Kontaktli o’t oldirish tizimi ma’ruza rejasi: O’t oldirish tizimlari xaqida umumiy ma’lumotlar
Download 56.96 Kb.
|
KONTAKTLI O't oldirish tizimi
- Bu sahifa navigatsiya:
- 4. O’t oldirish shamlari.
2. O’t oldirish g’altagi. U tok manbaining past kuchlanishini (12-14V), o’t oldirish shamlarining elektrodlari orasida uchqunli razryad xosil qilish uchun zarur bo’lgan yuqori kuchlanish impulslariga (12000-24000V) aylantirib beradi.
3. Uzgich-taqsimlagich. Uzgich-taqsimlagich bir o’qqa o’tkazilgan ikki mexanizm - uzgich va taqsimlagichdan iborat. Uzgich, zarur daqiqada past kuchlanish zanjirini uzish uchun xizmat qilsa, taqsimlagich - o’t oldirish g’altagida xosil bo’lgan yuqori kuchlanish impulslarini, ishlash tartibiga mos ravishda o’t oldirish shamlarigayetkazish vazifasini bajaradi. Bundan tashqari, uzgich - taqsimlagichga o’t oldirishni ilgarilatish burchagini, dvigatelning ishlash sharoitiga mos ravishda o’zgartiruvchi asboblar - markazdan qochma va vakuum rostlagichlar, xamda oktan-korrektor o’rnashtirilgan. 4. O’t oldirish shamlari. O’t oldirish shamlari dvigatel silindrlarining yonish kamerasida uchqunli razryad xosil qilish uchun xizmat qiladi. 2. O’t oldirish tizimiga bo’lgan talablar va uning asosiy ko’rsatkichlari Ichki yonuv dvigatellarning ishlash sharoitlariga ko’ra, o’t oldirish tizimi quyidagi asosiy talablarga javob berishi lozim: - dvigatelning xamma ish rejimlarida o’t oldirish shami elektrodlari orasidagi tirqishini teshib o’tish uchunyetarli bo’lgan yuqori kuchlanishni avj oldirish; - o’t oldirish shami elektrodlari orasida xosil bo’ladigan uchqun, dvigatelni ishga tushirish jarayonida va boshqa barcha ish rejimlarida yonilg’i aralashmasini ishonchli o’t oldirish uchunyetarli energiyaga ega bo’lishi; - ishchi aralashma aniq, belgilangan daqiqada o’t oldirilib, dvigatelning ishlash sharoitiga mos tushishini ta’minlanish ; - dvigatelni me’yorida va tejamli ishlashini ta’minlashda aloxida o’rin tutganligi sababli, o’t oldirish sistemasining xamma qismlari yuqori ishonchlilik darajasiga ega bo’lishi; - o’t oldirish shami elektrodlariningyemirilish darajasi belgilangan chegarada bo’lishi. YUqorida keltirilgan talablardan kelib chiqib, o’t oldirish sistemasi quyidagi ko’rsatkichlar bilan tavsiflanadi: - avj oldiradigan yuqori (ikkilamchi) kuchlanish, Umax; - yuqori kuchlanish bo’yicha zaxira koeffitsienti, Kj; - uchqunli razryad parametrlari; - o’t oldirishni ilgarilatish burchagi; - yuqori kuchlanishning o’sish tezligi, Download 56.96 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling