YUqori kuchlanishning o’sish tezligi o’t oldirish sistemasi ishonchli ishlashini ta’minlashda katta axamiyatga ega. YUqori kuchlanish, teshib o’tish kuchlanish qiymatiga qanchalik tez erishsa, o’t oldirish shami izolyatoridagi qurum orqali isrof bo’ladigan tok miqdori shunchalik kam bo’ladi. Xozirgi kunda qo’llanilayotgan ko’pchilik o’t oldirish sistemalarida yuqori kuchlanishning o’sish tezligi 250-350 V/mks ga teng, VAZ-2109 avtomobilidagi yangi elektron o’t oldirish sistemasida uning qiymati 700 V/mks gacha boradi.
YUqori kuchlanish bo’yicha zaxira koeffitsienti Kz. O’t oldirish sistemasi ishonchli ishlashi uchun, avj oldiradigan yuqori kuchlanish- U2max, teshib o’tish kuchlanishi Utu qiymatidan ancha katta bo’lishi kerak. Chunki, bir tomondan avtomobillarni ishlatish borasida o’t oldirish g’altagi va yuqori kuchlanish o’tkazgichlarining izolyatsiyasi eskirishi natijasida o’t oldirish sistemasi avj oldiradigan yuqori kuchlanish tobora pasayib boradi. Masalan, 50000 km yo’l yurgan avtomobillarda yuqori kuchlanish 20% gacha kamayishi mumkin. Ikkinchi tomondan, yuqorida ko’rsatilgandek teshib o’tish kuchlanish qiymati xam dvigatelni ishlash sharoitiga ko’ra o’zgarib turadi va dvigatelni ishlash muddati oshgan sari u xam ortib boradi.
YUqori kuchlanish bo’yicha zaxira koeffitsienti Kz, o’t oldirish sistemasi avj oldirgan yuqori kuchlanish qiymati U2max ni teshib o’tish kuchlanishi Utu ga nisbati bilan aniqlanadi:
O’tkazilgan ilmiy-tadqiqot ish natijalariga ko’ra, yangi avtomobillar yoki o’t oldirish sistemasining yangi komplekti uchun yuqori kuchlanish bo’yicha zaxira koeffitsienti Kz=1,5 dan kam bo’lmasligi kerak.
37-rasm. Dvigatel silindrlaridagi bosimni, o’t oldirishni ilgarilatish burchagiga bog’liqligi:
1-ertaroq o’t oldirish; 2 - me’yorida o’t oldirish; 3 - kechroq o’t oldirish. A - o’t oldirish daqiqasi; B - detonatsiya.
Do'stlaringiz bilan baham: |