Koordinata sistemasi berilgan bo‘lsin. Bu sistemaga nisbatan markazli va radiusli aylana tenglamasini tuzamiz
Download 463.65 Kb.
|
aylana
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2 - Misol
- 7.4. P a r a b o l a 4-Ta’rif.
1-Misol. Giperbolaning haqiqiy o‘qi 18 ga fokuslari orasidagi masofa 24 ga teng bo‘lsa, uning kanonik tenglamasini tuzing va ekssentrisitetini toping.
Yechish. Shartga ko‘ra 2a=18=>a=9 va 2c=24=>c=12 Endi b2 ni topish qoldi b2=c2-a2 = 63. Demak, 2 - Misol. giperbolaning asimptota tenglamalari tuzilsin. Yechish: Berilgan tenglamada a2=5, b2=20, bundan a= , b=2 . Asimptota tenglamalari y= ; y= - ko‘rinishda edi. Demak, y = yoki y=2x. y =- yoki y=-2x. 7.4. P a r a b o l a 4-Ta’rif. Ixtiyoriy nuqtasidan berilgan nuqtagacha va berilgan to‘g‘ri chiziqqacha bo‘lgan masofalari o‘zaro teng bo‘lgan tekislikning barcha nuqtalari to‘plami parabola deyiladi. Berilgan nuqta parabolaning fokusi, berilgan to‘g‘ri chiziq esa parabolaning direktrisasi deyiladi. P arabolaning fokusini F, direktrisasini d bilan, fokusdan direktrisagacha bo‘lgan masofani p bilan belgilaymiz. 58-chizma Parabola tenglamasini ta’rifidan foydalanib uning kanonik tenglamasini keltirib chiqaramiz. Buning uchun koordinatalar sistemasini tubandagicha kiritamiz. F nuqtadan o‘tuvchi va d to‘g‘ri chiziqqa perpendikulyar bo‘lgan to‘g‘ri chiziqni abssissalar o‘qi deb qabul qilamiz. Abssissalar o‘qini d to‘g‘ri chiziq bilan kesishgan nuqtasi L bo‘lsin. Ordinatalar o‘qini [FL] kesmaning o‘rtasidan o‘tkazamiz (58-chizma). Tanlangan koordinata sistemasiga nisbatan direktrisa tenglamaga, F focus esa koordinatalarga ega bo‘ladi. Parabolaning ixtiyoriy nuqtasi M(x;y) bo‘lsin. M nuqtadan direktrisaga tushirilgan perpendikulyarning asosini K bilan belgilaylik. U holda parabolaning ta’rifiga ko‘ra, (*) Ikki nuqta orasidagi masofani topish formulasidan foydalansak, (**) (*), (**) qavslarni ochib ixchamlaymiz. yoki y2=2px (12) 59-chizma (12) tenglama parabolaning kanonik tenglamasi deyiladi. Parabola shaklini uning (12) tenglamasiga ko‘ra tekshiramiz. y2 0 va p>0 bo‘lgani uchun (12) tenglamada bo‘lishi kerak. Bundan esa (12) tenglama bilan ifodalanuvchi parabolaning barcha nuqtalari o‘ng yarim tekislikda joylashganligi kelib chiqadi. .x=0 da (12) => y=0 bo‘lib, parabola koordinatlar boshidan o‘tadi. Koordinatalar boshi parabolaning uchi deyiladi. x ning har bir x>0 qiymatiga y ning ishoralari qarama - qarshi, ammo absolyut miqdorlari teng bo‘lgan ikki qiymati mos keladi. Bundan esa parabolaning (Ox) o‘qqa nisbatan simmetrik joylashganligi ko‘rinadi. (Ox) o‘qi simmetriya o‘qi. (12) tenglamadan ko‘rinadiki, x ortib borishi bilan ham ortib boradi. Demak, yuqoridagi xossalarga ko‘ra parabolaning shaklini tasavvur qilish mumkin. (59-chizma). Agar parabola koordinatalar sistemasiga nisbatan (60a,b,v) chizmadagidek joylashgan bo‘lsa, ularning tenglamalari mos ravishda x2=2py,y2=-2px, x2=-2py ko‘rinishda bo‘ladi. Misol: x+4=0 to‘g‘ri chiziq va F(-2;0) nuqtadan bir xil uzoqlikda joylashgan nuqtalar geometrik o‘rnining tenglamasini tuzing. 60-chizma Yechish: K(x;y) nuqta biz izlayotgan geometrik o‘rinning ixtiyoriy nuqtasi bo‘lsin. Ikki nuqta orasidagi masofa formulasiga asosan , masala shartiga ko‘ra x+4=0 to‘g‘ri chiziq K(x;y) nuqtadan masofada bo‘ladi. Shuning uchun yoki (x+2)2+y2 = x2+8x+16=> y2-4x+12 = 0 yoki y2=4x+12; Bu esa Ox o‘qiga nisbatan simmetrik bo‘lgan parabola tenglamasidir. Download 463.65 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling