Ko`p ekiladigan navlarning oziqlanish maydonini aniqlash. Tugunak vazniga ko`ra uni ekish meyori Reja


Download 27.45 Kb.
bet3/9
Sana04.02.2023
Hajmi27.45 Kb.
#1161434
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Ko`p ekiladigan navlarning oziqlanish maydonini aniqlash. Tugunak vazniga ko`ra uni ekish meyori

Fotodavriylik. O‘simliklarning Yorug‘lik va qorong‘ulikka talabchanligi evolyutsiya jarayonida paydo bo‘lgan va u fotodavriylik deb yuritiladi.
Mo‘’tadil iqlimli mintaqada o‘simliklarning gullashi va hosil berishi uchun yoz payti eng yaxshi davr hisoblanadi. Shuning uchun mo‘tadil iqlimli sharoitda o‘sadigan o‘simliklarda uzoq muddat davomida Yorug‘da bo‘lish ehtiyoji vujudga kelgan va Yorug‘lik ularning gullashi hamda meva tugaboshlashi uchun zaruriy shart bo‘lib qolgan. Boshlang‘ich vatani tropik mintaqalar sharoitidan bo‘lgan o‘simliklar uzoq vaqt davomida qorong‘ulikda bo‘lishiga moslashgandir. Sabzavot o‘simliklari kun uzunligiga munosabatiga ko‘ra uch guruhga bo‘linadi: uzun kun talab o‘simliklar – karam, bryukva, sholg‘om, turp, rediska, sabzi, lavlagi, piyoz, petrushka, salat, ismaloq, ukrop, sabzavot loviyasi; qisqa kun talab sabzavotlar – loviya, lavlagining janubiy navlari, bodring, pomidor, tarvuz, qovun, qalampir,
34
baqlajon, sabzavot jo‘xorisi; betaraf deb ataluvchi sabzavotlarga mo‘’tadil iqlim sharoitida yaratilgan – bodring, pomidor va poliz o‘simliklarining ayrim navlari kiradi. Uzun kun talab qiluvchi o‘simliklarning gullash va hosil to‘plash bosqichiga o‘tishi uchun 14-17 kun kerak bo‘lsa, qisqa kun talab qiluvchi o‘simlik va qisqa kun talab qiluvchi yovvoyi o‘simliklardan yaratilgan selektsion nav hamda duragaylar o‘z avlodlari kabi kunning uzunligiga talabchan bo‘lmay betaraflikni namoyon qiladilar. Pomidorning ayrim turlari fotodavriylikka u qadar sezgir bo‘lmaydi.
Ochiq maydonda sabzavotlar yetishtirish davrida ularning Yorug‘likka bo‘lgan munosabatini qulay holatga keltirish mumkin. Bunga asosan ekish muddatini to‘g‘ri tanlash, ekish qalinligi, yerning janubga nishabligi, nihollar unib chiqqanidan so‘ng yagana qilish, begona o‘tlardan o‘z vaqtida tozalash kabi ishlarni amalga oshirish bilan erishiladi. Yorug‘lik kuchining me’yoridan oshib ketishini ekinlarni gektardagi tup qalinligini ko‘paytirish, o‘simliklarni oqlash, oq doka bilan soya hosil qilish kabi chora-tadbirlar yordamida kamaytirish mumkin.
O‘simliklarni himoyalangan joylarda Yorug‘lik bilan to‘liq taminlash uchun oynavand berkitmalarini toza saqlash, Yorug‘likni yaxshi o‘tkazadigan materiallardan foydalanish va o‘simliklarni ustki berkitmalarga yaqin ekish bilan qulay sharoit yaratiladi. Yorug‘lik yetishmaydigan paytlarda ular sutkaning ma’lum soatlarida elektr chiroqlaridan foydalanib yoritiladi.
Ayrim hollarda esa o‘simliklar faqat sun’iy yoritish yordami bilan yetishtiriladi.

Download 27.45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling