Ko`p ekiladigan navlarning oziqlanish maydonini aniqlash. Tugunak vazniga ko`ra uni ekish meyori Reja


Sabzavot o‘simliklarining havo-gaz muhitiga munosabati


Download 27.45 Kb.
bet4/9
Sana04.02.2023
Hajmi27.45 Kb.
#1161434
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Ko`p ekiladigan navlarning oziqlanish maydonini aniqlash. Tugunak vazniga ko`ra uni ekish meyori

Sabzavot o‘simliklarining havo-gaz muhitiga munosabati.
Atmosferaning gazli qismi tarkibi asosan quyidagilardan iborat: azot – 78 %, kislorod – 21 %, karbonat angidrid – 0,03 % va suv bug‘i – 1 %ga yaqin. Bulardan tashqari chiqindi gazlar va ishlab chiqarishlardan ajraladigan gazlar hisobiga (polyutantlar
35
bilan) u ifloslanadi. O‘simlik uchun barcha gazlardan faqat azot betaraf hisoblanib, qolganlari esa ma’lum darajada unga ijobiy yoki salbiy ta’sir etadi.
Kislorod o‘simliklarning nafas olishi uchun zarur, lekin uning yer ustki qismi kislorodga muhtojlik sezmaydi. Ammo tuproq me’yoridan ortiq nam bo‘lsa yoki bostirib sug‘orilganida ekilgan urug‘lar va nihollarning ildiz qismi kislorod yetishmasligidan qattiq zararlanadi, ayrim hollarda nobud bo‘ladi. Bulardan tashqari sabzavotlar tashish va saqlash davrida kislorodning yetishmasligidan qiynaladi. Zichlashib qolgan tuproqda, sun’iy tayyorlangan substratlarda hamda ozuqali suvlarda (vodnaya kultura) o‘simliklar o‘stirilsa, ular tarkibida kislorodning yetarli bo‘lishi (5 mg/l dan kam bo‘lmasligi) katta ahamiyatga ega. Kislorodning yetishmasligi o‘simliklarning tuproqdan suvni o‘zlashtirishini qiyinlashtiradi. Tez o‘sadigan o‘simliklar (bodring va shampinion) ning ildiz qismi kislorod bilan ta’minlanishga o‘ta talabchandir. Urug‘larning tez va bir vaqtda unib chiqishini ta’minlash uchun ularni barbatirlaganda kisloroddan foydalaniladi.
Ochiq maydonda sabzavot yetishtirishda ularni ildiz qismini kislorod bilan yetarli darajada ta’minlashga tuproqqa o‘z vaqtida to‘g‘ri ishlov berish va me’yorida sug‘orishni tashkil qilish, himoyalangan joyda esa yaxshi aeratsiyaga ega bo‘lgan substratlardan foydalanish va suv tartibotini nazorat qilish bilan erishiladi.
Kislorod yuqori kontsentratsiyaga ega bo‘lsa kuchli antiseptik (mikroblarni o‘ldiradigan) bo‘ladi. U o‘simlik hujayralarini zararlab, mikroorganizmlar faoliyatini susayatiradi. Havo tarkibida kislorodning miqdori 21 %dan oshib ketsa, fotosintez jarayoni sekin o‘tadi va hatto butunlay to‘xtab qolishi mumkin.
Kislorod miqdori kamaysa fotosintez tezlashadi va bu holat ekinning mahsuldorligini oshiradi.
36

Download 27.45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling