Koordinatsion birikmalar hosil bo`lishda ligandlarning o`rni va ularning tuzilish izomeriyasi


Guruh elementlarining binar birikmalari va sanoatdagi ahamiyati


Download 50.67 Kb.
bet3/14
Sana21.04.2023
Hajmi50.67 Kb.
#1367613
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
Koordinatsion birikmalar haqida tushuncha

2. Guruh elementlarining binar birikmalari va sanoatdagi ahamiyati
Binar birikmalar – ayrim metalmaslarning metallar bilan hosil qilgan birikmalari.
Binar moddalarga asosan vodorod, bor, uglerod, kremniy, azot va fosfor kabi metalmaslarning metallar bilan birikmalari kiradi. Binar moddalarning ko‘pchiligi suv bilan reaktsiyaga kirishadi.
Binar moddalar odatda oddiy moddalar orasidagi reaksiya natijasida olinadi. Masalan:
Oksidlar va binar birikmalar. Ularning tarkibi, tuzilishi, xossalari va qo‘llanilishi

Elеmеntlarning kislorod bilan hosil qilgan birikmasi oksidlar yoki biri kislorod bo‘lgan ikki element atomlaridan tashkil topgan murakkab moddalar oksidlar dеyiladi. Oksidlarda kislorod bilan birikkan elеmеnt doimo musbat valеntli, kislorod esa manfiy valеntli bo‘ladi. (F2O dan boshqa birikmalarda). Oksidlar kimyoviy hossalariga ko‘ra to‘rt gruppaga bo‘linadi: 1) asosli oksidlar: 2) kislotali oksidlar: 3)amfotеr oksidlar (bular tuz hosil qiluvchi oksidlar ham dеyiladi); 4) tuz hosil qilmaydigan oksidlar (masalan, NO va CO tuz hosil qilmaydi). Ko‘pincha bu oksidlar bеtaraf (indifеrеnt) oksidlar ham dеyiladi, lеkin bu to‘g‘ri emas, chunki ular ham kimyoviy rеaktsiyaga kirishadi va birikma hosil qiladi1.


Oksidlar aniq misollarda ko‘ramiz:
1) Asosli oksidlarasoslarga muvofiq keladigan oksidlar, ularga metallarning kichik valentli oksidlari misol bo‘ladi. Masalan: CuO – mis (II)-oksidi, K2O – kaliy oksidi va h.z.
2) Kislotali oksidlarkislotalarga muvofiq keladigan oksidlar, ularga metalmaslarning barcha oksidlari va metallarning 5,6,7,8 valentli oksidlari misol bo‘ladi, ular kislota angidridlari ham deb yuritiladi. Masalan: SO3 – oltingugurt (VI) oksidi (sulfat angidrid), Br2O7 – brom (VII)-oksidi (perbromat angidrid), OsO4 – osmiy (VIII)-oksidi, KrO2 – kripton (IV)-oksidi, SO2 – uglerod (IV)-oksidi (karbonat angidrid), R2O5 – fosfor (V)-oksidi (fasfat angidrid) va h.z.

Download 50.67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling