlar orasidagi tirkish) silindrdagi yonish jarayonining boshlang’ich qismiga, dvigatelni ishga tushirishda, salt ishlaganda, xamda barqarorlashmagan va qisman yuklamali rejimlarda ishlaganda katta ta’sir ko’rsatadi.

Download 56.96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling