Kontinentalmodelningbuxgalteriyahisobitizimigata'siri Kontinentalmodeligao`tishvauningo`zigaxosxususiyatlari Xulosa Foydalanilganadabiyotlarro`yxati. Kirish
Kontinentalmodeligao`tishvauningo`zigaxosxususiyatlari
Download 271.29 Kb.
|
Kontinental modelning mazmuni va nazariy asoslari
- Bu sahifa navigatsiya:
- № Ko‘rsatkichlar nomi
- 5-jadval"Kvarts" AJda 2018 yil asosiy texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlar bo‘yicha rejaning bajarilishi 14
Kontinentalmodeligao`tishvauningo`zigaxosxususiyatlari
Ma’lumki, boshqaruvqarorlaribozor konyukturasiga mos ravishda to‘g‘ri qabul qilingan va qo‘llanilgan korxonalar moliyaviy faoliyatda muammolarga yo‘liqmaydi va doimo raqobatbardosh mahsulot va xizmatlar bilan bozorda raqobatlasha oladi. Har bir tadbirkoming ish jarayonidagi ishonchi va umidi bozordagi barqaror balansni buzishga, raqobatchilariga qaraganda yaxshiroq mahsulot ishlab chiqarishga, ish jarayonini yanada samarali tashkil etishga, bozoming mumkin qadar kattaroq qismini egallashga, erkin raqobat sharoitida g‘olib chiqishga va bevosita o‘z shartlarini o‘tkazishga undaydi. Faqatgina ana shunda biznesning uzoq muddatli muvaffaqiyatini va aksariyat raqobatchilarga qaraganda yuqoriroq foyda olishni ta’minlash mumkin. Bozorni egallash va shu orqali foydaning doimiy ravishda o‘sib borishini ta’minlashda kompaniya biznesi rivojlantirishning aniq strategiyasi belgilanishi alohida ahamiyat kasb etadi. Shu sabablardan kelib chiqib, “Kvarts” AJ ning moliyaviy-xo‘jalik faoliyatini tahlil qiladigan bo‘lsak, ishlab chiqarish rejasining bajarilishi jihatidan 2018 yil davomida "Kvarts" aksiyadorlik jamiyati amaldagi narxlarda 301 935,4 mln.so‘mlik tovar mahsuloti ishlab chiqarib, biznes rejada belgilangan hajmni 103,2 %ga bajarib, o‘tgan yilga nisbatan ishlab chiqarish hajmining o‘sishsur’ati104,8 %ni tashkil qildi. Ishlab chiqarishning solishtirma narxlardagi hajmi 183 148,361 mln.so‘mni tashkil etib, o‘sish sur’ati 104,2% ga oshgan.12 4-jadval “Kvars" AJ 2017-2018 yillar faoliyatining asosiy moliyaviy ko‘rsatkichlaribo‘yicha qiyosiy jadvali13
Ma’lumotlardan ko‘rish mumkinki, mahsulotlar umumiy realizatsiyasi 2018- yilda 299 628 796 ming so‘mni tashkil qilgan va o‘tgan yilga nisbatan biroz ya’ni 564 662 ming so‘mga oshgan. Biroq mahsulot ishlab chiqarish tannarxi ham sezilarli 27 468 364 ming so‘mga ko‘paygani korxonaning realizatsiyadan keladigan yalpi foydasini kamayishiga asosiy omil bo‘lgan. Shuningdek, korxonada barcha davr xarajatlari o‘tgan yilga nisbatan oshgan va buning natijasida asosiy faoliyatdan keladigan foyda 75 929 320 ming so‘mga kamaygan. Korxona yil oxirida yillik 82 546 873 ming so‘mlik sof foyda bilan chiqdi, bu o‘tgan yilga nisbatan 5 683 303 ming so‘mga kam. 2018 yil davomida korxona tomonidan 12 887,179 mln. so‘mlik xalq iste’mol iste’mol mollari sotilib, bu mahsulot umumiy realizatsiyasining 4,3% tashkil qildi. Xalq iste’mol mollari ishlab chiqarish rejasi 3,9 barobarga bajarilib,o‘tgan yilga nisbatan o‘sish sur’ati 117,9 % ni tashkil etdi. Korxonaning debitorlik va kreditorlik ko‘rsatkichlari bo‘yicha 01.01.19 muddatga bo‘lgan debitor qarzdorlik -17 623,932 mln.so‘mni tashkil qilib shundan: xaridor va buyurtmachilar qarzi 1 582,571 mln.so‘m mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga berilgan bo‘naklar 9 865,816 mln.so‘m budjetga soliq va yig‘imlar bo‘yicha bo‘nak to‘lovlari - 3 538,396 mln.so‘m maqsadli davlat jamg‘armalari va sug‘urtalar bo‘yicha bo‘nak to‘lovlari - 32,877 mln.so‘m boshqa debitorlik qarzlari - 2 604,272 mln.so‘m. 01.01.19 muddatga bo‘lgan kreditor qarzdorlik - 12 368,930 mln.so‘mni tashkil qilibshundan: mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga qarz - 78,954 mln.so‘m, olingan bo‘naklar - 3 569,231 mln.so‘m, budjetga to‘lovlar bo‘yicha qarz -3 436,098 mln.so‘m, maqsadli davlat jamg‘armalariga - 2 320,905 mln.so‘m, mehnatga haq to‘lash bo‘yicha qarz - 1 493,248 mln.so‘m va boshqa kreditorlik qarzdorlik - 1 470,494 mln.so‘mni tashkil qilgan. Vazirlar Mahkamasining "Davlat ulushi bo‘lgan aksiyadorlik aksiyadorlik jamiyatlari va boshqa xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar faoliyati samaradorligini baholash mezonlarini joriy etish to‘g‘risida"gi(28.07.2015 yil №207 sonli) qarorini bajarish maqsadida "Kvars" AJda nizom ishlab chiqilgan. Nizomga asosansamaradorlikni baholash mezonlari belgilangan davriylik bo‘yicha hisoblanadigan samaradorlikning muhim ko‘rsatkichlarini o‘z ichiga oladi. 2018 yil 9 oyning hisobotiga ko‘ra tashkilotning faoliyati samaradorligining asosiy muhim ko‘rsatkichlari yig‘indisi 210,1 % ni, samaradorlikning qo‘shimcha muhim ko‘rsatkichlari yig‘indisi 106,2 % ni tashkil qildi 5-jadval"Kvarts" AJda 2018 yil asosiy texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlar bo‘yicha rejaning bajarilishi14
Berilgan ma’lumotlarga ko‘ra, qurilish oynasi ishlab chiqarish hajmi rejaga nisbatan 103,3 foizga, shisha butilka ishlab chiqarish hajmi 109,6 foizga oshirib bajarildi, mahsulot tannarhi bo‘yicha 10813,4 mln. so‘m iqtisod qilinib, aksiyadorlar foydasi oshishiga zamin yaratildi. Rentabellik darajasi rejaga nisbatan 53,1 foizni, o‘tgan yilga nisbatan 34,1 foizni tashkil qildi. 2018 yilda korxona bo‘yicha o‘rtacha oylik ish haqi 1697 ming so‘mga teng bo‘ldi, ishchi- xodimlarning har biriga, belgilangan oylik maoshlaridan tashqari, jamoa shartnomasida ko‘rsatilgan imtiyozlar uchun korxona tomonidan sarflangan mablag‘ 7.573.700 so‘mni tashkil etgan. Ishlab chiqarilayotgan mahsulot son va sifat ko‘rsatkichlari oshishi darajasida 2018 yilda eksport hajmi ham 5,6 baravarga oshirilgan, 2017 yilda 620,3 ming AQSh dollariga teng mahsulot xorijga sotilgan bo‘lsa, 2018 yilda bu ko‘rsatkich 3442,6 ming AQSh dollariga teng bo‘lgan. Korxonaning iqtisodiy salohiyati yuksalgan sari budjet va budjetdan tashqari majburiy to‘lovlar salmog‘i ham oshib borgan. 2016 yilda bu ko‘rsatkich 44,75 mlrd so‘m va 2017 yilda 69,02 mlrd so‘mga teng bo‘lgan bo‘lsa, 2018 yilda 91,08 mlrd so‘m to‘lovlar amalga oshirilgan. 2018 yilda korxona boshqaruvi va mehnat jamoasi bilan birgalikda amalda oshirilgan ishlar natijasida yillik biznes-rejani sof foyda qismi ham 1,8 baravarga oshirib bajarilib, 88 230,177 mln. so‘m sof foyda olishga erishilgan. 2018 yil 8 iyunda aksiyadorlar umumiy yig‘ilishi qarori bilan tasdiqlangan Strategik rivojlanish dasturiga asosan hozirda korxonada ishlab chiqarish quvvatlarini jadal modernizatsiya qilish va texnik yangilanish ishlari amalga oshirilmoqda. Jumladan, 2018 yilda dastur asosida 41 031,438 mln. so‘m va 5 026,48 ming AQSh dollari qiymatida mablag‘lar o‘zlashtirildi, sarflangan mablag‘lar evaziga ko‘rilgan iqtisodiy samara mos ravishda 9 278,3 mln. so‘m va 1 727,5 ming AQSh dollariga teng bo‘ldi. 6-jadval“Kvarts” AJ ning xarajatlari bo‘yicha qiyosiy jadval15
Download 271.29 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling