Konvensiya asosida -5 ball


Download 0.56 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/4
Sana29.04.2023
Hajmi0.56 Mb.
#1400932
1   2   3   4
Bog'liq
oraliq

 
 


5-kazus
Shanxay hamkorlik tashkiloti (ShHT) a’zo-davlatlari tomonidan atrof-muhitni muhofaza qilish sohasiga oid xalqaro 
shartnomaga tuzildi. Shartnoma shartlariga ko‘ra, u ShHT barcha a’zo-davlatlari tomonidan imzolanib, ularning konstitutsiyaviy 
tartibiga ko‘ra, barchasi tomonidan ratifikatsiya qilingandan so‘ng, 1 (bir) oy o‘tib kuchga kirishi belgilangan edi. Ushbu tartibga 
rioya qilgan holda, shartnoma 2021-yil 1-oktyabrda kuchga kirdi. Biroq Xitoy davlati ushbu shartnomaning qoidalarini bajarishdan 
bosh tortdi va uni quyidagicha izohladi: shartnoma BMT Kotibiyatida ro‘yxatga olinmaguniga qadar davlat uchun majburiy 
ahamiyat kasb etmaydi. Ikkinchi sabab sifatida esa, ushbu shartnomaning ayrim qoidalari Xitoyning atrof-muhitni himoya qilishga 
oid milliy qonunchiligi normalariga zid ekanligini ta’kidlab, Xitoy atrof-muhitni muhofaza qilish vazirligi ushbu shartnomani ijrosi 
bo‘yicha mas’ul vazirlik sifatida bajarishdan bosh tortdi. 
Davlatlarning xalqaro shartnomani ijro qilmasligiga asos qilib o‘zining ichki qonunchiligiga zidligi talabani ilgari surishini 
xalqaro huquq nuqtai nazaridan baholang. (10 ball) 
Xitoyning shartnoma BMT Kotibiyatida ro‘yxatga olinmaganligi uni ijro qilmaslik uchun asos bo‘lishi to‘g‘risidagi da’vosi 
asoslimi? (5 ball) 
 
1969-yilgi Vena konvensiyasiga ko’ra, shartnomalarning kuchga kirish tartibi qanday? (5 ball) 

6-kazus 
 
1997-yil iyun oyida Checheniston parlamentining Tashqi aloqalar qo‘mitasi raisi A.Idigov boshchiligidagi delegatsiyasi Litva 
Seymi (parlamenti) rahbarlariga Checheniston Prezidentining Chechen Respublikasining mustaqilligini tan olish haqidagi 
murojaatini topshirdi. Xuddi shunday murojaatlar Latviya va Estoniya parlamentlariga ham kiritilgan. Rossiya Tashqi ishlar 
vazirligi ushbu respublikalarni, Checheniston prezidentining murojaati bo‘yicha ijobiy qaror qabul qilingan taqdirda, ikki 
tomonlama munosabatlar uchun “o‘ta salbiy oqibatlarga olib kelishidan” ogohlantirdi. Litva, Latviya va Estoniya Chechenistonni 
tan olsa, xalqaro huquq normalari buziladimi? – 10 ball 
Yangi davlatlar uchun tan olishning ahamiyati nimada? – 5 ball 


Davlatning asosiy belgilari qanday? – 5 ball 

Download 0.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling