Ko`p ekiladigan navlarning oziqlanish maydonini aniqlash. Tugunak vazniga ko`ra uni ekish meyori Reja
Download 27.45 Kb.
|
Ko`p ekiladigan navlarning oziqlanish maydonini aniqlash. Tugunak vazniga ko`ra uni ekish meyori
Oziq rejimini o‘rganish. Sabzavotlarning zamonaviy madaniy turlari va navlari majmui uzoq yillar davomida har yili o‘gitlanadigan tomorqa xo‘jaligida yetishtirilib, natijada tuproqning yuza (haydaladigan) qatlamidan oziq moddalarni o‘zlashtiradigan. yaxshi rivojlanmagan ildiz tizimiga ega bo‘lgan va tuproq unumdorligiga talabchan o‘simliklar turlari (shakllari) vujudga kelgan.
Sabzavotlarning ozuqa moddalariga munosabati vaqt birligi ichida va butun o‘suv davrida hosil birligiga yuza birligidan mineral elementlarni o‘zlashtirish, tuproq tarkibida ma’danli ozuqalarning mavjud bo‘lishiga talabchanligi, tuproq eritmasining to‘yinishi va sho‘rxokligiga munosabati, elementlarni o‘zlashtirish va zararli ionlarni to‘plash xususiyati bilan aniqlanadi. Mineral oziqlantirish sharoiti o‘simliklarni o‘sish va rivojlanishiga bevosita va bilvosita ta’sir etadi. Ozuqa elementlarini bevosita o‘zlashtirish fotosintez va transpiratsiyaning jadal o‘tishi ontogenezning o‘tish darajasi, o‘simlik organlari va ular o‘rtasida ozuqa elementlari va fotosintez mahsulining taqsimlashi, hosil darajasi va sifatida nomoyon bo‘ladi. O‘simliklarning o‘suv davrida bir gektar maydondan o‘zlashtirgan mineral o‘g‘itlar miqdori uni o‘zlashtirish darajasini ko‘rsatadi. Bir gektar maydondan sutka birligida mineral ozuqalarni o‘zlashtirishi uning sutkalik o‘rtacha o‘zlashtirish qobiliyati deb yuritiladi. O‘simlikning hosil birligi (tonna, sentner) bilan tuproqdan oladigan mineral elementlar miqdori uni belgilovchi ko‘rsatkichi hisoblanadi Sabzavot ekinlarining o‘suv davrida 1 gektar maydondan o‘zlashtiradigan ozuqa elementlari umumiy miqdorining ko‘payishiga va tovarbop hosil birligida ularning miqdorini kamayishiga tuproq namligi, ekilish zichligining optimal bo‘lishi hamda yuqori agrotexnika qo‘llanilishi yordam qiladi. O‘simliklar hayotiy jarayonlarining o‘tishida, barcha shartsharoitlar yaratib berilishidan qatiy nazar, ular oziq moddalarni ma’lum chegaragacha o‘zlashtira oladilar. V.I. Edelshteyn sabzavot ekinlarining hosil birligiga nisbatan tuproqdan so‘rib oladigan ozuqa moddalarining umumiy miqdoriga ko‘ra, ularni 4 guruhga bo‘ladi: 1. Tuproqdan ozuqa moddalarni ko‘p so‘rib oladigan ekinlar. Bular kechpishar, kechki karam va sabzi, lavlagi, bryukva, kartoshka, selderey va issiqxonada yetishtiriladigan pomidor, qalampir. Bu sabzavotlar yuqori hosilli bo‘lib, uzoq o‘suv davriga ega. 2. Mineral elementlarni o‘rtacha so‘rib oladigan ekinlar: piyoz, luxpar piyoz, pomidor va gulkaram; 3. Oz miqdorda elementlarni oladigan ekinlar: salat, ismaloq, kolrabi va boshqa ko‘katlar: 4. Juda kam ozuqa modda oladigan ekin: rediska. Sabzavot o‘simliklarining tuproq ozuqa elementlariga bo‘lgan talabi tuproq yuza birligidan olgan umumiy elementlar yigindisiga mos (korrelyatsiya) bo‘lmasdan, balki u hosil birligiga, o‘suv davrining davomiyligi (sutka mobaynida ozuqa moddalarni so‘rib olishi) hamda ildiz tizimining katta-kichikligi va o‘sish tezligi bilan chambarchas bog‘liqdir. Iddiz tizimi yaxshi rivojlanmagan, o‘suv davri qisqa, tezpishar sabzavotlar sutka mobaynida ozuqa elementlarini ko‘p so‘rish xususiyatiga ega bo‘lganligi sababli, ular tuproq ozuqa moddalariga juda talabchan bo‘ladilar. Sabzavot ekinlarining tuproqdan ozuqa moddalarni so‘rib olishi va ularga nisbatan talabchanligi hamda ayrim ozuqa elementlariga munosabati o‘suv davrida ma’lum darajada o‘zgarib turadi. Urug‘dan rivojlanayotgan murtak uning tarkibidagi ozuqadan foydalanadi, shuning uchun u tuproq ozuqa elementlariga muhtoj bo‘lmaydi. Urug‘dan unib chiqqan yosh o‘simtalar ildiz orqali oziqlanish davriga o‘tishi bilan tuproqdan ozuqa elementlarini o‘zlashtira boshlaydi. Bu davrda ular tuproq ozuqasini doimiy bo‘lishiga hamda uning kontsentratsiyasiga juda sezgir bo‘ladi. Agar tuproq tarkibidagi u yoki bu ozuqa elementi yetishmasa uning o‘sishi va rivojlanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Yosh nihollar tuproq ozuqasiga juda muhtoj bo‘ladi. O‘simlikning ko‘chat davrida ildizi yaxshi rivojlanmaganligi hamda uning ozuqa elementlarini yaxshi so‘ra olmasligi sababli bu davrda tuproqda ozuqa moddalar ko‘p bo‘lishi talab qilinadi. Shuning uchun bu davrda yosh nihollarni yaxshi o‘sib rivojlanishini ta’minlash uchun tuproqda fosfor va kaliy moddalari yetarli bo‘lishi kerak. Fosfor va kaliy o‘simliklar ildiz qismini yaxshi o‘sib rivojlanishiga ijobiy ta’sir etadi. Sabzavot ekinlari vegetativ qismining o‘suv davri boshlanishida kuchsiz bo‘lganligi uchun ular bu davrda azot o‘g‘itini kam talab etadi. Bu davrda azotning tuproqda ko‘p bo‘lishi, yosh nihollar tarkibida uglevod birikmalarining yetishmasligi sababli unga salbiy ta’sir etishi (zaharlashi) mumkin. O‘simliklar o‘sish, rivojlanish bosqichida va ildiz tizimining kattalashishi davrida tuproqdagi ozuqa elementlarini o‘zlashtirishi kuchayadi. O‘simliklar bu davrda tuproqdan azot elementini ko‘p oladi. Agar u yetarli miqdorda bo‘lmasa o‘sishi susayadi, gullashi kamayadi va hosiliga ta’sir etadi. Barcha sabzavotlarning hosil to‘plash davrining oxirlarida ularga tuproqdan ozuqa elementlarining kelishi kamayadi. Mevali sabzavotlarning mevasini tuganak hamda ildizmevalilarning mahsulotlari o‘simlikning barg va boshqa qismlaridagi ozuqa moddalarni ularga oqib o‘tishi hisobiga yetiladi. Ko‘pchilik sabzavotlar uchun qulay tuproqlarda nordonlik ko‘rsatkichi (pH) 6-6,8 (kuchsiz ishqoriy) bo‘ladi. Biroq, sabzavot o‘simliklari nordon tuproqlarda o‘zlarini turlicha nomoyon etadi. G.I. Tarakanov va V.D. Muxin ularning sabzavot ekinlarini nordon tuproqlarga munosabatlariga ko‘ra uch guruhga bo‘ladi: 1. Tolerantligi (chidamliligi) kuchsiz ekinlar (pH 6,8-6): sarsabil, lavlagi, karamlar, selderey, mangol’d, kresssalat, porey piyoz, salat, qovun, yangi zellandiya ismalog‘i, bamiya, piyoz, bog‘ olabutasi, pasternak, echkisoqol, soya, ismaloq. 2. Tolerantligi o‘rtacha ekinlar (pH 6,8-5,5): lavlagi, lima fasoli, bryussel karami, sabzi, barg karam, jo‘xori, bodring, baqlajon, sarimsoq, kolrabi, erqalampir, xantal, petrushka, qalampir, qovoq, rediska, bryukva, qovoqcha, pomidor, sholyum. 3. YUqori tolerantli ekinlar (pH 6,8-5,0): sachratqi (tsikoriy), arpabodiyon, endiviy, kartoshka, rovoch, shavel, batat, tarvuz. Markaziy Osiyo tuproqdari karbonatga boy bo‘lganligi uchun neytral yoki ishqoriy (pH 7,5-8,4) xususiyatlarga ega bo‘lib, barcha turdagi sabzavot ekinlarini yetishtirishga yaroqlidir. Xulosa Tuproq eritmalarining kontsentratsiyasi, bir tomondan, o‘simliklarning mineral elementga bo‘lgan talabini qondirishda oziqlantirish darajasini ko‘rsatsa, boshqa tomondan, o‘simliklarning suv tartiboti hamda boshqa hayotiy vazifalarini belgilovchi omil hisoblanadi. Ochiq yer tuproqlaridagi mavjud suyuq eritmalardan o‘simliklar o‘zlariga zarur bo‘lgan mineral ozuqa elementlarni yetarlicha ololmaydi, eritmalar kontsentratsiyasi optimal darajagacha quyuqlashganida mineral eritmalarning so‘rilishi oshib boradi, ularning o‘zaro nisbati o‘zgaradi, o‘sishi kuchayadi. Eritmalar kontsentratsiyasi yanada ortsa, o‘simliklarning suvni so‘ra olishi susayib, transpiratsion koeffitsienti, yer ustki va yer ostki qismlarining o‘sish sur’ati sekinlashadi. O‘simliklarni uzoq muddat davomida sho‘rlangan yerlarda yetishtirish oqibatida ularning sho‘rga bardoshliklari biroz ortadi. Shunga ko‘ra sabzavot ekinlarini sho‘rlangan yerlarda yetishtirishda mahalliy urug‘lar va mahalliy navlardan foydalanish hosildorlikning ko‘tarilishini ta’minlaydi. Urug‘larni ekish oldidan tuzli eritmalar, zovur suvlary yoki o‘stiruvchi mikroelementlar (bor, rux) eritmalarida ivitish ham o‘simliklarning sho‘rlanishga chidamligini biroz oshiradi. Download 27.45 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling