Koordinatsion birikmalar hosil bo`lishda ligandlarning o`rni va ularning tuzilish izomeriyasi


Download 50.67 Kb.
bet4/14
Sana21.04.2023
Hajmi50.67 Kb.
#1367613
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
Koordinatsion birikmalar haqida tushuncha

3) Amfoter oksidlarham asoslarga ham kislotalarga muvofiq keladigan oksidlar. Masalan: Al2O3 – alyuminiy oksidi, BeO – berilliy oksidi, ZnO – rux oksidi, Fe2O3 – temir (III)-oksidi, Cr2O3 – xrom (III)-oksidi, Mn2O3 – marganets (III)-oksidi, PbO2 – qo‘rg‘oshin (IV)-oksidi, V2O3 – vanadiy (III)-oksidi va h.z. 4) Indefferent (befarq) oksidlartuz hosil qilmaydigan oksidlar. Masalan: NO – azot (II)-oksidi, N2O – azot (I)-oksidi, CO – uglerod (II)-oksidi va h.z.
5) Qo‘sh (aralash) oksidlarikki va undan ortiq oksidlarning aralashmasidan hosil bo‘lgan birikmalar. Masalan: Fe3O4 (FeO∙Fe2O3) – temir qo‘sh oksidi, Cr3O4 (CrO∙Cr2O3) – xrom qo‘sh oksidi, Mn3O4 (MnO∙Mn2O3) – marganets qo‘sh oksidi, Pb2O3 (PbO∙PbO2) – qo‘rg‘oshin qo‘sh oksidi Co3O4 (CoO∙Co2O3) – kobalt qo‘sh oksidi va h.z. Ayrim hollarda har xil metallarning oksidlari aralash holda ham uchraydi, ular shpinellar deb aytiladi. Masalan: FeAl2O4 (FeO∙Al2O3), ZnAl2O4 (ZnO∙Al2O3), MgAl2O4 (MgO∙Al2O3) va h.z.
Oksidlarning davriy jadvalda joylashishiga ko‘ra xossalari. Asosli oksidlarning barchasi turli rangli qattiq moddalar bo‘lib, kristall va amorf tuzilishga ega: FeO – qoramtir, Ag2O va CuO – qora, CaO, MgO, Na2O, K2O, MnO – oq rangli, CoO – ko‘kimtir yashil, NiO – yashil, Cu2O – qizil va h.z. Ishqoriy metallarning oksidlar suvda yaxshi eriydi va asoslar (ishqorlar) ni hosil qiladi, ishqoriy-yer metallarni oksidlari suvda kam eriydi, qolgan metallarning oksidlari suvda deyarli erimaydi. Asosli oksidlar yuqori temperaturada suyuqlanadigan, elektr tokini o‘tkazmaydigan moddalar. I-A, II-A va Al hosil qilgan oksidlar ionli oksidlar hisoblanadi. Shunga mos ravishda jadvalda keltirilgan ma’lumotlarga ko‘ra suyuqlanish va qaynash haroratlari yuqori hisoblanadi.

Download 50.67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling