Kontaktli o’t oldirish tizimi ma’ruza rejasi: O’t oldirish tizimlari xaqida umumiy ma’lumotlar
Kontaktli o’t oldirish tizimi va uning ishlash prinsipi
Download 56.96 Kb.
|
KONTAKTLI O't oldirish tizimi
3. Kontaktli o’t oldirish tizimi va uning ishlash prinsipi
Avtomobil transporti taraqiyotining dastlabki bosqichlarida ishlab chiqilgan avtomobillarda, o’t oldirish tizimining tok manbai vazifasini faqat akkumulyator batareyasi bajargan. Keyinchalik, akkumulyator bilan paralel ravishda generator xam ishlatila boshlandi. Lekin, xozirgi kungacha "batareyali o’t oldirish sistemasi" degan atama keng ishlatilmoqda. Bu tizim 50 yildan ortiq vaqt mobaynida avtomobillarda qo’llanilgan yagona o’t oldirish tizimi bo’lib keldi. Natijada, bu tizim "klassik o’t oldirish tizimi" deb xam atala boshlandi. Oxirgi vaqtlarda, yarim o’tkazgichlar qo’llangan turli xil o’t oldirish tizimlari paydo bo’lishi munosabati bilan batareyali (yoki klassik) o’t oldirish tizimini tuzilishini o’ziga xos tomonlarini eng to’la aks etti-radigan "kontaktli o’t oldirish tizimi" atamasi tobora ko’proq ishlatilmoqda. Kontaktli o’t oldirish tizimining prinsipial sxemasi 38-rasmda keltirilgan va u quyidagi asosiy elementlardan iborat: akkumulyator batareyasi AB, o’t oldirish g’altagi O’OG’, bir o’qqa joylashtirilgan uzgich-taqsimlagich, kondensator S va o’t oldirish shamlari. 38-rasm. Kontaktli o’t oldirish tizimining umumiy sxemasi O’t oldirish g’altagi tok manbaining past kuchlanishini yuqori kuchlanishga aylantirib berish uchun xizmat qiladi va u o’zakka o’ralgan ikkita chulg’amdan iborat. Birlamchi chulg’am o’ramlar soni kichik bo’lib, u nisbatan yo’g’on simdan, ikkilamchi chulg’am o’ramlar soni, aksincha juda katta bo’lib u ingichka simdan o’raladi. O’t oldirish g’altak chulg’amlari avtotransformator sxemasi bo’yicha ulangan, ya’ni birlamchi chulg’amning oxiri ikkilamchi chulg’amning boshiga tutashtirilgan. Klassik o’t oldirish tizimidagi uzgich - aylanuvchi kulachok UK, pishangchaga o’rnatilgan qo’zg’aluvchi va massaga ulangan qo’zg’almas kontaktlar K dan iborat mexa- nik moslamadir. Uzgich kulachoklari qirralarining soni dvigatel silin-drlari soniga teng. Pishangcha o’z o’qi atrofida xarakatlana oladi va u, uzgich kulachoklari qirralariga qadalib turadigan tekstolit yostiqcha bilan ta’minlangan. Uzgich kulachogi aylanib, kontaktlarni navbatma-navbat uzib-tutashtirib turadi. Taqsimlagich aylanuvchi rotor R, taqsim-lagich qopqog’iga o’rnatilgan qo’zg’almas yon kontaktlar va markaziy elektroddan iborat. Yon kontaktlar silindrlar soniga teng bo’lib, ular yuqori voltli o’tkazgichlar yordamida taaluqli o’t oldirish shamlari bilan tutashtirilgan. Taqsimlagichning markaziy elektrodi yuqori voltli o’tkazgich vositasida o’t oldirish g’altagining ikki-lamchi chulg’ami bilan ulangan. YUqori kuchlanish rotorga markaziy elektrod orqa-li sirpanuvchi ko’mir kontakt yordamida uzatiladi. Uzgich kulachogi UK va taq-simlagich rotori R bir valga o’rnatilgan bo’lib, xarakatni tishli uzatma orqali dvigatelning gaz taqsimlash validan oladi va demak, tirsakli valga nisbatan ikki marta kichik tezlik bilan aylanadi. Download 56.96 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling